O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

Abu Rayhon Muhammad 
ibn Ahmad
al-Beruniy 
(973-1048).
 


48 
belgilash―ga doir bo‗lib, kitobning 4-bobi oxirida Beruniy yer 
aylanasining kattaligini oʻlchash haqida fikr yuritgan. 
Qadimdan insonlar Yerning shakli va kattaligini bilishga 
qiziqqanlar va turli xalqlar yer shaklini turlicha tasavvur qilishgan. 
Miloddan avval
oʻtgan Pifagor, Arastu, Arximed, Eratosfen kabi buyuk 
olimlar Yer dumaloq va shar
shaklida, degan fikrni aytganlar. 
Bagʻdodda tashkil topgan ―Donishmandlik uyi‖ nomli oʻsha davrning 
fanlar akademiyasida O‗rta Osiyolik olimlardan Xorazmiy, Fargʻoniy, 
Habash Xasib, Marvaridiy kabi olimlar turli sohalarda ish olib 
borganlar. Beruniy ham shu ―Donishmandlik uyi‖ning aʼzosi boʻlib, u 
yerda 7 yil ishlagan. Olimning muhim asarlaridan biri „Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar― uning Joʻrjon saroyida xizmat qilgan 
davrida yaratiladi. 1000-yili tugallangan bu asar muallifning koʻp qirrali 
olim ekanini namoyish etdi va unga katta shuhrat keltirdi. 
Muallifning ilmiy adabiyotlarda 
qisqacha 
―Geodeziya‖deb 
yuritiladigan ―Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun 
joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash‖ nomli astronomiya va 
geografiyaga 
bagʻishlangan asari 1025-yilda yozib tugatildi. 
Beruniyning ―Munajjimlik sanʼatidan boshlangʻich tushunchalar‖ asari 
ham 1029-yilda Gʻaznada yoziladi. Oradan bir yil oʻtgandan soʻng u 
oʻzining ―Hindiston‖ nomi bilan tanilgan ―Hindlarning aqlga sigʻadigan 
va sigʻmaydigan taʼlimotlarini aniqlash‖ kitobini 
yakunlaydi. Bunda 
Beruniy hozirgi Amerika qitʼasining mavjudligini Kolumbdan bir necha
asr avval ilmiy asoslab bergan. 
Olim yashagan davrdagi munosabatlar, 
ishlab chiqarishning yuksalganligi, savdo-sotiqning rivojlanishi, 
sug‗orish inshootlarining ishga tushirilishi ana shu davr uchun xos edi. 
Shu asosda Beruniyda kishilik ehtiyojlarining paydo bo‗lishi va uni 
qondirish asoslari, mehnat va hunarga munosabatlari uyg‗unlashib 
ketadi. Uning fikriga ko‗ra kishilar o‗z zaruriy ehtiyojlarini qondirish 
uchun uyushgan holda yashash va ishlashga majburdirlar. Ehtiyojlar 
turli-tuman va ko‗p bo‗lganligi uchun insonlar birlashgan holda turarjoy 
va shaharlar yaratishga intiladilar, deb hisoblaydi. Shuningdek, u 
davlatning paydo bo‗lishini ham ehtiyoj tufayli, deb o‗ylagan. Eng 
muhim g‗oya shuki, barcha qimmatli narsalar inson mehnati bilan 
yaratiladi va insonning qadr-qimmati uning avlod-ajdodlarining kim 
bo‗lganligi emas, balki uning mehnati, aqliy va jismoniy mahorati bilan 
belgilanadi. Har bir davrning urf-odatlari o‗ziga xos bo‗ladi va inson 
ahli ularga rioya qilmog‗i darkor, aks holda nizom va bir xillik yo‗qolsa, 


49 
tartib ham yo‗q bo‗ladi, deb uqtiradi buyuk donishmand. Olimning 
fikrlariga tayanib shunday muhim qisqacha xulosalar chiqarish 
mumkinki, inson yerdagi bunyodkor va yaratuvchi kuchdir. Inson 
avvalo, halol mehnati bilan ulug‗lanadi, kishilik jamiyatining asl ibtidosi 
ham mehnatdandir.
Beruniy qayd etishicha, bilimlarni egallamoq va hunar o‗rganmoq 
uchun mehnat qilish zarur, bu esa doim davom etadigan va 
takomillashib boradigan jarayondir. U mehnatni turlarga ajratib
ularning har qaysisi alohida talab va ehtiyojlar asosida vujudga kelishini 
ko‗rsatib berdi. Binokor, ko‗mir qazuvchi, hunarmand, fan sohiblari 
mehnatini og‗ir mehnat deb biladi. Ilm, ma'rifat zahmatkashlari 
mehnatiga ta'rif berish, ilm olish, o‗qish eng kerakli mehnat ekanligini 
isbotlaydi. Shunga ko‗ra olimlarning mehnatini qadrlash turli ilmlar 
ko‗payishiga olib keladi. Olim jamiyatning asosini moddiy ne'matlar 
uchun bo‗lgan harakatlarda, mehnatda deb biladi.
Qul mehnati, majburiy mehnatdan erkin kishilarning faoliyati 
usutunligi isbotlab beriladi (erkin bozor munosabatlarining asosi). 
Mehnatkashlarning xohish-irodasiga qarshi, ularni majburlab ishlatishga 
qarshi bo‗lgan, chunki bunday mehnatning samarasi pastdir. Meros 
bo‗lib avloddan avlodga o‗tib keladigan hunarlar yuqori baholangan.
Beruniy og‗ir jismoniy mehnat qiluvchilar, ya‘ni konda ishlovchilar, yer 
ostida gavhar qidiruvchilar, dehqonlar ularga berilishi kerak bo‗lgan 
imtiyozlar va ish haqi to‗g‗risida «Minerologiya» asarida keng mulohaza 
yuritadi. Ayniqsa, ochiq va yerostidagi kon ishlariga alohida e‘tibor 
beriladi, yerosti konlarini mustahkamlash (falokatning oldini olish 
uchun), yerosti suvlarini chiqarib tashlash, olingan rudani yuqoriga olib 
chiqish uchun maxsus moslamalardan foydalanish tavsiya etiladi. Kon 
atrofida konchilar qishlog‗ini barpo etish zarurligi ko‗rsatiladi.
Yerosti boyliklarini qazib olish ishlari katta jismoniy mehnat, 
ixtirochilik, aqliy mehnat va bilim sarflashni talab etadi. Bu murakkab 
va og‗ir ishlarni bajarish maxsus maktab, ularda ta'lim-tarbiya berish 
asosida yo‗lga qo‗yilmog‗i kerak,deydi olim. Xuddi shu o‗rinda Beruniy 
ilm ahllari, olimlar, tarbiyachilarning mehnati jamiyat uchun naqadar 
kerakli va zarurligini alohida uqtiradi. Beruniy ustalarning ahvoli, 
shogirdlarning faoliyati, ish haqlari borasida ham qimmatli g‗oyalarni 
ilgari suradi, ish haqi miqdori samaradorlik bilan bevosita bog‗lanadi. 
Olimning yozishicha: «Basrada billurdan idish-tovoq va boshqa 
narsalar yasaydilar. Ish joyida belgilab-o‗lchab beruvchi usta bo‗lib, 
uning oldida billurning mayda va katta bo‗lakchalari to‗plangan. U ana 


50 
shulardan chiroyli va keraklisini olib, undan eng chiroyli va yaxshi 
buyum yasashni o‗ylab o‗lchab, belgilab chiqadi. Shundan keyin uni 
yasovchi hunarmandga beradi, bu usta birinchi usta aytganidek qilib 
buyumlarni yasay boshlaydi.
Olim shu yerda mehnat taqsimoti va uning ahamiyatini ko‗rsatadi. 
Olim va mutaxassislar mehnatini mamlakat boshqaruvchilari tomonidan 
rag‗banlantirib turish foydali ekanligi alohida ta‘kidlanadi. Bu aslini 
olganda manfaatdorlik tamoyilining xuddi o‗zidir. Uningcha, ayniqsa, 
yerga ishlov berib, rizq-ro‗z yaratuvchilarga mehribon bo‗lish kerakligi 
ko‗rsatiladi. Ana shu g‗amxo‗rlik oqibatida yerga yaxshi ishlov beriladi 
va yer hosildor bo‗ladi, moddiy ne'matlar yaratiladi, ishlovchi va jamiyat 
manfaatlari bab-baravar himoya qilinadi (bu fikr XVIII asrda Adam 
Smit tomonidan to‗laroq isbotlab berilgan). Moddiy ne'matlar esa tiriklik 
asosi. Ana shunday qilinganda hokimiyat ham mustahkam bo‗ladi, deydi 
olim (bu yerda davlatning iqtisodiyot bilan munosabati masalasi 
ko‗tariladi).
Agar kishilar to‗q bo‗lsa, davlat ham kuchlidir. Hukmdorlarning 
vazifasi yuqori tabaqalar bilan quyi tabaqalar o‗rtasida haqiqatni, kuchli 
bilan kuchsiz o‗rtasida tenglikni o‗rnatishdan iboratdir, deb uqtiradi 
olim. Mehnatning ixtiyoriyligi, ozodligi, erkinligi kishilar o‗rtasida xulq-
atvor, hurmat-e‘tibor uchun muhim va zarurdir. Shuningdek, uning 
asarlarida bozor iqtisodiyotining eng zarur tamoyillaridan biri – tanlash 
va tadbirkorlik erkinligi masalasi ilgari surilgan. 
Beruniy o‗gitlaridan: 
Har bir yangi narsada lazzat bor.
Ne‘matning qadri u yo‗qolgandagina bilinadi. 
Bugunning chorasini ko‗rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi 
aqllidir.
Asalarilar ham o‗z jinsidan bo‗laturib ishlamay, uyadagi asalni 
bekorga yeb yotadiganlarini o‗ldirib tashlaydilar.
Ikkala da‘vogar rozi bo‗lishibdi-yu, qozi rozi bo‗lmabdi.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‗am-g‗ussa 
bo‗lmaydi.
Haddan ortiq g‗azab vahshiylik keltiradi va bevaqt qilingan lutf 
obro‗ni ketkazadi.


51 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish