Simmetrik tashkil etuvchilar usuli
Nosimmetrik uch fazali zanjirlarda tok yoki kuchlanishlarni simmetrik tashkil
etuvchilar yig'indisi ko'rinishida ifodalash asosida hisoblash usuli simmetrik
tashkil etuvchilar usuli deb ataladi. Ushbu usulning mohiyati quyidagicha:
1. Istalgan uch fazali nosimmetrik kuchlanishlar sistemasi nol, to'g'ri va
teskari deb ataluvchi ketma-ketlikli tashkil etuvchilar ko'rinishida ifodalanadi.
2. Kuchlanishning har bir tashkil etuvchisidan zanjirda hosil bo'lgan toklar
aniqlanadi.
3. Ustma-ustlash prinsipi asosida zanjirdagi toklar topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |