Kompьyuter dasturiy ta`minoti – bu Xo‘jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish, ma`muriy faoliyatida ishlatish yoki ijaraga berish uchun mo`ljallangan hamda kelgusida iq-tisodiy manfaatlar keltiradigan komp`yuterlarda maxsus operatsiyalarni (buxgal-teriya hisobi, iqtisodiy tahlil va shunga o`xshashlarni) bajarishga mo`ljallangan hamda Xo‘jalik yurituvchi subyektni o`zida yaratilgan yoki sotib olingan dasturlardir.
Kompьyuter dasturlarini takomillashtirish bilan bog`liq bo`lgan xara-jatlar hisobi tarmokning kengayib borishi va amaliyotda ishlab chiqarilgan yangi hisob jarayonlarini paydo bo`lishi bilan o`ta muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Kompьyuter dasturlari va ularni takomillashtirishga qilingan investi-tsiyalar kompьyuter dasturiy ta`minoti, bilan shugullanuvchi Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqa aktivlar sifatida ko`riladi. Kompьyuter dasturiy ta`minotiga qilingan harajat-
larni kapitalizatsiyalashtirish, sotish yoki keng foydalanish uchun ijaraga berish-ga mo`ljallangan kompьyuterning dasturiy ta`minotini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar xarajatlarning salmoqli qismini tashkil etadi. Hisobga olishda asosiy masala bo`lib, dasturiy ta`minot to`plamlarini takomil-lashtirishda amalga oshirilgan qanday xarajatlar hisobdan chiqarilishi va qan-daylari kapitalizatsiyalashtirilishi kerakligiga ahamiyat beriladi.
Dasturiy ta`minot hisobida quyidagi holatlarga alohida e`tibor qaratish lozim:
Sotish yoki ijaraga berish uchun mo`ljallangan kompьyuter dasturiy ta`-minotini ishlab chiqarishga ketgan barcha xarajatlar, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalar xarajatlari hisoblanadi hamda hisobdan chiqarilishi lozim;
Тexnik iqtisodiy asoslashni o`tkazish uchun ishlab chiqarilgan mah-sulotning asl nusxalarini ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar sar-moyalashtirilishi zarur. Bu xarajatlar tarkibiga kodlash va texnik iq-tisodiy asoslashni o`tkazish uchun tekshiruv bilan bog`liq xarajatlar kiradi.
Тashkiliy xarajatlar - bu faoliyatni tashkil qilishga ketgan xarajat-lardir. Тashkiliy xarajatlarning ba`zilari to`g`ridan-to`g`ri kapitalizatsiyalanadi. Bunday xarajatlarga misol tariqasida huquqiy masalalar bo`yicha, buxgalteriya bo`yicha, devon tovarlari uchun qilingan xarajatlarni keltirish mumkin. Тashki-liy xarajatlarni kapitalizatsiya qilishning sababi, ular kelgusida daromad keltiradi. Barcha xarajatlarni birinchi yilda hisobdan chiqarish xarajatlar va daromadlarning muvofiqlik tamoyiliga putur etkazadi. Shuning uchun tashkiliy xarajatlar odatda erkin tanlab olingan qiska davr ichida amortizatsiya qilinadi.