O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


  Jamg„armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

 


237 
Jamg„armalarning investitsiyalarga aylanishi muammosi va 
investitsiyalarga ta‟sir etuvchi boshqa omillar 
J.M. Keyns nazariyasida yuqori ish bilan bandlikni ta‘minlashda, 
milliy daromadni ko‗paytirishda investitsiyalarning roliga katta e‘tibor 
beriladi. Investitsiyalar muammosi asosiy muammo hisoblanadi. 
Investitsiyalar muammosi bu jamg‗armalarning investitsiyalarga ayla-
nishi muammosidir. 
Agar investitsiyalar hajmi jamg‗armalar hajmidan ortiq bo‗lsa, u 
holda yalpi talab taklifdan ortiqdir va milliy daromad o‗sish 
tamoyiliga ega bo‗ladi. Agar investitsiyalar jamg‗armalardan kam 
bo‗lsa, u holda yalpi talab taklifdan kamdir va daromad kamaya 
boradi. Va nihoyat, agar investitsiyalar jamg‗armalarga teng bo‗lsa, 
yalpi talab taklifga teng va milliy daromad darajasi o‗zgarmay qoladi 
(Pezenti A. Ocherki politicheskoy ekonomii kapitalizma. V 2-x t.: Per. 
s italyanskogo. M.: «Progress», 1976, 628-629 s.). 
Jamg‗armalar jiddiy to‗siqlarsiz investitsiyalarga aylanishi uchun 
nima qilish kerak? 
J.M. Keyns klassiklarning tejamkorlik, joriy iste‘moldan o‗zini 
tiyish iqtisodiy o‗sishning asosi, degan tushunchasini inkor etadi va 
asosiy e‘tiborni «tejamkorlik uddaburonliksiz bo‗lishi mumkin emas», 
«tejamkorlik uddaburonlikdan oshib ketishi bilanoq, u oxirgisining 
jonlanishiga xalaqit beradi» degan qoidaga qaratdi. haqiqatan ham 
jamg‗armalarning ko‗payishi investitsiyalarning ko‗payishidan ustun 
bo‗lishi bilan bog‗liq bo‗lgan iqtisodiy rivojlanish ertami-kechmi 
to‗xtaydi: samarali talab yalpi taklifdan orqada qoladi va ortiqcha ishlab 
chiqarish vujudga keladi. 
J.M. Keyns bo‗yicha, jamg‗arma va investitsiyalar yangi klassiklar 
hisoblaganlaridek, moliya bozorida avtomatik tarzda tenglashmaydi. 
jamg‗armalar va investitsiyalar dinamikasi har xil omillarga bog‗liq 
bo‗ladi. Jamg‗armalar daromad o‗sishiga qarab ko‗payib boradi. 
investitsiyalar kapital qo‗yilmalaridan keladigan foydaga va foiz 
stavkasiga bog‗liq. Bu bilan J.M. Keyns bozor tizimining eng zaif 
bo‗g‗inini ko‗rsatib beradi: investor iqtisodiyotda kelajakda bo‗ladigan 
vaziyatni mo‗ljallab qaror qabul qiladi, jamg‗aruvchi qo‗lga kiritilgan 
daromad darajasidan kelib chiqqan holda, ya‘ni iqtisodiyotning avvalgi 
holatiga qarab ish yuritadi. 


238 
Jamg‗arma miqdori foiz stavkasiga qarab emas, balki yalpi 
daromadning o‗sishiga qarab o‗zgarib turadi. 
Investitsiyalar hajmi J.M. Keyns bo‗yicha, kapital qo‗yilmalaridan 
keladigan daromad miqdoriga yoki ularning me‘yorli unumdorligiga va 
foiz me‘yoriga bog‗liq bo‗ladi (kutiladigan daromad qancha yuqori va 
foiz stavkasi qancha past bo‗lsa, kredit olish va investitsiyalar hajmini 
ko‗paytirish shuncha foydali). Tadbirkorlar kapital qo‗yilmasining 
me‘yorli foydaliligi foiz me‘yoridan pasayib ketmaguncha investit-
siyalar jarayonini davom ettiradilar. Agar foiz me‘yori yuqori bo‗lsa, 
jamg‗arma egalari o‗z mablag‗larini investitsiyalarga, kapital qo‗yil-
masiga sarflamaydilar. Chunki pulni qarzga berish, obligatsiyalarni sotib 
olish yo‗li bilan ancha oson daromad topishi mumkin. 
Investitsiyadan keladigan foyda darajasining pasayishi va foiz 
me‘yoriga yaqinlashib borishi kuzatilayotgan vaziyatda investitsion 
faoliyat to‗xtatiladi, turg‗unlik kelib chiqadi. Foiz me‘yori bo‗lajak 
investitsiyalar foydasining quyi chegarasini aniqlab beradi. Foiz me‘yori 
qancha past bo‗lsa, investitsiya jarayoni shuncha jonli bo‗ladi va 
aksincha.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish