O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti kafedrasi


Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi



Download 462,51 Kb.
bet6/13
Sana30.03.2022
Hajmi462,51 Kb.
#519818
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Korxona to‘lov layoqatining tahlili

3. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobi
Asosiy vositalar — xo`jalik yurituvchi subyekt tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlami bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalami amalga oshirish maqsadida foydalaniladigan moddiy aktivlardir.
5-sonli BHMS «Asosiy vositalar» ( 0 ‘zR AV tomonidan 20.01.2004-yilda 1299-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)da asosiy vositalarga ana shunday ta’rif berilgan. Mazkur standart mulk, xo‘jalik yuritish yoki tezkor boshqaruv huquqlari asosida xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli bo‘lgan asosiy vositalar hisobi tartibi va uslubiyatini belgilaydi.Asosiy. vositalar tarkibiga bir yildan ko‘proq muddatda xizmat qiladigan yoki xizmat muddatidan qat’iy nazar har bir birligi (to‘plami)ning qiymati O‘zbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravari miqdoridan ko‘p bo‘lgan (sotib olish paytiga) aktivlar kiradi.
Asosiy vositalar quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
1. Mansubligiga ko‘ra:
a) xo`jalik yurituvchi subyekt balansida ifodalanadigan;
b) ijaraga olingan xo`jalik yurituvchi subyekt balansidan tashqaridagi.
2. Turlari bo‘yicha: imorat, qurilish, mashina jihozlar, xo‘jalik va ishlab chiqarishdagi inventarlar, transport vositalari va h.k.
3. Foydalanishiga ko‘ra:
a) ishlatilayotgani, zaxiradagi;
b) harakatda bo‘lmagani — eskirgan;
d) ijaraga berilgani.
4. Ishlab chiqarishda ishtirok etayotganiga ko‘ra:
a) ishlab chiqarishdagi;
b) ishlab chiqarishda bo‘lmagani.
Asosiy vositalar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
— kapital qo‘yilmalar tugaganidan so‘ng tiklangan obyektni qabul qilish-topshirish;
— oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha obyektni sotib olish;
— ustav kapitaliga ta’sischi ulushi ko‘rinishida kelib tushishi;
— tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
— ayirboshlash;
— tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o‘tkazish;
— uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo'yicha olish;
— qiymati belgilangan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar;
— asosiy vositalaming ortiqcha (hisobga olinmagan) obyektlarini aniqlash.
Asosiy vositalami kirim qilishda birlamchi hujjat sifatida qabul qilish dalolatnomasi hisoblanadi va asosiy vositalarning chiqib ketishi hisobda va hisobotda “Asosiy vositalami balans hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom ( 0 ‘zR AV tomonidan 29.08.2004-yilda 1401-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan)ga muvofiq aks ettirilishi kerak.Analitik hisobda kelib tushgan ishlatilmayotgan, foydalanilmayotgan va sarfdan chiqarilgan asosiy vositalar “inventor kartochkalar”da har biri alohida kartochkada hisobga olinadi. Oy oxirida inventar kartochkada asosiy vositalar kelib tushgani va sarfdan chiqarilgani jamlanadi, “Asosiy vositalar harakati”ni hisobga olish daftarida qayd etiladi va asosiy vositalar bo‘yicha hisobot tuziladi.
Sintetik hisobda esa asosiy vositalar 0100-hisobvaraqda, eskirishi 0200 hisobvaraqda aks ettiriladi.
Asosiy vositalaming qabul qilishda dorixona rahbari buxgalter boshchiligida tashkil etgan hay’at qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzadi, unda obyektning tavsifi, joylashgan joyi, olish manbasi, chiqarilgan yoki qurilgan yili, foydalanishga topshirish sanasi, obyektning sinov natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va hokazolar ko'rsatiladi. Ushbu dalolatnoma asosida har bir obyektga inventar varaqasi rasmiylashtiriladi yoki inventar daftarida qayd etiladi.
Asosiy vositalaming chiqib ketishi quyidagi sabablarga ko‘ra yuz berishi mumkin:
— sotilishi;
— chet korxonalar va shaxslarga tekinga berilishi;
— ustav kapitaliga ulush sifatida berilishi;
— moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha berilishi;
— kamomad yoki yo‘qotishning aniqlanishi.
Asosiy vositalaming eskirishi — ularning jismiy sifatlari yoki xususiyatlari yo‘qolib borishi va eskirishining, buning oqibatida esa ularning qiymati yo‘qolib borishining qiymat ko‘rsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag'lami jamg'arishni ta’minlashi kerak. Bunday jamg‘arishga amortizatsiya deb ataluvchi ajratmalami xarajatlarga kiritish hisobiga erishiladi.
5-sonli BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq amortizatsiya quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali hisoblanishi mumkin:
— amortizatsiyani teng maromli (to‘g‘ri chiziqli) hisoblash;
— bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish usuli);
— ikki baravar amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli;
— yillar summasi usuli (kumulativ usul).
Nomoddiy aktivlar — korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko'rsatish yoki tovarlami sotish jarayonida foydalanish maqsadida, yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalami amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlaridir.
Nomoddiy aktivlarning buxgalteriya hisobi 7-sonli BHMS «Nomoddiy aktivlar» ( 0 ‘zR AV tomonidan 27.06.2005-yilda 1485-son bilan ro‘yxatdan o ‘tkazilgan) bilan tartibga solinadi.
Ushbu standartga muvofiq aktivlami buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o'zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
— moddiy-ashyoviy tuzilish (shakl)ga ega bo‘lmasligi;
— aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda yoxud muassasasining ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u 12 oydan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish;— dorixona muassasasi ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
— ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi mos ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi;
— muassasasa tomonidan boshqa aktivlardan identifikatsiyalash (bo‘lish, ajratish) imkoniyati, ya’ni aktivni undan foydalaniladigan xo‘jalik faoliyatidan alohida foydalanishning mumkin bo‘lishi.


Download 462,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish