O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

Karl Iogann Rodbertus-
Yagesov (1805-1875) 


155 
Prudon falsafada Gegeldan, siyosiy iqtisodda esa A.Smit bilan 
D.Rikardodan yuqori ko‗tarila olmadi. Uning ijtimoiy dasturlarida 
mafkuraviy yo‗nalishni fosh qilishda alohida muammolar kelib chiqdi. 
Prudonizm mayda ishlab chiqarish muhitiga va uning puch xayollariga 
tayanib, uzluksiz ravishda o‗zgarib boruvchi sharoitlarga moslashaverdi. 
K.Rodbertusning iqtisodiy g„oyalari 
Karl Iogann Rodbertus-Yagesov (1805-1875) Germaniyada, 
Shimoliy Greyfsvoldda tug‗ildi. Gettingem va Berlin universitetlarida 
huquqdan tahsil olib, shu mutaxassislik bo‗yicha ma‘lum vaqt ishladi. 
Burjua demokratik revolyutsiyasi yillarida parlament a‘zosi, keyinchalik 
vazir (ministr) lavozimlarida faoliyat ko‗rsatdi. K.Rodbertus Germaniya 
mayda burjua iqtisodiy ta‘limoti vakili bo‗lib, Sen-Simon va sotsialist-
rikardochilar g‗oyalari ta‘sirida edi. U utopik sotsializm va konservativ 
reformizm g‗oyalari asosida o‗zining eklektik konsepsiyasini yaratdi. 
1842-yilda K.Rodbertus «Davlat-xo‗jalik tizimini bilish yo‗lida» 
deb nomlangan kitobini nashrdan chiqardi. Uning asarlari «sotsial 
xatlar» shaklida yozilgan. U aynan shu kitobida qo‗shimcha qiymat 
nazariyasini ko‗rsatib o‗tdi. U o‗z fikrlarini yakunlab, shunday deb 
yozadi: «Agar ishlab chiqarish qanchalik yuqori bo‗lsa, ishchining 
yashashi uchun zarur vositalardan tashqari ko‗pgina iste‘mol 
buyumlarini yaratish mumkin. Bu chegirtma yerga xususiy mulkchilik 
va kapital mavjud sharoitda rentaga aylanadi va kishilar tomonidan 
mehnatsiz o‗zlashtiriladi. Boshqacha qilib aytganda, renta olishning 
asosiy usuli yerga xususiy mulkchilik va kapitaldir» (К.Родбертус «К 
познанию нашего государственно-хозяственного строя. Пять 
теорем». M., 1935, стр. 115). K.Rodbertusning nazariyasi va qisqacha 
xulosalarlariga yuqori baho berish mumkin, chunki u A.Smit va 
D.Rikardo iqtisodiy ta‘limotlari bilan yaqindan tanish va bu ta‘limotlarni 
chuqur ilmiy tahlil qilgan edi. 
Shuningdek, olim o‗z xatlarining birida qo‗shimcha qiymat va 
uning vujudga kelishini Marksdan oldinroq ko‗rsatganligini va aniq qilib 
tushuntirganligini yozadi. Bu bilan u o‗zining qo‗shimcha qiymat 
nazariyasidan Marks ijodiy foydalanganligini va hatto «o‗g‗irlab» 
o‗ziniki qilganligini isbotlamoqchi bo‗ladi. Shuni aytish zarurki, Marks 
ta‘limotiga nisbatan aytilgan bu tanqidlar Marksning o‗ziga ham ma‘lum 
edi. Marksning vafotidan keyin nemis kateder-sotsialistlari bu masalani 


156 
yana qayta ko‗tardilar. Ularning asosiy maqsadlari Marks ta‘limotini 
kuchsizlantirish va uning ta‘sir doirasini kamaytirish edi. O‗z davrida 
F.Engels bu fikrlar uydirma ekanligini va Rikardoning qiymat 
nazariyasidan so‗lrikardochilar sotsialistik qisqacha xulosalarlar uchun 
K.Rodbertusdan 
oldinroq 
ko‗rsatib 
foydalanganliklarini 
aytdi. 
Shuningdek, u K.Rodbertus qo‗shimcha qiymatning foyda va yer 
rentasiga aylanish qonunini, kapitalistik sinflar o‗rtasida qo‗shimcha 
qiymatning taqsimlanishi, qonunni to‗liq tushunmay, faqat renta 
nazariyasi bilan cheklanib qolganligini ham ko‗rsatib o‗tdi.
Haqiqatdan ham foyda va yer rentasini ishchilarga haq 
to‗lamaslik samarasi deb hisoblash, bu hali qo‗shimcha qiymatning 
ilmiy nazariyasini yaratish, degan gap emas edi. Ingliz sotsialist-
rikardochilar bu masalada K.Rodbertusdan ancha ilgarilab ketdilar.
K.Rodbertusning iqtisodiy g‗oyalari yuqorida qayd etilgan asosiy 
asaridan tashqari ko‗p jildli to‗rtta «ijtimoiy xati»da bayon etilgan. Unda 
qiymatning mehnat nazariyasi sodda ko‗rinishda tahlil qilingan. Qiymat 
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan aniqlanmasdan, balki barcha mehnat 
xarajatlari bilan aniqlanib, bu o‗rinda bir xil mehnat xarajatlari har 
qanday ishlab chiqarishdan qat‘iy nazar bir xil qiymat hosil qiladi, deb 
ko‗rsatiladi. Bundan tashqari mehnat doimo qiymatni vujudga keltirishi 
alohida ta‘kidlanadi. F.Engels «Falsafa qashshoqligi» asarining 
so‗zboshisida K.Rodbertus qarashlaridagi bu holatni keskin tanqid qilib, 
o‗zining qiymat nazariyasida mehnatning ijtimoiy zaruriy xarakterini 
inkor etadi, deb yozadi.
K.Rodbertusning fikricha, mehnat qiymat o‗lchovi sifatida oltin 
va kumushdan yuqori turadi, chunki u ish kunini o‗zgarmas o‗lchov, deb 
hisoblaydi. Bu o‗rinda «mehnat kunlari» ham izohlanadi. Lekin olim 
xayoliy fikrlarga berilib, kapitalistik tovar xo‗jaligi sharoitida pulning 
zaruriyatini to‗g‗ri tushuntirib bera olmadi. K.Rodbertus o‗zining 
taqsimot nazariyasida klassik maktab vakillari yo‗l qo‗ygan xatolarni 
takrorlaydi. Taqsimot nazariyasi quyidagi tartibda tahlil qilinadi va uch 
bosqichdan iborat bo‗ladi. Birinchi bosqichda K.Rodbertus ijtimoiy 
(milliy) mahsulotni ish haqi va rentaga bo‗linishini ko‗rib chiqadi. 
Ikkinchi bosqichda u rentani kapital va yer rentasiga bo‗lishga o‗tadi. Va 
nihoyat, uchinchi bosqichda K.Rodbertus barcha foyda va yer 
rentasining kapitalist va yer egalari o‗rtasidagi taqsimotini ko‗rib 
chiqadi. K.Rodbertus ijodiy faoliyatining so‗nggi yillari qiymatning 
mehnat nazariyasidan uzoqlashib, mayda ishlab chiqaruvchilar 
manfaatlariga mos tushuvchi jamiyatni qayta qurish loyihalarini e‘lon 


157 
qilish bilan bog‗liq bo‗ladi. Kapitalizmni Rodbertuschasiga isloh qilish 
sinfiy kurashsiz evolyutsion yo‗l bilan amalga oshirishni ko‗zda tutar 
edi. Bu yo‗l keyingi islohotchilik yo‗nalishidagi nazariy maktab 
tomonidan qo‗llaniladi. Bu olimning asarlari rus tilida to‗la chop etilgan. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish