bosh. k/ch
MFsof k/ch=Fk/ch ± Dk/ch ± Ak/ch ± XAk/ch ± UQKQk/ch ±UIk/ch ± MF 6
Fk/ch -Olingan va tulangan foizlar;
Dk/ch -Olingan va tulangan dividendlar;
Ak/ch -Aktsiyalar chikarishdan yoki xususiy kapital bilan boglik bulgan boshka instrumentlardan kelgan pul tushumi;
XAk/ch -Xususiy aktsiyalar sotib olingandagi pul tulovlari;
UQKQk/ch -Uzok va kiska muddatli kreditlar va karzlar buyicha pul tushumlari va tulovlari;
UIk/ch -Uzok muddatli ijara (moliyaviy lizing) buyicha pul tushumlari va tulovlari;
MFbosh. k/ch -Moliyaviy faoliyatning boshka pul tushumlari va tulovlari.
Soliq faoliyatidan pul oqimlari – «Tulangan foyda soligi» satrida shu solik buyicha tulangan summa, «Tulangan boshka soliklar» satrida tulangan soliklar, bojlar va ularga tenglashtirilgan yigimlar xamda ajratmalar summalari yig’indisidan iborat.
Ushbu faoliyatlardan sof pul oqimi aniqlangandan keyin jami moliyaviy
xujalik faoliyatining sof pul oqimi aniqlanadi.
MXFsof k/ch= OFsof k/ch ± IFsof k/ch ± MFsof k/ch ± SFsof k/ch7
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning «Yil boshidagi pul mablaglari» satrida korxona balansi 320-satri 3-ustuni buyicha kayd etilgan 5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700-xisobvaraklar koldik summalari kursatilsa, «Yil oxiridagi pul mablaglari» satrida korxona balansi 320-satri 4-ustunida kursatilgan 5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700-xisobvaraklar koldigi kursatiladi.
Xisobotning «Chet el valyutada pul mablaglarining xarakati tugrisida ma’lumot» bulimida xisobot davrda valyuta pul mablaglarining xarakati Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi buyicha Uzbekitson Respublikasi milliy valyutasida, valyuta mablaglari koldigi esa, xisobot davrining oxirgi sanasiga aks ettiriladi.
Ma’lumotnomaning 250 – «Yil boshiga koldik» satrida xisobot davr boshiga korxonaning 5200 va 5000 xisobvaraklarida bulgan valyuta mablaglari summasi kursatiladi.
260 – «Kelib tushgan valyuta mablaglari jami» satrida 261, 262, 263, 264- satrlari buyicha xisobot davrida tushgan summalar yigindisi kursatiladi.
– «Sarflangan valyuta mablaglari, jami» satrida 271, 272, 273-satrlar summasi yigindisi kursatiladi.
– «Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga tulovlar» satrida mol- mulkni xarid kilishga sarflangan valyuta mablaglari summasi, 272 – «Moliyaviy faoliyat buyicha tulovlar» satrida moliyaviy faoliyat buyicha sarflangan valyuta mablaglari summasi kursatiladi.
273 – «Boshka maqsadlar uchun» satrida 271, 272- satrlarda kayd etilmagan valyuta mablag’larini boshqa maqsadlarga bo’lgan sarfi ko’rsatiladi.
Ma’lumotnomaning 280 – «Yil oxiridagi qoldiq» satrida hisobot yili oxirida korxonaning valyuta xisobvaraqlari va kassasida bulgan (250+260-270
satrlar) valyuta mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
Pul oqimlari hisobining bilvosita usuli sof foyda ko’rsatkichining pul mablag’lari harakati natijasida qanday o’zgarganligini buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, balansga ilovalar va Bosh kitob ma’lumotlarini maxsus o’zgartirishlar kiritish yo’li bilan aniqlashga asoslangan.
Bilvosita usul bilan tuzilgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobot davri boshiga va oxiriga tuzilgan buxgalteriya balanslari o’rtasida bog’lochi zveno bo’lib xizmat qiladi, chunki pul mablag’lari hisob raqamlaridagi o’zgarishlarning balans boshqa moddalari o’zgarishlari bilan bog’liqligini aks ettiradi.
Foyda ko’rsatkichiga o’zgartirishlar kiritish uchun «pul ko’rinishiga ega bo’lmagan omillar» deb nomlanuvchi va xo’jalik operatsiyalarining amalga oshirilishi vaqti bilan pul mablag’lari harakatining amalga oshirilish vaqti o’rtasidagi farq ta’sirini bartaraf qiluvchi bir qancha usullardan foydalaniladi. Yuqorida aytib o’tkanimizdek buxgalteriya hisobida aks ettiriluvchi va foyda miqdorini hisoblashda hisobga olinuvchi barcha xo’jalik operatsiyalari ham pul mablag’lari harakati bilan bog’liq bo’lmaydi.
Pul ko’rinishiga ega bo’lmagan investitsion va moliyaviy operatsiyalarga misol sifatida aktsiyalarni yoki obligatsiyalarni moddiy yoki nomoddiy aylanishdan tashqaridagi aktivlarga almashtirish yo’li bilan chiqarishni yoki korxonaga tegishli bo’lgan aylanishdan tashqaridagi aktivlarni boshqa aylanishdan tashqari aktivlarga almashtirishni keltirishimiz mumkin.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni bilvosita usul bilan tuzishda alohida analitik hisobot tayyorlash lozim bo’ladi. Analitik hisobot tuzish uchun quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi:
“Buxgalteriya balansi” (1-shakl);
“Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot” (2-shakl);
“Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot” (3-shakl);
Bosh daftar;
Jurnal-orderlar;
Buxgalteriya hisobi ma’lumotnomalari va boshqlar.
Pul oqimlarini bilvosita metod bilan hisoblash jarayonida ba’zi bir tuzatishlarni kiritish yo’li bilan aniqlash mumkin. Tuzatishlar sof foyda ko’rsatkichini ko’paytirishi ham kamaytirishi ham mumkin. Ba’zi bir muhim tuzatishlar quyida keltiriladi.
Sof foyda miqdorini ko’paytiruvchi:
davr mobaynida asosiy fondlarga va nomoddiy aktivlarga hisoblangan amortizatsiya;
debitorlik qarzining kamayishi;
tovar moddiy boyliklar qoldiqlarining kamayishi;
kelgusi davr harajatlarining kamayishi;
kreditorlik qarzining ko’payishi;
boshqa hisoblangan majburiyatlarning ko’payishi;
byudjet va nobyudjet fondlar bo’yicha qarzdorlikning ko’payishi;
kirim qilingan moddiy boyliklar bo’yicha QQS ning kamayishi; Sof foyda miqdorini kamaytiruvchi:
asosiy vositalarning qayta baholanishi;
debitorlik qarzining ko’payishi;
tovar moddiy boyliklar qoldiqlarining ko’payishi;
kelgusi davr harajatlarining ko’payishi;
kreditorlik qarzining kamayishi;
boshqa hisoblangan majburiyatlarning kamayishi;
byudjet va nobyudjet fondlar bo’yicha qarzdorlikning kamayishi;
o’tgan yillar taqsimlanmagan foydaning ishlatilishi;
zahiralarning ishlatilishi;
sof foyda hisobidan tashkil qilingan jamg’armalar mablag’larining ishlatilishi;
kirim qilingan moddiy boyliklar bo’yicha QQS ning ko’payishi;
Hisobot davri natijasi sof zarar bilan chiqqan bo’lsa, bilvosita usul sof zararga asoslanadi. Bevosita usulda hisoblab ko’rilganda sof zarar chiqqanligiga
qaramay, bilvosita usulda hisoblab ko’rilganda tuzatishlar zarar miqdorini qoplashi va asosy faoliyat bo’yicha pul mablag’lari harakatining sof natijasi musbat chiqishi mumkin.
Pul oqimlari hisobi natijasida olingan ma’lumotlar katta tahliliy qiymatga egadir. Pul mablag’lari holati to’g’risidagi hisobotlarni tahlil qilish korxona moliyaviy operatsiyalari mazmunini tushunish uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi,chunki bunda o’tib ketgan davr natijalarini baholash mumkin bo’ladi.Tahlil natijasida pul mablag’larining maqsadga muvofiq bo’lmagan holda foydalanig holatlarini aniqlash va kelgusidagi faoliyat uchun tegishli xulosalar qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |