O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 Samarali talab va insonning psixologik moyilligi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

10.5. Samarali talab va insonning psixologik moyilligi 
J.M.Keyns «Ish bilan bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» 
asarida o‗z tadqiqotlarini klassiklar nazariyasini, jumladan, Sey qonunini 
tanqid qilishdan va samarali talab nazariyasini isbotlab berishdan 
boshladi. Sey qonuni klassiklar o‗rtasida to‗g‗ri, deb E‘tirof etilgan va 
unga amal qilib kelingan. Bu qonunga ko‗ra taklif avtomatik tarzda o‗z 
talabini yuzaga keltiradi. J.M.Keyns esa unga qarshi yalpi talab o‗z 
taklifini yuzaga keltirish g‗oyasini ilgari suradi va o‗zining samarali 
talab nazariyasini ishlab chiqadi.
Nega samarali talab hal qiluvchi omil ekanligini tushuntirib berish 
uchun J.M.Keyns 
yalpi taklif 
va 
yalpi talab 
tushunchalarini kiritdi. Yalpi 
taklif yalpi xarajatlar va yalpi mahsulot (yoki bandlik) hajmi o‗rtasidagi 
nisbat bilan aniqlanadi. Qisqa vaqt ichida bu nisbat o‗zgarmaydi. 
Ma‘lumki, tadbirkor muayyan mahsulotni sotgandan keyin daromad 
olishi mumkin. Yalpi talab kutilayotgan daromadlar (jamiyat miqyosida) 
va yalpi mahsulot (bandlik) o‗rtasidagi nisbatni aks ettiradi. Bu nisbat 
48
Arjo Klamer, 
Conversations with Economists 
(Totowa, N.J.: Rowman and Allanheld, 1984), pp. 137-
138. 
49
Frank Hahn, ―The Neo-Ricardians,‖ 
Cambridge journal of Economics
, 6 (1982), 363.


234 
o‗zgaruvchan bo‗ladi. Shuning uchun yalpi mahsulot, bandlik 
dinamikasi yalpi talab omillariga bog‗liq bo‗ladi. 
Yalpi talab bu iste‘mol talabi va investitsiya talabini (ishlab 
chiqarish vositalariga bo‗lgan talab) o‗z ichiga oladigan talab 
hisoblanadi. J.M.Keyns bo‗yicha ish bilan bandlik va milliy daromad 
ishlab chiqarish, uning dinamikasi taklif omillari (ishlatilayotgan 
mehnat, kapital miqdori, ularning unumdorligi) bilan emas, balki talab 
omillari bilan aniqlanadi. U o‗z tadqiqoti markaziga talab muammosini 
qo‗yadi. Uning bu nazariyasi samarali talab nazariyasi, deyiladi. 
Yalpi talab iste‘molchilar, korxonalar, hukumat sotib olishga rozi 
bo‗lgan milliy ishlab chiqarishning real hajmi bilan narxlar darajasi 
o‗rtasidagi bog‗liqlikni ifodalaydi. Bu to‗lovga qobil talab bilan 
ta‘minlangan tovar va xizmatlar summasi. Narxlar bilan milliy mahsulot 
ishlab chiqarish o‗rtasida teskari bog‗liqlik mavjud. 
Yalpi taklif va yalpi talab kesishgan nuqta narx darajasining 
muvozanatlashganligini, milliy ishlab chiqarish real hajmining 
muvozanatlashganini bildiradi, shuningdek, bandlik darajasini tavsiflab 
beradi. J.M.Keyns uni samarali talab nuqtasi, deb atadi. Samarali talab 
bu – bandlik darajasini ifodalovchi yalpi to‗lovga qodir talab. 
Bu yerda yalpi talabni qanday rag‗batlantirish asosiy muammo 
hisoblanadi. J.M.Keyns XX asrning 30-yillari ko‗pchilik mamlakatlarda 
yalpi talabning (iste‘mol talabi ham, investitsiya talabi ham) samarali 
bo‗lmaganligini asoslab berdi: 
a) iste‘molga bo‗lgan talabning yetarli darajada samarali 
bo‗lmasligiga asosiy sabab ish haqi oshganda kishilar iste‘molining 
oshib borishi pul daromadining o‗sish sur‘atidan doimo orqada qoladi, 
bu holat ―asosiy psixologik qonun‖ning amal qilishi bilan bog‗lab 
tushuntiriladi, 
bu qonunga ko„ra inson daromadlari oshib borganda 
oldingiga qaraganda daromadlarning ko„proq qismi jamg„arib boriladi

b) investitsiyaga bo‗lgan talab ikkita sababga ko‗ra samarali 
bo‗lmagan: 
– o‗sha ―asosiy psixologik qonunning‖ amal qilishi tufayli 
iste‘molchining sarflagan investitsiyasiga foyda ololmay qolishdan 
qo‗rqishi; 
– kredit uchun yuqori ssuda foizining amal qilishi. 
J.Keyns yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish uchun davlat va 
hukumatning quyidagi faoliyat yo‗nalishlarini taklif qiladi: 
– davlat uncha yuqori bo‗lmagan iste‘mol talabini davlat 
hujjatlarini va iste‘molini ko‗paytirish orqali konpensatsiyalashi kerak; 


235 
– hukumat ssuda foizini ilmiy asosda tartibga solish yo‗li bilan 
xususiy investitsiyani rag‗batlantirish siyosatini yuritishi kerak; 
– bozordagi vaziyatga qarab ayrim hollarda, aholi jamg‗armasining 
haddan tashqari ko‗payib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik maqsadida aholidan 
olinadigan soliqlarni ko‗paytirish zarur, shu maqsadda vaqti-vaqti bilan 
ish haqi darajasini muzlatib qo‗yish o‗rinli hisoblanadi; 
– 
makroiqtisodiy 
darajada 
qaror 
qabul 
qilishda

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish