O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

«Artxashastra» ta‟limoti 
Qadimgi Hindiston xo‗jaligi, ijtimoiy tuzumi va iqtisodiy fikrlarini 
o‗rganishning asosiy manbayi «Artxashastra» asari hisoblanadi (m.av. 
IV asr oxiri). Uni podsho Chandraguptianing maslahatchisi Kautilya 
yozgan, deb taxmin qilinadi. Bu mashhur asar 15 kitobdan iborat bo‗lib, 


28 
«artxa» so‗zi – foyda, moddiy manfaat, «shastra» – ilm, ilmiy asar 
ma‘nosini bildiradi.
Birinchi kitobda podshoning turmush tarzi to‗g‗risida ko‗rsatmalar 
berilgan, ikkinchisi turli davlat idoralarining rahbarlari faoliyatiga 
bag‗ishlangan, uchinchi va to‗rtinchisida sud va jinoyatchilarni jazolash 
masalalari ko‗rib chiqilgan, so‗ngra tashqi siyosat usullari to‗g‗risida, 
maxfiy xizmat, armiyani tashkil qilish va shu kabilar to‗g‗risida so‗z 
yuritiladi. 
«Artxashastra»ning eng boshidayoq podsho to‗rtta «ilmni» bilishi 
zarurligi to‗g‗risida fikr yuritiladi. Ulardan biri iqtisodiyot hisoblanadi. 
«Iqtisodiyot» (ekonomika) dehqonchilik, chorvachilik va savdo sifatida 
ko‗riladi. Mamlakatda qishloq xo‗jaligi, eng avvalo, dehqonchilik asosiy 
soha 
hisoblangan. 
«Artxashastra»da aytilishicha, davlat yangi 
mintaqalarni tashkil etish va odamlarni u yerlarga o‗rnashtirish ishlarini 
amalga oshirishi kerak. Yangi ko‗chib kelganlarga yer soliq to‗lash 
sharti bilan shaxsiy foydalanishga berilgan. Dehqon, hunarmand 
mehnati va savdo faoliyati davlat uchun boylik yaratadi. Shuning uchun 
davlatning siyosati yerni emas, balki odamlarni himoya qilishi kerak. 
«Davlatning kuchi, – deyiladi asarda – odamlardan tashkil to‗gan. Odam 
yashamaydigan yer esa, naslsiz sigirga o‗xshaydi – undan na sut sog‗ib 
olib bo‗ladi, na nasil». 
«Artxashastra»da davlatning manfaatini ko‗zlagan holda xo‗jalikni 
yaxshi tashkil qilishga alohida e‘tibor beriladi. Kim o‗z yerini ishlatmasa 
yoki yomon ishlasa, uning yerini tortib olish va yaxshi ishlaydigan 
xo‗jayinlarga berish tavsiya etiladi. 
Davlat bozor bahosini tartibga solib turishning chora-tadbirlarini 
ko‗rib chiqishi lozim. Bahoning mavsumga qarab tebranib turishini 
bartaraf etish uchun davlatning kerak paytda muomalaga chiqaradigan 
tovar zaxirasi bo‗lishi kerak. Bu bilan tovarlar bahosi barqarorligini 
ta‘minlashga erishiladi. 
«Artxashastra»da irrigatsiya ishlarini yaxshilash ham nazarda 
tutilgan. «Sug‗orish tizimlarini qurish, – deyiladi unda – hosilning 
manbayi hisoblanadi...» Sug‗orish tizimiga yetkazilgan har qanday zarar 
uchun og‗ir jazo, hatto o‗limga mahkum etish tavsiya etiladi. 
«Artxashastra»da davlatning moliya muammolarini yechishga katta 
ahamiyat 
beriladi. 
Davlatning 
daromadlari 
davlat 
xo‗jaliklari 
foydasidan, har turli soliq va boj to‗lovlaridan tashkil topgan. Xarajatlar 
qismiga kelsak, davlat sanoatni, savdoni rivojlantirishga, jamoa ishlariga 
mablag‗ ajratib kelgan. Davlat xo‗jaligi va soliq tizimi bilan bog‗liq 


29 
bo‗lgan moliya idoralarining to‗g‗ri ishlashi uchun «Artxashastra»da 
aytilishicha, daromad va xarajatlarning qat‘iy hisob-kitob hujjatlari olib 
borilishi zarur. Podsho xazinani o‗g‗irlovchi amaldorlarni bartaraf etishi 
kerak. Ammo bu yerdagi o‗g‗irlikni aniqlash juda qiyin bo‗lgan. 
«Artxashastra» xazina mulkini o‗g‗irlashning 40 xil usulini ko‗rsatib 
beradi va ayyor amaldorning hiylasini bilishdan ko‗ra, osmondagi 
qushning yo‗lini aniqlash osonligini qayd qilib o‗tadi. «Suvda suzib 
yurgan baliq o‗sha suvdan ichayaptimi, yo‗qmi bilib bo‗lmaganidek, 
ishga biriktirilgan amaldor mulkni o‗zlashtirayaptimi, yo‗qmi aniqlab 
bo‗lmaydi», – deyiladi asarda. Shu bois suiiste‘mol qilishning har xil 
usullarini o‗rganib olmasdan avval, amaldorlarni tez-tez o‗zgartirib 
turish tavsiya etiladi. 
Iqtisodiy siyosat sohasida «Artxashastra» podshoni ishlab chiqarish 
kuchlarini rivojlantirishga, narx-navoni tartiblashga, davlat byudjeti 
aktiv balansini saqlashga – «daromadlarni ko‗paytirish va xarajatlarni 
kamaytirishga» da‘vat etadi. Qadimgi Hindistonning bu atoqli asari 
nafaqat ijtimoiy rivojlanishning ancha yuqori darajasini, balki Qadimgi 
Hindiston iqtisodiy fikrlarining xarakterli belgilarini ham ko‗rsatib 
berdi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish