O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi


Zamonaviy ta’limda o‘qituvchi innovatsion texnologiyalaridan foydalanishi



Download 352 Kb.
bet6/12
Sana09.03.2022
Hajmi352 Kb.
#486847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
BMI M.Mavlyanova

2.2. Zamonaviy ta’limda o‘qituvchi innovatsion texnologiyalaridan foydalanishi

Hozirgi vaqtda «Innovatsiya tushunchasi» juda keng qo‘llanilmoqda. Innovatsiya amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy - madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat tizimidir. Innovatsiyalar dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


Innovatsiya - ma’lum bir faoliyat maydonidagi yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishiga olib kelishi ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir. “Bugungi kun jamiyati taraqqiyotining ayni bosqichi shunday o‘ziga xos xususiyatga egaki, unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, ijodiy fikrlash, yangi innovatsiyon texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.”.
Bugun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash mumkin: - faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi, boshqaruvdagi) - kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli) - kelib chiqish manbaiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki tashqaridan olingan) Innovatsiyalar odatda bir necha muammo kesishgan paytda vujudga keladi va umuman yangi masalalarni hal qiladi, pedagogik jarayonning uzluksiz yangilanib borishiga olib keladi.
«Yangiliklarni joriy qilish» tushunchasi bizningcha, yangilik, ham ana shu yangilikni amaliyotga joriy etish jarayonidir. Yangilik - bu alohida olingan shaxs uchun yangi bo‘lgan g‘oyadir, bu g‘oya obyektiv ravishda yangi yoki yangi emasligi ahamiyat kasb etmaydi, biz uni vaqt bo‘yicha - yangilik ochilgan payt yoki undan birinchi marta foydalanilgan paytda aniqlaymiz.
Yangilikni joriy qilish predmet mazmuniga ko‘ra uchta asosiy guruhga bo‘linadi:
1) texnik-texnologik;
2) mahsuliy;
3) ijtimoiy.
O‘z navbatida bularga quyidagilar kiradi: iqtisodiy, tashkiliy- boshqaruv, xususiy - ijtimoiy, huquqiy. Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rsatib o‘tish zarur. Buning uchun islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga olib kelsagina innovatsiya deya olamiz.
Har ikkala tushuncha mezonlari quyidagicha: novatsiya amaldagi nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni takomillashtiradi. Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi innovatsion jarayonlarda amalga oshiriladi.
Innovatsion faoliyatga tayyorlashdan maqsad — o‘qituvchining yangilikka intiluvchanligini, mustaqil o‘z ustida ishlash ko‘nikmasi va malakasini shakllantirish, yangi pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlardan foydalanib, dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish malakasini takomillashtirishdan iborat.
Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyat - yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoxud amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining yuzaga kelgan me’yor bilan to‘qnashuvchi natijasida vujudga kelgan qator muammolarni yechishga qaratiladi. Innovatsiyalar doimiy ravishda pedagogik faoliyatga yangiliklar olib kirish orqali ta’lim rivojiga hissa qo‘shadi, pedagogik faoliyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati butun pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi, taraqqiy ettiruvchi kuch vazifasini bajaradi va ta’lim jarayonining sifatini kafolatlaydi. Shuning uchun ham innovatsiyani har bir o‘qituvchi tushunib, o‘qib va o‘rganib, o‘zining pedagogik faoliyatiga olib kira olsa, ta’lim standartlarida ko‘rsatilgan me’yoriy talablar amalga oshadi.

Download 352 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish