O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet215/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

 
 
XIV BOB. XALQARO SAVDO NAZARIYALARI 
14.1. Mutlaq ustunlik nazariyasi 
 
Adam Smit
turli mamlakatlarda tovarlarni ishlab chiqarishda 
mutlaq xarajatlardagi farq xalqaro savdo rivojlanishining asosini tashkil 
etadi, degan tezisni asoslab berdi. Unga ko‗ra ba‘zi mamlakatlar boshqa 
mamlakatlarga nisbatan tovarlarni kam xarajat sarflab, samarali ishlab 
chiqaradi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu mamlakatlar mazkur 
tovarlarni ishlab chiqarishda mutlaq ustunlikka ega. Mutlaq ustunlik 
yuqori mehnat unumdorligida va tovarlarni ishlab chiqarishga ketadigan 
kam xarajatlarda namoyon bo‗ladi. 
A. Smit savdoni sun‘iy ravishda cheklab qo‗yishga qarshi chiqdi 
va qaysi mamlakatning mahsuloti arzon bo‗lsa, o‗sha mamlakat bilan 
savdo qilishning afzalligi to‗g‗risida aytib o‗tadi.
 
Masalan, A.Smit qayd 
qilib o‗tganidek: ―Agar Fransiyaning vinosi Portugaliya vinosidan 
yaxshi va arzon bo‗lsa yoki uning gazlamasi Germaniya gazlamasidan 
yaxshi bo‗lsa, unda Buyuk Britaniya uchun o‗ziga kerakli chet el vinosi 
va gazlamasini Portugaliya yoki Germaniyadan emas, balki Fransiyadan 
sotib olish foydali‖. Shuningdek, Shotlandiyada uzum yetishtirish shart 
emas, chunki u yerda vino Portugaliyaga nisbatan 30 barobar qimmat. 
Vino qayerda arzon bo‗lsa uni o‗sha yerdan sotib olish maqsadga 
muvofiq. 
A.Smitning asosiy g‗oyasi – mutlaq xarajatlar g‗oyasidir. Unga 
ko‗ra mutlaq xarajatlari kam bo‗lgan mamlakatlardan tovarlarni import 
qilish, ishlab chiqarish xarajatlari past tovarlarni esa (ularni xarid 
qilayotganlarga nisbatan) eksport qilish kerak. 
A.Smitning tasdiqlashicha, har xil sun‘iy ta‘sir ko‗rsatish va 
qarshiliklarga qaramasdan ikki mamlakat o‗rtasida savdo aloqalarining 
olib borilishi tabiiy, normal hol hisoblanadi, u doimo foydali, garchi har 
ikkilasi uchun foyda hamisha bir xil bo‗lmasa ham. ―Har bir aqlli oila 
boshlig‗ining qoidasi shundan iboratki, chetdan sotib olishdan ko‗ra, 
uyda tayyorlash qimmatga tushadagan narsalarni uyda tayyorlamaslikka 
harakat qilish. Tikuvchi o‗ziga etik tikishga harakat qilmaydi, balki uni 
etikdo‗zdan sotib oladi. Etikdo‗z o‗ziga kiyim tikishga urinmaydi, balki 
tikuvchining xizmatiga murojaat qiladi‖. 


287 
A.Smit bo‗yicha bu qoida bir butun mamlakat uchun qo‗llanilishi 
kerak. Agar qandaydir bir xorijiy mamlakat bizni muayyan tovar bilan, 
uni o‗zimizda ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon narxda 
ta‘minlashi mumkin bo‗lsa, biz birmuncha ustunlikka ega bo‗lgan 
sohalarda ishlatilayotgan sanoat mehnati mahsulotining ma‘lum qismi 
uchun ushbu tovarni undan sotib olish ancha foydali. Aynan shuning 
uchun mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashuvini tanlashda, 
A.Smit bozorning roliga katta e‘tibor bergan bo‗lishiga qaramay, u 
ushbu masalani ko‗rib chiqishda mamlakatning tabiiy (ob-havo sharoiti, 
ba‘zi bir tabiiy resurslarga ega bo‗lish va b.) va qo‗lga kiritilgan (odatda, 
texnologik ishlab chiqarish bilan bog‗liq bo‗lgan) ustunliklarini hisobga 
olishni zarur, deb hisoblaydi. Eksport qiluvchi mamlakat qachonki, 
mutlaq 
ustunlikka 
ega 
bo‗lgan 
tovarlarni ishlab 
chiqarishga 
ixtisoslashgan bo‗lgandagina tashqi savdodan yuqori foyda ko‗rishi 
mumkin. 
Lekin A.Smitning bu nazariyasida barcha tovarlarni ishlab 
chiqarishda bir yoki bir necha mamlakatlar mutlaq ustunlikka ega bo‗lsa, 
bunday vaziyatda qanday bo‗ladi, degan savol ko‗rib chiqilmagan. 
Mazkur nazariya, agar mamlakatlar tovarlarni ishlab chiqarishda hech 
qanday mutlaq ustunlikka ega bo‗lmasa, ular xalqaro savdoda 
qatnashishi mumkinmi, degan savolga ham javob bermaydi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish