To’rtinchi omil – bu talabning qanday vaqt oralig’ida o’zgarishi.Agar qisqa vaqtni olsak bunda talabning narxga bog’liq elastikligi sezilmaydi.Uzoq davrda o’ yaqqol bilinadi. Masalan kvartira va kommunal xizmatlar haqi oshsa, dastlab ularga talab o’zgarmay turadi,so’ngra u elastik bo’ladi. CHunki ko’p xonali kvartirani narxi pasayib, ikki yoki bir xonali kvartirani narxi oshadi.
Talabning elastiklik darajasini uning koeffitsenti ifoda etadi. Talabning narxga bog’liq elastiklik koeffitsenti – bu talab hajmi o’zgarishining narxning o’zgarishiga bo’lgan nisbatidir.
Bu o’zgarishlar avval foizlarda ifodalanib, so’ngra nisbatlanadi.Buni quydagicha ifodalash mumkin:
Ek=Tb% / R%
Bunda ek- elastiklik koeffitsenti, Tb- talabning foiz hisobida o’zgarishi, R%- narxning foiz hisobida o’zgarishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |