O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT KIMYO – TEXNOLOGIYA INSTITUTI
«VINOCHILIK TEXNOLOGIYASI VA SANOAT UZUMCHILIGI»
FAKULTETI
“BIOTEXNOLOGIYA” KAFEDRASI “BIOTEXNOLOGIK JARAYON JIHOZLARI” FANIDAN
KURS LOYIHASI
MAVZU:
Kazein ishlab chiqarishda quritish apparatini hisoblash
Bajardi: SA’DIYEVA D.I
Qabul qildi: OTAJONOV A.O
2022 yil
MUNDARIJA
Kirish
Asosiy uskunaning ishlash prinsipi
Mahsulot hisobi
Uskuna hisobi
Issiqlik, gidravlik va mehanik hisoblar
Tehnika xavfsizligi
Foydalanilgan adabiyotlar.
Kirish Kirish
Mustaqillik davrida O’zbekiston Respublikasining sut maxsulotlarini qayta ishlash korxonalari jadal shakillanmoq-da . Qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlash korxonalarini tashkil etilishi va rivojlanishi maxalliy hokimyatlar hamda Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining “O’rta va kichik biznesning rivojlantirish “ bo’limi tomonidan nazorat qilinmoqda. Bozor iqsodiyotiga o’tish davrida yangi korxonalarning barpo etilishi , assortimentning o’zgarishi extiyojidan kelib chiqgan holda amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda ishlab chiqarish korxonalarida mashina va qurilmalar qatori kundan - kunga ko’paymoqda , eskirgan hozirgi kunda ishlatilish uchun noqulay bo’lgan, katta quvvatli qurilmalar o’rnini yangi , zamonaviy, bugungi kunning talabiga javob beruvchi uskunalar egallamoqda.
Respublikamiz qishloq xo’jalik maxsulotlarini qayta ishlash sohasining xozirgi bosqichdagi asosiy vazifalari : xom ashyo yetishtiriladigan joylarda zamonaviy qayta ishlash sexlari va zavodlarni barpo etish , dunyo bozorida sut maxsulotlarini assortimenti va miqdori va mavqeini mustaxkamlash , kelajak uchun real istiqbol rejaga ega bo’lishdir.
Kazein sutni tarkibida kalsiyli tuz shaklida bo’ladi. U o’z navbatida kolloid aralashmani xosil qiladi. Uning molekulyar massasi aniq emas, biroq 100,000 ga yaqinligi aniqlangan. Kazein alfa-, betta- va gamma- turlari farqlanadi. Alfa- kazein fosforga boy.
Sutda 85% alfa- va betta- kazein va 15% gacha gamma kazein mavjud. Birinchi ikki kazein formasi fermentlar yordamida cho’kmaga
tushadi, gamma kazein esa quyqa hosil qilamydi. 1 gr kazeinni neytrallash uchun 8,1 ml 0,1 N ishqor eritmasi sarflanadi. Kazeinning izoelektrik nuqtasi pH 4,4 – 4,6 ga to’g’ri keladi. Kazeinning solishtirma og’irligi 1,259.
Tozalangan kazein suvda erimaydi, biroq ishqorda bir zumda erib ketadi. Kazein eritmasi yuqori qovushqoqlikka va kolloid xarakteriga ega.
Sutga kislota solinishi bilan kazeinkalsiyli tuz kalsiyni yo’qotadi va erkin kazein kislotasi cho’kmaga tushadi. U bilan birgalikda sutdagi boshqa moddalar ham chiqadi. Bunday qoldiqli kazein cho’kmasi texnik kazein deb ataladi.
Sichuk fermenti bilan kalsiy cho’kmasi hosil bolmaydi, shuning uchun sichuk fermenti bilan olingan kazeinning tarkibi kislotaligidan kam kislota darajasi va ko’p zol borligi bilan farq qiladi. Kazeinning ikkala turi 1,5% li ammiak eritmasida oson eriydi. 3% li bor eritmasida faqat kislotali kazein eriydi.
Sichuk fermenti yoki kislota bilan cho’ktirilgan kazein, kerakli ishlov berilgandan so’ng texnik maqsadlar uchun – texnik kazein va oziq – ovqat sanoatida – oziq – ovqatlar uchun mo’ljallangan kazein ishlatiladi.
Texnik kazein sichuk fermenti bilan cho’kma hosil qilish yo’li bilan yoki quyidagi kislotalar: sut, sirka, oltingugurt va solyan kislotalar bilan cho’ktirishdan olinadi. Sichuk va sut kislotali kazein amaliy ahamiyatga ega. Kimyoviy ko’rsatkichlarga ko’ra tehnik kazein quyidagi talablarga javob berishi kerak (jadval 1).
Ko’rsatkichlar
|
Sichukli kazein
|
Kislotali kazein
|
Oliy nav
|
I
|
II
|
II
|
Oliy nav
|
I
|
II
|
II
|
Namlik % da, …..dan
|
12
|
12
|
12
|
12
|
12
|
12
|
12
|
12
|
ko’p bo’lmagan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yog’ % da, …..dan ko’p
|
1,5
|
1,5
|
2,5
|
3
|
1,5
|
1,5
|
2,5
|
3
|
bo’lmagan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Zollilik % da, …..dan
|
8,5
|
8,5
|
6,9
|
5,9
|
2,5
|
3,0
|
4,0
|
4,0
|
ko’p bo’lmagan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kislotalilik 0da, ……dan
|
|
|
|
|
|
|
|
|
ko’p bo’lmagan
|
50
|
70
|
120
|
160
|
60
|
100
|
150
|
200
|
Eruvchanlik (1g
|
|
|
|
|
|
|
|
|
kazeinga ml dan ko’p
|
|
|
|
|
|
|
|
|
bo’lmagan
|
0.6
|
1,0
|
2,0
|
3,0
|
0,3
|
0,5
|
1,0
|
1,5
|
cho’kma)…………….
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kazeinnning namligi uning turg’unligini aniqlaydi. Kazein namlikni oson yutadi, chiriydi va mog’orlaydi. Yuqori yog’lilik darajasi tavsiya etilmaydi, chunki yog’ kazeinli maxsulotlarning sifatini pasaytiradi. Zollilik kazeinni cho’ktirish usulining ko’rsatkichi va uni yuvilish darajasini ko’rsatadi. Yuqori zollilik kislotali kazeindan yelim olish jarayonini qiyinlashtiradi. Sichuk kazeinini zollilik ko’rsatkichi pasayishi bilan plastik mahsulotlarning sifati ham pasayadi. Kislotalilik yuvilish darajasini ko’rsatadi. Kazeinning erish darajasi uni gidroksidlarda shishi qobiliyatini ko’rsatadi.
Sichukli kazein plastik massalar tayyorlash uchun ishlatiladi: elektrik izolyatorlar, rezina va teri o’rnini bosuvchilar, va h.k. Kazeindan yasalgan plastmassaning asosiy turi bu gallalitdir. Kislotali kazeindan yelim, kleyster, zamazka va sement ko’rinishidagi yopishqoq narsalar tayyorlanadi. Kislotali kazein yana sun’iy moyna, ipak, appretur va hakozolar tayyorlash uchun qo’llaniladi.
Texnik kazein rangi bir xilda bo’lishi kerak: oq yoki qaymoq rang; kazeinnig past sortlarida 15% gacha to’q sariq rangli donlar
uchrashi mumkin. U quruq uvalanadigan yoki qattiq don ko’rinishida bo’lishi mumkin, qumaloqlarsiz va yot jinslardan holi bo’lgan.
Kazein tayyorlashning texnologik sxemasi quyidagilarni operatsiyalarni o’z ichiga oladi:
Yog’sizlantirilgan sutni qabul qilish va nazorat qilish, bunda eng yuqori yog’sizlantirish darajasi ta’minlanishini talab etiladi.
Yog’sizlantirilgan sutni kislota bilan bijg’itish yoki sichuk fermenti bilan chiritish. Bijg’itish asosan. Ba’zan kazein nordon tomizgi bilan, ko’picha oltingugurtli yoki solyan kislota bilan cho’ktiriladi. Ferment bilan bijg’itishda sichuk fermentidan tashqari yana pepsin ham ishlatiladi.
Quyqani qayta ishlash. Quyqa kesiladi va maydalanadi, huddi sir tayyorlashdagidek. Kazeinni cho’ktirish uchun nordon tomizg’i quyish jarayonida darrov donlar paydo bo’ladi. Bunda qayta ishlash maydalashga emas, balki donlarni quritishga yo’naltirilgan bo’ladi. Quritishda kazeinli donlarni qizdirish orqali erishiladi.
Qayta ishlashning ommabop usullaridan biri ejektorli usul hisoblanadi, unda quyqa oquvchan bug’ bilan qayta ishlanadi va qaynatiladi va ejektorli qurilmadan o’tkaziladi. Boshqa kazein ishlab chiqarish usullaridan kazeinli donlar qaynoq zardob yoki bug’li vannadan o’tkaziladi.
Qayta ishlash va qaynatish usuliga qarab kazein oddiy, donador va ejektorli usullarga bo’linadi.
G. Zardob ajratilishi va yuvish. Zardobni sifon yordamida yoki serpyankadan ishqalash orqali ajratiladi. Donlarni qolgan zardobini ko’p marta suv bilan yuviladi.
D. Kazeinni suvsizlantirish va kazein xom-ashyosini olish. Suvsizlantirish maxsus sentrafugalarda yoki pressda amalga oshiriladi. Kazein xom-ashyoning namlik saqlashi 80 dan 55-60% gacha tushadi.
E. Kazeinni maydalash. Maydalash toshlardan tozalovchi mashinalarda yoki sitoga ishqalash orqali amalga oshiriladi. Bunda quritgichlarda kazeinni bir xil qurishiga erishiladi.
J. Kazeinni quritish. Kazeinni oxirgi quritish turli konsistensiyali kazein quritgichlarda yoki quyoshda amalga amalga oshiriladi, bunda standart namlikka erishilguncha olib boriladi.
Z. Kazeinni qadoqlash va markirovka qilish. Standart talablarga javob berishi tekshirilgandan so’ng tayyor mahsulot qoplarga, bochkalarga yoki yashiklarga qadoqlanadi va markirovkalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |