Mehnat, kasb, mutaxassislik
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o’zgartirishga qaratilgan maqsadli faoliyat bo’lib, u inson faolligining anglangan bir turiga kiradi. Mehnat inson uchun shaxsiy va ijtimoiy hayotida o’zini ro’yobga chiqarish va ko’rsata olish vosita hamda usulidir. Bu o’z navbatida uning muomalasi, o’zini va tashqi olamni anglashi, o’zini shaxs sifatida rivojlantirishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratishida aks etdi. Bu vazifalarni bajarilishi mehnatning maqsadini tashkil etadi. 58-rasmda mehnat va uning asosiy vazifalari keltirilgan.
58-rasm. Mehnatning funksiyalari
Mehnat funksiyalarining samarali amalga oshishi quyidagi omillarga bog’liqdir:
muayyan faoliyat uchun layoqatli kishilarni tanlash;
kasbiy tayyorgarlik;
mehnat jarayonini tashkil etish va rasional sharoitlar;
mehnat qurollarining qulayligi va samarali ekanligi;
ish ko’lamiga inson imkoniyatlarining mos kelishi;
mehnat xavfsizligi tizimi, kasbiy salomatlik va umrni saqlash, ishga layoqatlikni psixologik quvvatlash.
Mehnat (mazmuni, sharoitlari, maqsadlari) shaxs rivojlanishiga xizmat qilishi, unga quvonch, baxtni keltirishi va erishgan natijalaridan qoniqish hissini tuyishiga olib kelishi kerak.
Mehnat – inson imkoniyatlarining psixologik, fiziologik, kasbiy va boshqa jihatdan namoyon eta olish xususiyati bo’lib, u turli toifa odamlarda turlicha bo’ladi. Asosan, yoshga ko’rsatkichiga, kasbiy tayyorlik darajasiga, salomatlik holatiga bog’liq ravishda kechadi.
Mehnat faoliyatini takomillashtirish bo’yicha ko’pgina amaliy vazifalarni bajarish, shuningdek shaxs psixik faolligining asoslarini mehnat faoliyatiga bog’liqlik tomonlarini o’rganish masalasi muhimdir. Unga ko’ra, mehnat faoliyati tashkil etuvchilarining tizimini ko’rib chiqish mumkin. Mehnat faoliyati tashkil etuvchilarining tuzilmasi 59-rasmda aks ettirilgan.
Mazkur rasmda keltirilgan chizma, ya’ni mehnat faoliyati subyektining chizmasi ergotik tizim deb ataladi (grekcha yesgpn – ish).
Mutaxassislik – faoliyat shakllari birlashmasi bo’lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda mehnat subyektini tayyorlashga qo’yiladigan talablar majmuini tashkil etadi. Bu tushunchada mehnat faoliyatining turli tomonlari va turli darajasi aks ettiriladi:
mehnat obyekti va predmeti, uning mazmuni, shartlari hamda tashkiliy jihatlari;
59-rasm. Mehnat faoliyatini tashkil etuvchi komponentlar tuzilmasi
maqsadli vazifa va mehnatning natijaviy xarakteri;
mehnat egasining xususiyatlari – uning bilimlari, malaka, ko’nikma, qobiliyatlari;
iqtisodiy va ijtimoiy tomonlari – ishga joylashish, moddiy ehtiyojlarni qondirilishi, ijtimoiy mavqyening tasdiqlanishi;
faoliyat turi.
Mutaxasislik – faoliyatning aniq shakli bo’lib, mehnat egasining kasbiy tayyorligi, mehnat vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilandi. Mutaxasislik tushunchasi odatda konkret faoliyat turi (kasb o’zida) va xususiy xaraktersitikasini ifodalaydi. Mehnatning qay darajada bo’linish imkoniyatini aks ettiradi (masalan, vrach – kasbi, mutaxassislik – terapevt, jarroh, ko’z vrachi, kardiolog va boshqalar).
Do'stlaringiz bilan baham: |