O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


Keynsning multiplikator modelining shakllanishi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

10.2.Keynsning multiplikator modelining shakllanishi:
1940-1960-y. 
1940-1950-yillarga 
kelib 
iqtisodchilar 
yuqori 
darajada 
takomillashgan multiplikatorlik modelini ishlab chiqdilar. Bu model o‗z 
ichiga xalqaro ta‘sir doiralarini, davlat hamda individual xarajatlarninng 
turli xil ko‗rinishlarini olgan holda kengaytirib borildi. Balanslashgan 
byudjet multiplikatorligi atamasi iqtisodiy atamalarning asosiy 
qismlaridan biriga aylandi va har bir iqtisodchi talaba Keynsning bu 
modelini o‗rganib chiqishiga to‗g‗ri keldi. Lekin shu narsa qiziqarliki, 
keynschilik iqtisodiyotida keltirib o‗tilgan ushbu model hamda monetar 
va fiskal siyosat ko‗rinishlari Keynsning biror-bir kitobida uchramaydi. 
Umumiylik nazariyasida
monetar va fiskal siyosatni qo‗llash jarayonlari 
keltirib o‗tilmagan. Unday bo‗lsa, nega multiplikatsion model (algebraik 
va geometrik) 1950-yillardagi makroiqtisodiy bahs-munozaralarga sabab 


221 
bo‗lgan markaziy model sanaladi? Buning asosiy sababi u muqobillikka 
qaraganda zamonaviy reallik tushunchasini aniq aks ettira oldi. Ammo 
bu yerda boshqa omillar ta‘siri ham mavjud edi. Keynschilik 
iqtisodiyotining samaradorligi to‗g‗risidagi dastlabki siyosiy muzokara-
lar fiskal siyosatga qaratilgan edi (urush davridagi hukumat byudjeti 
defitsiti G‗arb dunyosi mamlakatlarini kutilmaganda Depressiyadan 
chiqarib yubordi). Multiplikatsion model fiskal siyosat oqibatlarini 
o‗zida aks ettirib, keynschilik modeli sifatida nom qozondi. Bu modelni 
birinchi marta ishlab chiqishda va uzoq muddat davomida qo‗llashda 
sotsiologik sabablar ham muhim o‗rin egallaganligini taxmin qilishimiz 
mumkin. Haqiqat uchun zaruriylik soha ehtiyojlaridan, asosan talablarga 
rioya etish va jurnal maqolalarini chop ettirish zaruriyatidan kelib 
chiqadi. Multiplikatsion model bu kabi ehtiyojlarga to‗g‗ridan tog‗ri 
mos tushadi. AQSh da mutiplikatsion tahlilning ko‗rinishlari vujudga 
keldi. Pol Samuyelson va Alvin Hansen (1887-1975) modelni asosiy 
keynschilik modeli mazmuni sifatida ifoda etdi. Samuyelsonning 
qo‗llanmasida keltirib o‗tilgan model pedagogikaga ham mos tushdi va 
boshqa kitoblar Samuyelson kitoblaridan nusxa ola boshlashdi hamda 
tez orada multiplikatsion model keynschilik iqtisodiyotida qo‗llanildi. 
Multiplikatsion tahlil o‗rganish va o‗rgatish ancha oson bo‗lgan tahlil 
usullaridan biri bo‗lganligi bois bir qancha pedagogik ustunlik 
tomonlariga ega. Bu model xuddi mikroiqtisodiyot uchun taklif va talab 
tahlili zarur bo‗lganligi kabi makroiqtisodiyot uchun ham kerakli 
bo‗lgan asosiy analitik tuzilmalar bilan ta‘minlangan ayrim sohalarni 
takomilashtirish imkonini yaratadi. 1930-yildagi depressiya holati qaysi 
jamiyat va iqtisodchilar guruhi bozorni kuzatib borishi kerakligi 
ifodalangan kontekstga o‗zgartirish kiritdi. Shu davrlargacha bo‗lgan 
oraliqda davlatning aralashmaslik siyosatiga oid yangi klassik 
muzokaralar nafaqat iqtisodiy narariyaga asoslanib qolmasdan, balki 
davlat to‗g‗risidagi falsafiy va siyosiy qarorlarga ham asoslangan edi. 
1990-yillarda radikallardan tashqari deyarli barcha shaxslarning 
umumsiyosiy yo‗nalishlari iqtisodiyotda davlatning aralashuvini 
cheklashga qaratilgan edi. Ijtimoiy xavfsizlik va ishsizlik sug‗urtasi 
singari bugungi kunda biz ishona oladigan ko‗plab davlat dasturlari 
tamoyillari dolzarb tusga kirdi. Depressiya jarayonining boshlanishi 
bilanoq unga bo‗lgan munosabatlar o‗zgara boshladi. Ko‗plab shaxslar 
erkin bozor tizimi depressiya jarayoni mobaynida sodir bo‗lgan iqtisodiy 
beqarorlik tomon yetaklasa, muqobil tanlovlar qilish kerakligini his 
etishgan. Iqtisodchilar muqobil iqtisodiyot elementlarini samaraliroq 


222 
tahlil etishi natijasida ko‗pchilikning siyosiy tavsiyalarga bo‗lgan 
ishonchi so‗nib bordi va yangi klassik nazariyaning kamchilik tomonlari 
haqida fikr yurita bordilar. Buning natijasida iqtisodchi olimlar bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan yangi klassik qarashlarga zid bo‗lgan ishsizlik 
masalasini hal etishda bir qancha siyosiy rejalar ishlab chiqa boshlashdi. 
1930-yil boshlariga kelib Angliyada Pigu va AQShda ko‗plab Chikago 
universiteti iqtisodchilari ishsizlikka qarshi kurashish vositasi sifatida 
ommaviy ish bilan bandlik dasturlarini ishlab chiqdilar.

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish