jadval Operatsion faoliyatdan sof pul oqimini aniqlashning bilvosita usuli
Ko’rsatkichla
|
Pul mablag’larinin g ko’payishi (+) yoki
kamayishi (-)
|
Axborot anbai
|
1
|
2
|
3
|
1. Operatsio faoliyatdagi pul ablag’lari oqimi
|
|
|
1.1. Sof foyda
|
|
Moliyaviy atijala to’g’risidagi
hisobot”
|
1.2. Asosiy vosita va nomoddiy aktivlarga hisoblangan
amortizatsiya
|
+
|
Buxgalteriya balansi
|
1.3. tovar moddiy boyliklar qoldiqlarining
|
|
Buxgalteriya balansi
|
- kamayishi
|
+
|
- ko’payishi
|
|
1.4. Yaratilgan qiymatliklar bo’yicha QQSning
|
|
Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot”, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
|
- kamayishi
|
+
|
- ko’payishi
|
|
1.5. Debitorlik qarzlarini
|
|
Buxgalteriya balansi”, Debitorlik va kreditorlik ma’lumotlari xaqidagi” ma’lumotnoma
|
- kamayishi
|
+
|
- ko’payishi
|
|
1.6. Kreditorlik qarzining
|
|
Buxgalteriya balansi”, Debitorlik va kreditorlik ma’lumotlari xaqidagi” ma’lumotnoma
|
- kamayishi
|
|
- ko’payishi
|
+
|
1.7. Boshqa hisoblangan majburiyatlarning
|
|
Buxgalteriya balansi”, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
|
- kamayishi
|
|
- ko’payishi
|
+
|
1.8. Kelgusi davr harajatlari
|
|
Buxgalteriya balansi
|
- kamayishi
|
+
|
- ko’payishi
|
|
1.9. Byudjet va nobyudjet fondlar bo’yicha qarzdorlikning
|
|
Buxgalteriya balansi”, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
|
- kamayishi
|
|
- ko’payishi
|
+
|
1.10. O’tgan yillar taqsimlanmagan foydaning ishlatilishi
|
-
|
Buxgalteriya balansi”,
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
|
1.11. Sof foyd hisobidan tashkil qilinga jamg’armalar
mablag’larining ishlatilishi
|
-
|
Buxgalteriy balansi”,
buxgalteriya hisobi ma’lumotlari
|
Korxona faoliyati uzluksizligini ta’minlash uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va pul mablag’lari oqimini boshqarishni takomillashtirish uchun quyidagi vazifalarni bajarish zarur bo’ladi tushumlar va to’lovlarni vaqt va makon bo’yicha mutanosibligini ta’minlash; hisob-kitoblardagi mablag’lar miqdorini optimallashtirish; o’tuvchi pul mablag’lari qoldig’i miqdorini optimallashtirish; korxonani o’z-o’zini moliyalash darajasini optimallashtirish.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot tuzishni takomillashtirish
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot moliyaviy hisobot shakllari ichida kassa usuli bo’yicha tuziladigan yagona hisobot shakli bo’lib, uning axborotlari buxgalteriya ba-lansi hamda moliyaviy nati-jalar to’grisidagi hisobot ax- borotlari bilan bog’langan holda o’rganilganda, korxona moliyaviy ahvolidagi, moliyaviy natijalarining shakllanishidagi o’zgarishlarni chuqurroq tahlil qilish va aniq baholash imkoniyati paydo bo’ladi. Ushbu hisobot shaklining imkoniyatlaridan korxonada pul mablaglarining kelgusidagi harakatini prognozlash, pul mablag’lari harakatini samarali boshqarish va nazorat qilish, daromadlarning pulga aylanish darajasini aniqlash, operatsion tsiklni belgilash maqsadlarida keng foydalanish mumkin.
Pul mablag’lari harakatida shunday pul tushumlari va chiqimlari borki, ular to’g’ridan to’g’ri biror faoliyatga tegshev-libo’lmasdan, balki faoliyatlardan birining hosilasn sifatida yuzaga keladi. Moliyaviy resurslarni jalb qilishda to’langan foizlar, to’langan dividendlar, investitsiyalarni kiritishdan olingan foizlar va olingan dividendlar bo’lib, ular bo’yicha pul oqimlarini tegishli hisobotda aks ettirish masalasida baxsli holatlar mavjud.
Ma’lumki, olinadigan foizlar va dividendlar qarz va ulush ko’rinishidagi investitsiyalardan olinadigan daromadlar, ya’ni investitsion faoliyatning natijalari hisoblanadi. To’langan foizlar va dividendlar esa xo’jalik yurituvchi sub’ektga qarz mablag’lari tarkibiga va xususiy kapitalga jalb qilngan moliyaviy resurslar uchun to’lanadigan haq, ya’ni moliyaviy faoliyatning natijalarn hisoblanadi.
«№9 Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» nomli buxgalteriya hisobi milliy standarti BHMSning 24 va 25-bandlarida foizlar va dividendlarni pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda aks ettirish bo’yicha me’yorlar quyidagicha bayon qilingan:
«24. Bank muassasalari uchun to’langan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsiya pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun to’langan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsiya faoliyatidan keladigan pul oqimlari sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular sof daromad yoki zararni aniqlashga qo’shiladi.
25. To’langan dividendlar moliyaviy pul oqimi sifatida tasnif qilinishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni olish uchun to’langan haq hisoblanadi».
Bundan kelib chiqadiki, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobot davri uchun tayyorlangan pul oqimlari to’g’risidagi hisobotida to’langan va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion faoliyat bo’limida ko’rsa-tilishi kerak, to’langan dividendlar esa, moliyaviy faoliyat bo’limida ko’rsatilishi mumkin.
Endi, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl)»ning tarkibini ko’radigan bo’lsak, unda olingan va to’langan foizlarni aks ettirish uchun «Moliyaviy faoliyat» bo’limida 110- satr, olingan va to’langan dividendlarni aks ettirish uchun shu bo’limda 120-satr ajratilgan. Bundan kelib chiqadiki, olingan va to’langan foizlar hamda olingan dividendlar bo’yicha pul mablag’lari tushumi va chiqimini aks ettirish bo’yicha «№9. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» nomli BHMSning 24 va 25- bandlarida va belgilangan me’yorlar hamda Moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140- sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4- shakl)»ning tarkibidagi moddalar bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Bizning fikrimizcha, ushbu muammoni bartaraf etish uchun «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4-shakl)» va u bilan bog’liq me’yoriy hujjatlarni takkomillashtirish lozim.
O’zbekistonda buxgalteriya hisobi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga integratsiyalanayotgan sharoitda buxgalteriya hisobining milliy standartlarini ishlab chiqishda milliy hisobot tizimining xususiyatlarini inobatga olgan holda, ayrim qat’iy me’yorlarni o’rnatish lozim. Chunki, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari ushbu standartlarni qabul qiluvchi davlatlar uchun tavsiya sifatida tayyorlanadi hamda moliyaviy hisobotning qat’iy shakllarini belgilamaydi.
«№9. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» nomli BHMS ham «№7. Pul mablag’lari harakati to’g’risidagi hisobotlar» nomli moliyaviy hisobot xalqaro standarti (MHXS)ga muvofiq ishlab chiqilgan bo’lib, uning 24 va 25-bandlari 7- son MHXSning tavsiya tavsifida bayon qilingan 33 va 34- bandlari asosida tayyorlangan. Lekin, 7-son MHXSning 33-bandida:
«... to’langan foizlar hamda olingan foizlar va dividendlar muvofiq ravishda moliyaviy hamda investitsion faoliyat bo’yicha pul mablag’lari harakati sifatida tasnif etilishi mumkin, chunki ular moliyaviy resurslarni jalb qilish bo’yicha xarajatlar yoki investitsiyadan olingan daromadlar hisoblanadi» tarzida bayon qilingan qoida 9-son BHMSda inobatga olinmagan.
Shundan kelib chiqib hamda respublikamizda moliyaviy hisobotlarning qat’iy shakllari belgilanganligini inobatga olib, «№9. Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» nomli BHMSning 24 va 25-bandlarini quyidagi tartibda tahrir etish, bizning fikrimizcha, maqsadga muvofiq bo’ladi:
«24. Banklar, kredit tashkilotlari va investitsion fondlar uchun to’langan foizlar va olingan foizlar hamda dividendlar operatsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari sifatida tasnif etiladi. Ushbu muassasalar uchun to’langan dividendlar moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari sifatida tasnif etiladi.
25. Boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun olingan foizlar va dividendlar investitsion faoliyat bo’yicha pul oqimlari sifatida tasnif etiladi, chunki ular investitsiyalardan olinadigan daromadlar hisoblanadi. To’lanadigan foizlar va dividendlar esa, moliyaviy faoliyat bo’yicha pul oqimlari sifatida
tasnif etiladi, chunki ular jalb qilingan moliyaviy resurslar uchun to’langan xaq hisoblanadi».
O’zbekistonda moliyaviy hisobot shakllari, shu jumladan pul oqimlari to’g’risidagi hisobot ham qat’iy belgilangan shaklda tuzilishi belgilab qo’yilganligi sababli, bizning fikrimizcha, axborotni hisobotda aks ettirish bilan bog’liq me’yoriy qoidalar me’yoriy hujjatlarda «tasnif etilishi mumkin» tarzida tavsiya xarakterida emas, balki, «tasnif etiladi» ko’rinishida qat’iy me’yor sifatida belgilanishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning amaldagi shaklida mavjud yana bir muammo — moliyaviy ijara bo’yicha pul mab-lag’lari harakatini aks ettirish masalasidir. Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140- sonli buyrugi bilan tas-diqlangan «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4- shakl)» da moliyaviy ijara muomalalari bo’yicha pul tushumlari va chiqimlari uchun «Moliyaviy faoliyat» bo’limida 160 - satr ajratilgan. Bu holat moliyaviy ijara bo’yicha barcha pul oqimlarini moliyaviy faoliyatga tegishli, deb tasniflanishiga olib keladi. Aslida esa, moliyaviy ijarani korxonaga nisbatan ikkiga ajratish lozim:
Aktivlarni moliyaviy ijaraga berish; 2.Aktivlarni moliyaviy ijaraga olish.
Moliyaviy ijara bo’yicha pul mablag’lari harakatini ham shundan kelib chiqib tasniflash lozim. Aktivlarni moliyaviy ijaraga berish bo’yicha pul tushumlari to’lik. investitsion faoliyat sifatida tasniflanishi lozim. Chunki, birinchidan, ijaraga berilgan aktivning qiymatini qoplash tarzidagi (asosiy qarzning qoplanishi) pul tushumlari asosiy vositalar yoki kapital qo’yilmalar kabi uzoq muddatli aktivlarning chiqimi bilan bog’liq bo’ladi. Ikkinchidan, aktiv qiymatini kechiktirib to’lanishi hisobiga olinadigan foizlar investitsion faoliyatning hosilasi hisoblanadi.
Aktivlarni moliyaviy ijaraga olish muomalalarida yuzaga keladigan pul to’lovlarini esa, korxona faoliyatini moliyalashtirish jarayonida yuzaga kelgani bois, pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning moliyaviy faoliyat bo’limida aks ettirish to’gri bo’ladi.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan, buxgalteriya hisobining milliy standartlari va moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida pul oqimlarini tasniflash uchun operatsion, investitsion va moliyaviy fao-liyatga berilgan ta’riflardan kelib chiqib, amaldagi «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot (4- shakl)»ning «moliyaviy faoliyat» bo’limidagi olinadigan foizlar va olinadigan dividendlarni hamda moliyaviy ijara bo’yicha olingan pul tushumlarning
«investitsion faoliyat» bo’limiga o’tkazilishi, buxgalteriya hisobining boshqa me’yorny hujjatlarida «uzoq muddatli ijara» atamasi o’rniga «moliyaviy ijara» atamasi qabul qilinganligi sababli, ushbu hisobotda ham «moliyaviy ijara» atamasining ishlatilishi maqsadga muvofiq bo’ladi, degan xulosaga kelish mumkin. U holda «Pul oqimlari to’g’risdagi hisobot (4- shakl)ning investitsion va moliyaviy faoliyat bo’limlari jadvaldagi ko’rinishda bo’lishi lozim.
Bayon qilingan takliflar moliyaviy hisobotning xalqaro: standartlari hamda O’zbekistonda pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish tartibini belgilovchi me’yoriy hujjatlarga qiyosiy o’rganish asosida shakllantirilgan bo’lib, iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat, investorlar, kreditorlar, mol etkazib beruvchilar xaridor va buyurtmachilar hamda axborot iste’molchilari bilan korxona o’rtasida kommunikatsion vositasi bo’lgan moliyaviy hisbotning axborot imkoniyatlari kengayishiga, buxgalteriya hisobi milliy standartlarining moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga yanada integratsiyalashuviga hamda pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni tuzish tartibini belgilovchi, bir-birini to’ldirib turuvchi me’yoriy hujjatlar qoidalarining muvofiqlashuviga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |