Konvektiv quritish – bunda nam material bilan qurituvchi eltkich bevosita o’zaro ta’sirda bo’ladi. Odatda, qurituvchi eltkich sifatida qizdirilgan havo yoki tutun gazlari ishlatiladi;
Kontaktliquritish–issiqlik tashuvchi eltkich va nam material orasida ajratuvchi devor bo’ladi. Materialga issiqlik shu devor orqali uzatiladi;
Ejektorli usulda kazein donlari mayda, yaxshi yuviladigan, presslanadigan va quritiladigan bo’ladi, bu esa kazeinni yuqori sifatini ta’minlaydi; ishlab chiqarish jarayoni tezlashadi va mehnat unumdorligi oshadi. Quyqani qayta ishlash uchun ejektor qo’llanadi, u o’zida karobkadan tashkil topgan bug’ oqimli nasos, bug’ quvuriga ulangan bug’li soplo va potrubkali qabul qiluvchi soplodan tashkil topgan.
Karobkaning pastki qismida 90º burchak ostida so’rib oluvchi patrubka bor, u sut quyqasiga tushirilgan. Bug’ oqimi ejektor karobkasidan havoni chiqazib yuboradi va vakuum hosil qiladi, shundan so’ng patrubka orqali karobkaga quyqa yig’iladi. Bu yerda quyqa bug’ bilan qayta ishlanadi va kondensat bilan birga konus orqali changa chiqarib yuboriladi. Qaynatish jarayonida 20 kg quyqaga 1 kg bug’ sarf bo’ladi.
Ejektorli usul bilan kazein ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma bijg’itish uchun vanna, bug’ga chidamli apparat, quyqani qayta ishlash uchun qabul qiluvchi vanna va yuvuvchi qurilmadan tashkil topgan. Qabul qiluvchi vannada zardobni ajratish uchun matoli filtr o’rnatilgan. Qaynatilgan kazeinni yuvish uchun yuqoridan sovuq suv beriladi. Buning uchun bug’li soploni oxiri bilan chiqarib yuboruvchi konussi boshi oralig’ida bug’ bosimiga qarab 7-12 mm dan oshmasligi kerak.
Kislotali kazeinni ejektorli usulda qayta ishlashda yog’sizlantirilgan sutni bujg’itish 25-35° da, 3-5% li achitqi kirgizib, yog’sizlantirilgan sutdan tayyorlangan. Bijg’itishni tezlashtirish uchun
bijg’itish temperaturasini oshirish va kiritilayotgan achitqini miqdorini oshirish kerak.
Quyqani rangsiz zardob ajralguncha ya’ni yuqori zichlikkacha olib boriladi. Bunda uning kislotaligi 80-90° bo’ladi. Keyin quyqaning ustidan 0,5 sm qalinlikdagi qatlami olib tashlanadi va ejektorlashga kirishiladi. Buning uchun yuviladigan changa metal setka va mayda teshikli serpyanka, uning ustidan kazeinni suv bilan yuvganda mayda zarrachalarni ushlab qolish uchun dumaloq shaklli bo’z o’rnatiladi.
Ejektorning chiqaruvchi yengidan o’rnatiladi, undan dumaloq shaklli bo’zga tushadi. Bug’li ventil ochiladi va bijg’itish uchun mo’ljallangan vanna tomonga qarata sekin chiqaruvchi kran aylantiriladi, ejektorga quyqa berilishi nazorat qilinadi. Ejektorga quyqani spiral shlang orqali beriladi. Maydalangan quyqa bug’ bilan changa tashlanadi, u yerda quyqa yuviladi. Zardob uchun chiqaruvchi ventil va yuvuvchi chan qaynatilish vaqtida ochiq bo’lishi kerak.
Ejektorlash vaqtida qaynatilish temperaturasi 57-58º bo’lishi kerak. Qaynatishning yuqoriroq haroratlarida quyqani qizib ketishi va kazeinni erish darajasi pasayishi kuzatiladi. Pastroq haroratlarda esa donning yaxshi quritilishiga erishib bo’lmaydi. Qaynatish temperaturasini quyqani ejektorga berilishini o’zgartirish bilan nazorat qilinadi. Agar quyqa yetarli darajada qurimagan bo’lsa 50-53º quritish temperaturasida, chiqarish ventili zardob uchun berkitiladi, donlar yuvilgunga qadar zardobda yana 15-20 minut turishi uchun.
Master Borodina bijg’itilgan yog’sizlantirilgan sutga 20% gacha shu haroratdagi suv qo’shishni taklif etgan, chunki aralashtirilganda uni
haroratini 32-33º bo’lishi uchun. Bunda quyqani kislotaligi 50-60° gacha olib boriladi.
Borodina usuli bilan ishlangan kazein kam yog’lilik, zollilik va kislotalikka ega bo’ladi. Bunda kazeinning eruvchanligi oshadi.
Sijukli kazeinni ejektorli usulda qayta ishlashda 35-40º da sijuk fermenti kiritiladi, bijg’itish 25-30 minut davom etishini hisobga olgan holda. 100 kg sutni chiritish uchun 1gr sijuk fermenti yoki 2,5 gr pepsin kerak bo’ladi. Ferment solingunga qadar 100 kg sutga 100 ml 40% li kalsiy xlorid solish tavsiya etiladi. Quyqa pishloq ishlab chiqariladigandagi quyqaga nisbatan ko’proq elastik, kam qattiqlikka ega bo’lishi kerak. Hosil bo’lgan quyqa darrov ejektorga yuboriladi. Ortiqcha bo’lmasligi uchun ejektorlashni quyqa oxirigacha hosil bo’lishini kutmasdan boshlash kerak. Shu maqsadda yog’sizlantirilgan sutni bir chanda shunday miqdorda chiritiladiki, uni qayta ishlash 20 minutdan oshmasligi kerak. So’rilish jarayonini osonlashtirish uchun quyqani kesish mumkin. Ejektorlashni huddu kislotali chiritishdagidek olib boriladi.
Ejektorlashdan so’ng ham kislotali ham sijukli kazein yuviladi va keyingi qayta ishlash jarayonlariga yuboriladi.