Kastomerizatsiya
Segmentning oxirgi darajasida biz “bir kishilik segment”— “kastomerizatsiyalashgan marketing” bilan ish ko‘ramiz. Bugungi kunda xaridorlar nimani va qanday sotib olish haqida o‘zlari jonbozlik ko‘rsatmoqdalar. Ular internetga chiqib tovarlar haqida ma’lumotga ega bo‘lmoqdalar, xizmat haqida ma’lumotga egalar, tovar yetkazib beruvchilar, iste’molchilar, tanqidchilar bilan muloqotga kirishmoqdalar, hattoki, mahsulot ishlab chiqarishda ham ishtirok etmoqdalar. Ko‘pgina onlayn kompaniyalari o‘z xaridorlariga “Choiseboard” – xizmat dasturini taklif qilishmoqda - bu interaktiv sistema bo‘lib, xaridorlar o‘zlari uchun tovar - xizmatni ishlab chiqishlari mumkin, bunda ular turli komponent, narx va yetkazib berishni tanlashlari mumkin. Buyurtma to‘g‘ri ishlab chiqarish sistemasiga yetkazib beriladi, u yerda “g‘ildirak” aylanishi moddiy – texnik ta’minot, yig‘ish va yetkazib berish boshlanadi. Dj.Vindi va A.Renujasveli “Choiceboard” sistemasi firmani “kastomerizatsiyalash” tomon qo‘yilgan qadam bo‘lib, uning yo‘nalishi — ommaviy tovarlarning individual xaridor tomon moslashishini ta’minlaydi, deb ta’kidlaydilar. Kastomerizatsiya iqtisodiy rivojlanishni va personal marketingni ham birlashtiradi, shu tufayli xaridorlar o‘zlarining xohishlariga qarab tovar va xizmat qilishni ishlab chiqishlari mumkin. Firmaga endi xaridor va ishlab chiqarish haqidagi ma’lumotning keragi yo‘q. U faqat ishlab chiqarish vositalarini “arendaga topshiradi”, kerakli “platformani” va ishlab chiqarish qurollarini ham beradi. Kompaniya kastomerizatsiya qilish orqali alohida xaridorlar talabini qondirsa, shundagina u kastomerizatsiyalashgan hisoblanadi. Kastomerizatsiya hamma kompaniyalarga to‘g‘ri kelavermaydi, avtomobilsozlikda bu prinspga amal qilish juda qiyin. Kastomerizatsiya tovarning narxini iste’molchiga ma’qul kelgan narxdan bir necha barobarga ko‘tarishi mumkin. Ba’zi xaridorlar hattoki, o‘ziga kerakli bo‘lgan tovarni o‘z ko‘zlari bilan ko‘rmaguncha bilmaydilar.
Kompaniya olingan buyurtmani ishlab chiqarishni boshlagandan so‘ng xaridorlar o‘z buyurtmalarini o‘zgartira olmaydilar. Shunga qarmay kastomerizatsiya ba’zi tovarlarda muvaffaqiyatli qo‘llanib kelinmoqda. Masalan, Minnesota shtatidan Andersen Windows kompaniyasi oyna va oynali eshiklar ishlab chiqarishda yetakchi ishlab chiqaruvchi kompaniya. U diler va sotib oluvchilar uchun o‘z mahsulotini interaktiv elektrokatalogini ishlab chiqdi. Tizimdan foydalanib mijoz va menejer oynaning konstruksiyasi, uning chidamliligi va narxini bilishi mumkin. Shu tizim tufayli Andersen Windows ishlab chiqarish jarayonini byurtma qilishga moslashtiradi. Bu esa tayyor mahsulotlar zaxirasining kamayishiga sabab bo‘lmoqda.
Firma maqsadli segmentni (yoki segmentlarni) tanlab olgach, har bir segmentda qanday pozitsiyani egallash kerakligini hal qilishi kerak. Bu qarorning ahamiyati shundaki, u marketing dasturini ishlab chiqishda asos vazifasini o‘taydi. Pozitsiyalash - firmaning maqsadli xaridorlar tomonidan qanday qabul qilinishini belgilaydi. Unga quyidagicha tarif berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |