149
15 xodim uchun ikki kunlik yopiq seminar 30 kishi-kun yoki 240 kishi-soatga
mos keladi. Biroq 100 ta xodim uchun bir soatlik ma’ruza 100 kishi-soat yoki 12,5
kishi-kunga teng bo’lgan hajm beradi.
Eng yaxshi kompaniyalar amaliyoti bitta xodimga to’g’ri keladigan o’qitish
hajmi bir yilda bita xodimga 3 dan 10 kishi-kungacha bo’lishi bilan tavsiflanadi. Bu
yerda shuni aytib o’tish kerakki, oxirgi 3-5 yilda dunyoda masofaviy o’qitish va
kompyuter yordamida o’qitishning kengayishi hisobiga auditoriyada o’qitish
hajmining pasayishi tendenstiyasi kuzatilmoqda.
8.4. O‘qitishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari
Bir qarashda eng oddiy va tushunarli bo’lgan ko’rsatkich – o’quv tadbiri qiymati
– haqiqatda ko’p narsa haqida gapirmaydi. Bu ko’rsatkich faqat tadbirning ikkita
asosiy tavsifnomasi – qatnashchilar soni va davom etish
muddatini hisobga olgan
holda baholanishi mumkin. Shu sababli amaliyotda o’quv tadbirining bir kuni (bir
soati) qiymati va har bitta o’qitilayotgan xodimning bir kuni (bir soati) qiymati kabi
ko’rsatkichlarni ko’rib chiqsh maqsadga muvofiq.
Aytib o’tilgan ko’rsatkichlarning birinchisi o’qitishning guruh turlarini iqtisodiy
baholash, ya’ni birinchi navbatda yopiq seminarlar uchun foydalaniladi.
Ikkinchi ko’rsatkich nafaqat har qanday o’quv tadbirini, balki butun yillik
o’qitish rejasini ham iqtisodiy baholash uchun foydalanish mumkin bo’lgan
va har
bitta o’qitilayotgan xodimning bir kuni (bir soati) qiymatini bildirib, universal
ko’rsatkich hisoblanadi. Ushbu ko’rsatkichni o’qitish
iqtisodiy samaradorligining
umumlashtirilgan o’lchovi deb atash ham mumkin. Bu ko’rsatkich qanchalik kichik
bo’lsa, kamroq xarajatlar bilan shunchalik ko’proq xodimlar o’qitilishi mumkin
bo’ladi.
O’qituvchi va qatnashchilar o’rtasida interaktiv o’zaro
aloqalarga asoslangan
treninglar, qoidaga ko’ra, 10-12 kishidan iborat bo’lgan guruhlarda o’tkaziladi,
chunki a’zolar soni ko’p bo’lgan guruhlarda samarali o’zaro aloqalarni ta’minlash
juda qiyin. Kompyuterda ishlash ko’nikmalariga o’rgatishda o’quv jarayonining
150
uslubiy ta’minoti, tahsil olayotganlarning boshlang’ich malakasiga qarab bitta
o’qituvchiga 4 kishidan 8 kishigacha to’g’ri kelishi lozim.
Qatnashchilar sonini
oshirish yo’li bilan yuqorida aytib o’tilgan o’qitish turlarining iqtisodiy
samaradorligini oshirishga harakatlar o’qitish sifatining keskin tushib ketishiga
sababchi bo’ladi.
Lekin shunga qaramay, o’qitish samaradorligi va sifati ustidan
doimiy monitoring mavjudligida ushbu ko’rsatkichdan foydalanish to’g’ri deb
sanalishi mumkin.
O’qitish xarajatlarini ish haq jamg’armasi va foydaga nisbatan, shuningdek, bitta
xodimga hisob-kitob qilganda olingan natija asosida baholash mumkin. O’qitishning
iqtisodiy samaradorligi xuddi har qanday tovar yoki xizmatning narxi va sifati kabi
nisbatda bo’ladi. Chunonchi: narx qanchalik past bo’lsa, qoidaga ko’ra,
sifat ham
shunchalik past bo’ladi.
Xodimning manfaatlari nuqtai nazaridan auditorlik ekspertizasi ikki yo’nalishda
amalga oshiriladi: xodimning chuqur bilimga egaligini rivojlantirish (malakasini
oshirish) va xizmat pillapoyasi bo’ylab harakatlanish imkoniyati (karera).
Afsuski, ko’plab firmalar o’qitishda mablag’ tejaydi, eng muvaffaqiyatga
erishgan kompaniyalar esa mehnatga haq to’lash fondining 10 foiz igacha bo’lgan
mablag’larni ta’lim ehtiyojlariga ajratadi (8.1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: