Korxona pul mablag’larining harakati haqida bevosita yoki bilvosita metodlar yordamida hisoblarini yuritishi mumkin. Hisoblarni bevosita metod yo’li bilan amalga oshirish berilgan davar mobaynida hisob raqamlar bo’yicha pul mablag’lari harakatining natijalarini aks ettirish yo’li bilan amalga oshiriladi. Bunda operatsiyalar faoliyat turi bo’yicha uch guruhga ajratiladi. Hisobotni to’ldirish uchun kerakli ma’lumotlarni bevosita buxgalteriya hisobi hujjatlaridan olish mumkin.
Pul oqimini bevosita yo’l bilan hisoblanishi korxona to’lovga qobiliyatini baholash va pul mablag’lari kelib tushishi va sarflanishi ustidan nazorat o’rnatish imkoniyatini ta’minlaydi.
Bizning mamlakatimizda barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlari ushbu usuldan foydalanadi.
Pul okimi tugrisidagi xisobotni tuldirishda asosiy manbalar bulib kuyidagilar xisoblanadi:
Xujalik yurituvchi sub’ektning pul mablaglari xarakatini xisobga oluvchi 5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700, 5800, 5900- xisobvaraklarni xisobot davr ma’lumotlari.
Pul mablaglari xisobi buyicha depozit xisobvaraklaridan kuchirma, dastlabki xisob, xujalikni boshka tashkilotlar bilan pul tushumi va tulovlari buyicha uzaro tekshiruv aktlari va boshkalar.
Xukumatning sxema asosida pul mablaglaridan foydalanish buyicha karori.
Pul mablaglari xisobini tashkil etish buyicha amaldagi koidalar, me’yoriy xujjatlar va boshka ayrim manbalar axboroti.
Ushbu manbalar va Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 40-son buyrugi bilan tasdiklangan «Moliyaviy xisobot shakllarini tuldirish buyicha koidalar»ga asosan pul okimi tugrisidagi xisobot tuldiriladi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek pul oqimlari to’g’risidagi hisobot uch faoliyatdan tashkil topgan. Quyida biz ushbu faoliyatlar bo’yicha sof pul kirimi va chiqimini naiqlash tartibini bayon qilamiz.
Operatsion faoliyat bo’yicha sof pul kirimi va chiqimini aniqlashimiz uchun «Maxsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablaglari» satrida sotilgan maxsulot, bajarilgan ishlar va kursatilgan xizmatlar uchun korxonaning bankdagi xisobvaraklari va kassasiga xisobot davrida kelib tushgan pul mablaglari summasidan «Material, tovar, ish va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga tulangan pul mablaglari» satrida mol etkazib beruvchilarga tulangan pul mablaglari summasi, «Xodimlarga va ular nomidan tulangan pul mablaglari» satrida xodimlarga mexnat xaki shaklidagi tulangan pul mablaglari, shuningdek davlat maksadli jamgarmalariga tulangan mablaglar summasi, jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga tulangan daromad soligi, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun tulov, korxonaning xodimlarga kursatiladigan xizmatlarga xak tulashi va kassadan
xamda xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga tugri keladigan bank xisobvaraklaridan boshka sarflar va pul mablaglari xamda ularning ekvivalentlarini sarflash bilan boglik kolgan sarflar summasi ayriladi hamda
«Operatsion faoliyatning boshka pul tushumlari va tulovlari» satrining chikim ustunida royalti, turli xil takdirlashlar, komission yigimlar va boshka operatsion faoliyatdan tulangan pul mablaglari summasi bo’lsa ayriladi, olingan pul mablaglar summasi esa qo’shiladi.
bu erda:
OFsof k/ch=MSk – ME – XT ± OFbosh. k/ch 4
Do'stlaringiz bilan baham: |