30
asarlari Shumpeterning tasvirlashiga mos keladi: ular qat‘iyan ―ilmiy‖
o‗rganishlardan ko‗ra etik asosga muvofiq davlat boshqaruvi
mulohazalari bilan cheklangan.
7
Konfutsiy ta‘limotiga ko‗ra, bilimdon hukmdor – u «xalqning
otasi», «to‗g‗ri amal qilishning» va boylikni ancha tekis taqsimlashning
kafolati.
Uning tasdiqlashicha, Alloh va tabiat tomonidan jamiyat
toifalarga ajratilgan, shu bilan birga u har bir odamni ma‘naviy
yuksalishga da‘vat etgan, kattalarga bo‗lgan hurmat qoidalari to‗g‗risida,
farzandlik burchi to‗g‗risida, aka-ukalar o‗rtasidagi do‗stlik to‗g‗risida
qimmatli fikrlarni ilgari surgan. Konfutsiy ta‘limotidan shu narsani
ko‗rish mumkinki, agar reglamentlashtirilgan patriarxal munosabatlarda
ustalik bilan xo‗jalik yuritilsa, «xalqda hamma narsa muhayyo bo‗ladi».
Lekin Guan Szining ―Guan-szi kitobi‖ ma‘muriy qolipdan uzoq asar
sifatida mashhur. U o‗z ichiga iqtisodiy tafakkurnig markaziga tegishli
bir qator g‗oyalarni oladi. Ehtimol, ularning eng muhimi talab/taklif
nazariyasining taxmini bo‗lgan uning ―yengil/og‗ir‖ nazariyasidir.
Guan Szi tovar agar u mo‗l bo‗lsa, uning vazni yengillashgan va
uning narxi pasayganligini ta‘kidlagan. U ―qulf ostiga berkitilsa‖, uning
vazni og‗irlashgan va narxi ko‗tarilgan bo‗ladi. Tovarning yengilligi va
og‗irligiga asoslangan holda narxlarning
muayyan darajasida tovarlar
bozor tomon yoki undan tashqari tomon harakat qila boshlaydi. Shu
tarzda yengil/og‗ir nazariyasi talab va taklif qonunining ta‘kidlanishi
bo‗lgan. Guan Szi yengil/og‗ir nazariyasidan pulning miqdor
nazariyasini rivojlantirish uchun foydalangan, pul og‗ir bo‗lganida uning
narxi ko‗tarilganligini ta‘kidlagan (tovarlar narxi pasayadi) va pul yengil
bo‗lganida, uning narxi pasayadi (tovarlar narxi ko‗tariladi). Bu
tebranishni to‗xtatish uchun u pul og‗ir bo‗lganida (buning yordamida
narx darajasi ko‗tarilib), hukumat tovarlarni xarid qilishi lozimligini va
pul yengil bo‗lganida (buning yordamida narx darajasi pasaytirilib)
tovarlarni sotishni tavsiya etgan. Bu nafaqat narx darajasini
barqarorlashtirishga,
balki
hukumat
uchun
pul
daromadlarini
ko‗paytirish imkonini bergan.
8
Xitoyda miloddan oldingi IV–III asrlarda xitoylik mualliflar
birgalikda yozgan asar «Guan-szi» g‗oyalari keng tarqalgan.
Bu asarda
ilgari surilgan ba‘zi masalalar, garchi ular ziddiyatli bo‗lsada, bugungi
7
History of economic thought. Harry Landreth, David C. Colander 45-b.
8
Bu muhokama Guan Szining W.Allyn Rickett tomonidan nashr qilingan asarlari (A Conside History of Chinese
Economic Thought, 1998).
31
kunda ham diqqatga sazovor. Masalan, asarda oltin, marvarid alohida
boylik sifatida ko‗rilmaydi; bunday boylik,
deb eng avvalo, moddiy
ne‘matlar (tovar) e‘tirof etiladi. Asarda ko‗rsatilishicha, bir tomondan,
«oltin davlat resurslarini hisoblash o‗lchovi hisoblanadi», ikkinchi
tomondan, u «xalq ommasi uchun muomala vositasi bo‗lib xizmat
qiladi». Asarda barqaror iqtisodiy rivojlanishning zarurligi to‗g‗risida
aniq fikr yuritiladi va qayerda nonning narxi tartiblanib turilsa, o‗sha
yerda
tinchlik, osoyishtalik bo‗ladi, deb qayd etiladi. Iqtisodiyotni
tartibga solib turish uchun asar mualliflari davlatning don zaxiralarini
tashkil etishni, yer egalariga imtiyozli kredit berishni, temir va tuzga
bo‗lgan to‗g‗ri soliqlarni egri soliqlar bilan almashtirish, ya‘ni
ulardan
foydalanib ishlab chiqariladigan tovarlarga bo‗lgan soliqni kengay-
tirishni tavsiya etadilar. «Guyan-szi» mualliflari «davlatni boy, xalqni
mamnun» holda ko‗rishni xohlaganlar. Asarda yer va suvlarni davlat
ixtiyoriga o‗tkazish, ulardan daromad olish yo‗lida foydalanish,
baholarni tartibga solish va boshqa hozirgi kunda ham e‘tiborga molik
iqtisodiy g‗oyalar ilgari surilgan.
Guan Szi faol tarzda siyosatni o‗z zamonining institutsional tizimiga
moslashtirish uchun bozor kuchlariga qarshi emas, balki bozor kuchlari
bilan muvofiqlikda tizimlashtirdi. Hozirda
Xitoy muhim iqtisodiy
islohotlar jarayonlarini boshidan kechirmoqda va G‗arb iqtisodchilari
uni qay tarzda tuzish va boshqarish bo‗yicha fikrlar olish uchun
murojaat qilmoqdalar. Xitoy an‘analariga ko‗ra Guan Szini o‗rganish
G‗arbiy hamkorlarning ortodoksal tahlilidan ko‗ra muhimroq.
9
Do'stlaringiz bilan baham: