O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


 Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

2. Rossiyalik iqtisodchilarning moliyaviy nazariyalari 
Rossiyada moliya fani mustaqil voqelik sifatida X1X asrning boshlarida 
shakllana boshladi. Shu davrda moliya sohasiga oid birinchi yirik ishlar paydo 
bo’ldi. Rus moliya fanining boshlanishiga N.I.Tergenevning “Soliqlar 
nazariyalari tajribasi” asari (bu asar 1818 yilda nashr etilgan) asos soldi. Unda 
Rossiyada ilk marta soliqlarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning davlat xo’jaligi 
va mamlakatning butun iqtisodiyoti uchun ahamiyati o’rganildi. 
Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar olimlarning ishlarida moliya 
masalalari
. Rossiya moliya fanining gullab-yashnashi X1X asrning oxiri va XX 
asrning boshlariga to’g’ri kelib, bu davrda rossiyalik iqtisodchilar va yuristlardan 
I.Yanjul, I.Ozerov, I.Kulisher, L.Xodskiy, V.Lebedev, S.Ilovayskiy va 
boshqalarning eng mashhur asarlari e’lon qilindi. 
Rossiyalik iqtisodchi-olimlar moliya fanining ham nazariy va ham amaliy 
masalalarini ishlab chiqishdi. Nazariyada ular pragmatik yondoshuvning vakillari 
hisoblanib, 
“jamoa ehtiyojlarini qondirish” nazariyasi
ning tarafdorlari edilar. 
Bu narsa I.Ozerovning “Moliya fani asoslari” deb nomlangan darsligida yaqqol 
namoyon bo’lgan edi.
Davlat moliyasini tadqiq qilish shu davrdagi olimlarning ishlarida asosiy 
o’rinni egallagan edi. Ta’kidlash joizki, bu davrda e’lon qilingan ishlarda xususiy 
xo’jalik moliyasi to’g’risida masalalar, hatto biror marta ham, esga olinmagan. 
Bir vaqtning o’zida, davlat daromadlariga oid masalalar: daromadlar tizimi, turli 
davlatlarda ularning rivojlanishi, soliqlarni byudjetga undirish shakllari va 
tartiblari, shu jarayonlar ustidan davlat tomonidan amalga oshirilgan nazorat, 
byudjet defitsitini qoplash manbalari, davlat kreditining rivojlanishi kabilar etarli 
darajada to’liq tadqiq qilingan. 
Oktyabr davlat to’ntarilishiga qadar moliyachilar tomonidan o’rganilgan 
masalalarning boshqa bir yo’nalishi byudjet va mahalliy byudjetlar bilan 
bog’langan. Ularda markaziy byudjet vamahalliy byudjetlarning tuzilish 


326 
masalalari va 
byudjet jarayoniga tegishli bo’lgan boshqa masalalar ko’rib chiqilgan. 
Moliya nazariyasi masalalari bo’yicha munozaralarning mohiyati 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish tizimida moliyaning o’rnini aniqlashga borib 
taqaladi. K.Marksning siyosiy iqtisod yagona nazariyasiga tayangan holda turli 
kontseptsiyalarning mualliflari ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruh 
mualliflarining fikricha, moliyaning o’rni - bu faqat noekvivalent xarakterga ega 
bo’lgan pul mablag’larini taqsimlash tizimidir. Ana shundan kelib chiqqan holda
moliya faqat bilvosita va taqsimlash orqali moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, 
almashuv va iste’mol munosabatlariga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu guruhga kiruvchi 
iqtisodchi-olimlarning yorqin namoyondalari V.D’yachenko, G.Tochilnikov va 
M.
Shermenyov edilar. 
E.Voznesenskiy, A.Aleksandrov, A.Birman va boshqalardan iborat bo’lgan 
iqtisodchi-olimlarning ikkinchi guruhi bu masalaga nisbatan boshqacha qarashga 
ega bo’lgan. Bu guruhga kiruvchi olimlarning fikricha, moliyaviy 
munosabatlarning mohiyatini takror ishlab chiqarishning barcha to’rt bosqichi 
yoki uning bir necha bosqichi belgilab beradi. Bunday yondoshuv moliyaning 
kengaytirilgan kontseptsiyasidan darak beradi. 
Moliya nazariy kontseptsiyasi asosidagi ana shunday farqlardan kelib 
chiqqan holda iqtisodchi-olimlarning moliyaviy munosabatlarning o’ziga xos 
xususiyatlari, moliyaning funksiyalari, moliyaning chegaralari, moliya tizimining 
tarkibi va boshqa shunga o’xshash bir necha xususiy masalalarga nisbatan 
qarashlari ham turlicha bo’lgan. 
Moliya nazariyasining rivojlanishi bilan bir vaqtning o’zida 1950-yillarning 
oxiri va 1960-yillarning boshlarida printsipial jihatdan yangi ko’rinishga ega 
bo’lg
an amaliy moliyaviy tadqiqotlar ham paydo bo’ldi. Agar 1930- va 1950-
yillarning boshlarigacha amaliyotda moliyaviy munosabatlarni tashkil etish 
masalalariga bag’ishlangan ishlar, asosan, mavjud holatni yozma bayon etish yoki 
maqtash xarakteriga ega bo’lsa, 1960-yillarda boshlangan xo’jalik islohotidan keyin 
tanqidiy xarakterga ega bo’lgan va alohida moliyaviy instrumentlarni 
takomillashtirish bo’yicha ishlanmalarga ega muhim ishlar e’lon qilina boshlandi. 
Bunga misol qilib, birinchi navbatda, A.Birmanning kitoblarini ko’rsatish mumkin. 
Uning kitoblarida ilk marta korxonalar moliyasining masalalari etarli darajada yuqori 
bo’lgan tartibda qo’yilgan edi. Shuningdek, uning asarlarida birinchi marta xo’jalik 
hisobi sharoitida moliyaviy kategoriyalardan foydalanish masalalari ishlab 
chiqildiki, ular muallif talqinida sotsializm sharoitida bozor xo’jaligining 
elementlariga ega edi. 
Shu davrda moliyaviy resurslar va korxonalar moliyasini boshqarishning 
mazmuni birinchi marta o’rganishga kirishildi. A.Birmanning ishlari 1960-1980-
yillardagi iqtisodchi- olimlarning (P.Bunich, G.Bazarova, V.Senchagov, S.Sitaryan, 
M.Romanovskiy, V.Kolesnikov, P.Jevtyak, D.Molyakov va boshqalar) ishlarida 


327 
korxonalar moliyasini tadqiq etishda, o’ziga xos, turtki bo’ldi. 
Byudjet sohasining muammolarini tadqiq etish bu davrda ikki yo’nalish asosida 
amalga oshirildi: 1) byudjet daromadlari va xarajatlarining rivojlanishi; 2) mahalliy 
byudjetlarni tashkil etish. Biroq, shu davrlarda byudjet masalalarini kompleks tadqiq 
etishni moliya fanida hukmronlik qilgan ma’lumotlarning etarli emasligi va g’oyaviy 
qotib qolishlarning mavjudligi ancha murakkablashtirgan edi. Bu davrdagi davlat 
byudjetiga bag’ishlangan yirik izlanishlar qatoriga G.Rabinovich, S.Sitaryan, 
Ya.Liberman, V.Rodionova va L.Pavlovalarning ishlarini ko’rsatish mumkin. 
Sug’urta ishiga nisbatan davlat monopoliyasining mavjudligi sug’urta 
masalalarini o’rganishga o’zining keskin salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bu sohadagi nazariy 
tadqiqotlar K.Marksning sug’urta fondlarining zarurligi, mazmuni va roli 
to’g’risidagi tasavvurlarini interpretatsiya qilishga bag’ishlangan bo’lib, etarli 
darajada ilmiy yangiliklarga ega emas edi. Shu davr sug’urtasining nazariyasi va 
amaliyotini 
umumlashtirgan 
L.Motilev, 
L.Reytman 
va 
E.Kolomin, 
X.Shennaevlarning ishlari, birmuncha, diqqatga sazovordir. 
Shu davrlarda xorijiy mamlakatlarning moliyaviy munosabatlarini tahlil va 
tanqid qilish masalalariga ham katta e’tibor qaratilgan edi. Shu munosabat bilan, bir 
tomondan, kapitalizm moliyasining rivojlanishiga bag’ishlangan ishlarni 
(B.Boldirev, L.Drobozina, L.Pavlova, L.Okuneva va boshqalarning asarlarini) 
alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq bo’lsa, ikkinchi tomondan, sotsialistik 
mamlakatlarda moliyaviy instrumentlarning rivojlanish tendentsiyalari va o’ziga xos 
xususiyatlarini tadqiq etishga bag’ishlangan ishlar (D.Butakov, Yu.Kashin va 
boshqalarning asarlari) ham diqqatga sazovor bo’lganligini e’tirof etish zarur. 
Moliya fanining hozirgi holatiga (ahvoliga) tavsifnoma bera turib, qayd etish 
kerakki, bu sohaga bag’ishlangan chuqur nazariy va amaliy ishlar hozirgi sharoitda 
mavjud emas. Ayrim mualliflarning ishlari metodologik va metodik xarakterga 
emas, balki mavjud narsani oddiy tarzda bayon etish xarakteriga ega. Boshqa bir 
mualliflar mavjud bo’lgan qarashlar va instrumentlarni hozir sharoitga moslashtirish 
bilan band. Uchinchi guruhga kiruvchi mualliflar esa xorijlik mualliflar ishlarini 
kompilyativ tarzda bayon qilish bilan ovora. Bularning barchasi quyidagi bir necha 
holatlarning mavjudligi bilan izohlanadi: 

marksistik siyosiy iqtisodni tadqiq etishning yagona nazariy asosi g’oyib 
bo’ldi. Eski yo’nalishlar bo’yicha munozaralarni o’tkazish o’z dolzarbligini 
yo’qotdi; 

bozor iqtisodiyoti voqeliklarini o’rganishning zamonaviy metodologiyasini 
qo’llashda ko’plab iqtisodchilarning tayyor emasligi va barqaror moliyaviy 
ma’lumotlarning yo’qligi natijasida moliyaning amaliy masalalarini tadqiq etish 
murakkablashgan; 

moliya sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni rivojlantirish uchun 
barqaror qonunchilik asos mavjud emas. 


328 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish