Inflyatsiya dinamikasi va prognozi. 2018 yilda inflyatsiya 14,3% ni tashkil etdi. Markaziy bankning qayd etishicha, yil oxirida inflyatsiya bosimi yuqoriligicha qoldi, bu omilning ham talab, ham chiqim tomondan ta’siri bilan izohlanishi mumkin. Misol tariqasida ichki talabning dinamikasi, tartibga solinadigan narxlarning o’sishi va valyuta kurslari dinamikasining ta’siri kabi omillarni keltirish mumkin. Qayd etilishicha, 2018 yil sentyabr oyida qayta moliyalash stavkasining o’sishi kreditlash sharoitlarining keskinlashuviga olib keldi, natijada kreditlashning o’sish sur’atlari normallashdi. 2019 yil yakunlari bo‘yicha inflyatsiya prognoz koridorining (13,5-15,5%) yuqori chegarasiga yaqin darajada shakllandi va 15,2 foizni tashkil etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |