Jami mahsulotdagi ulushi, (%)
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot qiymati
(ming so‘m)
|
biznes-
rejada
|
haqiqatda
|
biznes-
rejada
|
haqiqatda
|
biznes-
rejada
|
haqiqatda
|
Oliy navli mahsulot
|
9400
|
82400
|
89123
|
108,16
|
85,21
|
86,14
|
774560
|
837756,2
|
Birinchi navli mahsulot
|
6300
|
14300
|
14335
|
100,24
|
14,79
|
13,86
|
90090
|
90310,5
|
Jami
|
X
|
96700
|
103458
|
106,99
|
100,0
|
100,0
|
864650
|
928066,7
|
«A» mahsuloti hajmi qiymat shaklida rejadagiga nisbatan 63417,22 ming so‘mga ko‘paygan. Mahsulot hajmining bunday tarzda ko‘payishiga mahsulot birligining sotish bahosini oshganligi 3000,28 ming so‘mga, mahsulotning o‘rtacha navlilik darajasining ortganligi esa 60416,42 ming so‘mga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan hamda umumiy «A» mahsulotning rejaga nisbatan haqiqatda 63417,22 ming so‘mga ortishiga olib kelgan.
Mahsulot sifatiga, odatda, quyidagi omillar ta’sir qiladi:
foydalanilayotgan xomashyo va materiallar sifati;
xodimlarning malakasi va texnik tayyorgarlik darajasi;
ishlab chiqarishda ishtirok etadigan texnika va texnologiyani holati va uning progressivligi;
ishchi va xodimlarning mahsulot sifatiga javobgarligi hamda ularning moddiy rag‘batlantirilishi va hokazo.
Respublikamizda mahsulot sifatini xarakterlovchi eng asosiy ko‘rsatkich bu O‘zbekiston Davlat Standartlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilangan ko‘rsatkichlardir.
Mahsulot (ish, xizmat)larning buzilishi va yo‘qotishlar tahlili
Mahsulotlar sotishdan olingan sof tushum hajmi tovarlar sifati, miqdori, shartnoma va bozordagi baholarning o‘zgarishlari bilangina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlarning turib qolishidan sifatining buzilishi, ishlab chiqarishdagi braklar hajmiga ham bog‘liqdir. Ishlab chiqarish jarayonidagi texnologik o‘zgarishlar evaziga, bajaruvchilarning layoqatsizligi va mas’uliyatsizligi tufayli yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ta’sirida tovarlar sifatining pasayishi va brak mahsulotlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Shuningdek, xomashyo sifatining pastligi, standartga mos kelmasligi, dastgohlarning tez buzilishi, ishlab chiqarish jarayonidagi nuqsonlar, kadrlar malakasining pastligi tufayli ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibida brakka yo‘l qo‘yilishi mumkin. Brakka yo‘l qo‘yilishi tufayli, iste’molga chiqadigan tayyor mahsulot hajmi kamayadi, mahsulot tannarxi qimmatlashadi, chunki brak mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlarning samarasiz ketganligi, unumsizligidan dalolat beradi. Tomonlarning o‘zaro tuzgan shartnomalarida yetkazib beriladigan tovarlarning miqdori, narxidan tashqari assortimenti va sifati ham kelishiladi, demak, brak mahsulotlar ishlab chiqarish yoki tovarlar sifatining buzilishi iste’molchi huquqining buzilishiga va iqtisodiy zarar ko‘rishiga olib keladi. Shartnomaga muvofiq ishlab chiqaruvchi iste’molchiga sifatsiz mahsulot ishlab chiqargani uchun yetkazilgan zararni qoplashi shart. Ishlab chiqaruvchi firma da’vogarlik muddati tugamasdan avval nuqsonga ega bo‘lganligi uchun qaytarilgan tovar o‘rniga boshqa mahsulotlar jo‘natishi yoki avvalgi tovarlarning nuqsonini tuzatib, iste’molchiga jo‘natishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |