O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov Q. X., Boqiyeva I. A


  BOB. PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASH



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/112
Sana03.04.2022
Hajmi2,07 Mb.
#526637
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112
Bog'liq
Personal auditi va nazorati

 


133 
BOB. PERSONAL FAOLIYATINI BAHOLASH 
 
7.1.
 
Personal faoliyatini baholashning mohiyati va zarurati 
 
Bozor iqtisodiyoti, modernizastiyalash va diversifikastiyalash sharoitlarida 
personal, ayniqsa, boshqaruv xodimlari va rahbarlari faoliyatini obyektiv baholash 
alohida ahamiyat kasb etmoqda. Tashkilot personalini boshqarishda bir qancha 
savollarga javob berish zarur bo’ladi: Tashkilotda hodimning ish haqini qachon 
oshirish kerak? Uning mansabini qachon oshirish va qachon uning maqomini 
pasaytirish yoki boshqa ishga o’tkazish kerak? Qanday holatlarda personalni ishdan 
bo’shatish kerak? Bu savollarga javobni albatta perosnal mehnati natijalarini 
baholash asosida olish mumkin. O’zbekistonlik olima G.G.Nazarova ko’p hollarda 
baholashlar tasodifan to’planadigan subyektiv kuzatuvlarni ifoda etishini ta’kidlaydi.
5
Shunday ekan hodimlardan foydalanishning yuqori samaradorligini ta’minlash 
uchun u bilan ishlashda muntazam auditni o’tqazib borish zarur. Personal kasbiy 
faoliyatini baholash mexanizmi tashkilotning ichki tartib qoidalariga oid me’yoriy 
xujjutlarda mehnat jamoasi muhokamasi va tasdiqlangan jamoa shartnomasi asosida 
belgilab qo’yiladi. 
Baholash mexanizmi quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

barcha darajadagi personal faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari; 

tashkilotning tasdiqlangan yillik rejasidan kelib chiqadigan personalning 
yillik mehnat faoliyati ko’rsatkichlari;

xodim bilan tuziladigan mehnat shartnomasi va ish haqini belgilash tartibi; 

hodimlar kasbiy faoliyati ko’rsatkichlarining joriy va yakuniy natijalari 
monitoringi va hisobot natijalari; 

xodimlar faoliyati natijalari va ko’rsatkichlarini baholash usullari va shakllari; 

rahbarlar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida personal 
faoliyatini tekshirish natijalarini tahlili; 
5
Nazarova G.G., Salixova N.M., Ismailova N.S. Inson rеsurslari mеnеjmеnti/ o’quv qo’llanma, - T .:TDIU, 
2010 y. - 51 b.


134 

baholash natijalarining oshkoraligi, baholash natijalaridan rahbar kadrlar 
faoliyatini attestastiya qilishda foydalanish.
6
Amaliy jihatdan olganda personal korxonaning eng zarur resursi hisoblanib, 
uning salohiyatidan samarali foydalanish har bir ishlovchi bajaradigan konkret ishlab 
chiqarish jabhalarining xususiyatlaridan kelib chiqadigan maxsus audit o’tkazishni 
talab qiladi.
Ushbu auditning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

ish vaqtidan foydalanish haqidagi ma’lumotlarni tekshirish; 

xodim harakatining shakli, dinamikasi va sabablarini, mehnat intizomining 
ahvolini o’rganish; 

qo’l mehnatida, malakasiz va og’ir jismoniy mehnatda band bo’lganlar soni va 
dinamikasini aniqlash; 

mehnat faoliyatining ijtimoiy harakatlarini tadqiq qilish; 

mehnat motivastiyasi, kasb-malaka jihatidan o’sish;

mehnatdan qoniqish va hokazo. 
Mavjud ishchi kuchidan yanada to’laroq foydalanish, mehnat unumdorligini 
oshirish, ishlab chiqarishni jadallashtirish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks 
mexanizastiyalash va avtomatlashtirish, ancha umumiyroq ishlab chiqarish 
texnikasini joriy etish, texnologiyani va ishlab chiqarishni tashkil etishni 
takomillashtirish hisobiga korxonani mehnat resurslari bilan ta’minlashdagi 
keskinlikni birmuncha bartaraf etish mumkin. Yuqorida sanab o’tilgan tadbirlarni 
o’tkazish natijasida personalga bo’lgan ehtiyojni qisqartirish zahiralari aniqlanishi 
lozim. 
Bozor iqtisodiyoti tomon tanlangan yo’l, ijtimoiy ishlab chiqarishni 
jadallashtirish va modernizastiya qilish, uning iqtisodiy samaradorligini va sifatini 
oshirish barcha mavjud imkoniyatlarni mobillashtirishni talab qiladi. Mazkur talab 
esa korxonalar mehnat jamoalarining xo’jalik tashabbuskorligini maksimal 
rivojlantirishni oldinga suradi. 
6
Вечер Л.С. Кадровые технологии в управлении персоналом государственной службы// Сборник трудов 
Академии управления при Президенте Республики Беларусь. – Минск: 2010.


135 
Iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy bosqichida juda kamchilik mehnat jamoasi 
o’z biznes rejasining qay yo’sinda bajarilganligiga to’liq javob beradi. Avvalo 
topshiriqlarni bajarilishida, mehnatdan foydalanishda ro’y bergan o’zgarishlarni 
aniqlab olish zarur. Jamoa mehnatidan foydalanishning o’zgarishi ikki tasnifda 
bo’lishi mumkin: ijobiy yoki salbiy. 
Korxona personalidan foydalanish darajasini audit tekshiruvida
 
eng avvalo 
barcha o’zgarishlar aniqlanadi, ular tasnifi va kelib chiqish sabablari o’rganiladi, 
oqibatlarini tugatish bo’yicha chora tadbirlarni ishlab chiqish imkoniyati bo’ladi. 
Korxona miqyosida ishchi kuchiga to’g’ri baxo berish sarflangan mehnatga taaluqli 
rag’batni amalga oshirish, mavjud bo’lgan imkoniyatlarni aniqlash imkonini yaratadi. 
Bu holat biznes rejada kerakli o’zgarishlar kiritish va yangi rejalarni belgilashga olib 
keladi.
 
Ushbu ko’rsatkichlarning axborot manbai bo’lib kadrlar bo’limi ma’lumotlari, 
statistik hisobotlar, sex, bo’lim va shaxobchalardagi kadrlar harakati bo’yicha, 
mehnat resurslariga taaluqli boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi. 
Ma’lumki, korxona miqyosida personalga taaluqli, uni tasniflovchi 
ko’rsatkichlarni ishchi kuchidan foydalanish, ish vaqti va mehnat unumdorligi kabi 
ko’rsatkichlar bilan birgalikda tahlil qilishning asosiy maqsadi: 

korxona ishchi kuchi va mehnat resurslariga obyektiv baho berish; 

mehnat resurslarining mehnat ko’rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillarini, son 
ko’rsatkichlarining o’zgarishlarini va o’zaro ta’sirini aniqlash; 

aniqlangan omillarni bartaraf etish, salbiy omillarni yo’qotish, ijobiy 
omillarni mustahkamlash chora-tadbirlarini izlab topishdan iborat. 
Demak korxona miqyosida foydalanmayotgan imkoniyatlarni, rezervlarni 
aniqlash ularni yo’qotish yoki harakatga keltirish tahlil etishni asoslanganligini 
bildiradi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish