Tahlilda mahsulot, ish va xizmatlarni sotish rejasining bajarilishi va dinamikasi, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi chizma va jadval misolida ko‘rishimiz mumkin:
1-chizma. Mahsulotlarni sotish shakllari. Mahsulot sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash uchun tovar balansini tuzamiz. Tovar balansi ko‘rsatkichlari tayyor mahsulot harakati nomli ma’lumotnomadan olinadi. Bu hisobot shaklida tayyor mahsulotning yil boshiga, yil oxiriga bo‘lgan qoldig‘i, ishlab chiqarilgan tovar mahsuloti hamda sotilgan mahsulot ulgurji bahoda va ishlab chiqarish tannarxida ifodalangan. Tovar balansi quyidagi formula orqali aniqlanadi.
Xulosa Korxona (firma)larning ixtisosligiga kiruvchi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tarkibi bozordagi talab va taklifning o‘zgarishiga qarab muntazam takomillashib, rivojlanib hamda mukammallashib boradi. Ayniqsa, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, qiymat o‘lchamidagi hajmi strukturaviy o‘zgarishlar ta’sirida ortib yoki kamaytirilib aniqlanishi mumkin. Bunda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi sarflanayotgan moddiy va mehnat xarajatlarini e’tiborga olgan holda o‘rganilishi tahlilda erishilgan natijalarni yanada aniqroq o‘rganish imkoniyatini yaratadi.
Korxona uchun ko‘proq foyda keltiruvchi, kam xarajat tovarlarni ishlab chiqarish o‘ta manfaatlidir. Shuning uchun ham tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zgarishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak. Ishlab chiqarilgan mahsulot strukturasining o‘zgarishi firmaning barcha iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir etadi. Mahsulot ishlab chiqarish tarkibida qimmatbaho mahsulot turlari ulushini ortishi tufayli mahsulot qiymat shaklida ortadi va buning aksi bo‘lsa, qiymat shaklida mahsulot kamayadi. Xuddi shunday yuqori rentabellikka ega bo‘lgan mahsulot turlarini ortishi, rentabelligi past turlarini pasayishi tufayli umumiy foyda miqdori ortadi.
Adabiyotlar 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. 2017 yil