O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti


 K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/264
Sana13.02.2022
Hajmi4,56 Mb.
#447083
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   264
Bog'liq
IQTISODIY TALIMOTLAR TARIXI566[1]

7.5. K.Marks iqtisodiy ta‟limotining umumiy tavsifi 
Karl Marks klassik siyosiy iqtisodni yakunlovchilardan biri 
sifatida iqtisodiy ta‘limotlar tarixida yorqin iz qoldirdi. U 1818-yil 5-
mayda Germaniyaning Trir shahrida tug‗ilgan. Uning otasi advokat, 
yahudiy bo‗lib, 1824-yilda protestantlikni qabul qilgan. Oilasi 
davlatmand, ma‘rifatli bo‗lgan. K.Marks Trir shahrida gimnaziyani 
tamomlagandan 
so‗ng 
dastlab, 
Bonndagi, 
so‗ngra 
Berlindagi 
universitetga kirdi, yuridik fanlarni, tarix va falsafani o‗rgandi. 1841-
yilda Epikur falsafasi to‗g‗risida universitet dissertatsiyasini topshirib, 
kursni bitirdi. 
1842-yili K.Marks Bonnga ko‗chib keldi va shu yilning oktabrida 
«Reyn gazetasi»ning bosh muharriri bo‗ldi va Bonndan Kyolnga ko‗chib 
o‗tdi. 1843-yili birdaniga bir qancha voqea sodir bo‗ldi: u muharrirlik 
qilgan gazeta yopildi, nemis baronining qizi Jenni Fon Vestfalenga 
uylandi, Parijga ko‗chib o‗tdi. 
Keyingi ikki yil (1844–1845) K.Marks uchun iqtisodiy nazariya, 
falsafani chuqur o‗rganishning boshlanish davri bo‗ldi. U G.Geyne, 
P.Prudon, M.Bakuninlar bilan tanishdi, F.Engels bilan do‗stlashdi. 
K.Marks 1845–1848-yillari Bryusselda bo‗ldi. O‗sha yillari 
F.Engels bilan hamkorlikni davom ettirgan holda, «Nemis ideologiyasi» 
va «Kommunistik partiya Manifesti»ni yozdi. U 1848-yili Germaniyaga 
Kyoln shahriga keldi va «Yangi Reyn gazetasi»ga rahbarlik qildi. U 
o‗zining gazetasida 1849-yili «Yollanma mehnat va kapital» asarini 
chop etdi. Shundan so‗ng Germaniyadan surgun qilindi va boshqa bu 
yerga qaytib kelmadi. K.Marks avval Parijga keldi, u yerda bir oz vaqt 
turgandan keyin Londonga borib, umrining oxirigacha (1850-1883) shu 
yerda yashadi. Aynan Londonda yashagan davrlarda K.Marks o‗zining 
ko‗p sonli asarlarini, jumladan, hayotining mazmunini tashkil etgan 
―Kapital‖ni yozdi. K.Marksning iqtisodiy konsepsiyalari asosan uning 
ushbu mashhur asarida berilgan. Uning bu asari to‗rt jilddan iborat 
bo‗lib, birinchi jildi 1867-yili nashr etildi, ikkinchi va uchinchi jildlari 


158 
K.Marks o‗limidan keyin F.Engels tomonidan (ikkinchi jildi 1885-yil, 
uchinchi jildi 1894-yil) chop etildi. To‗rtinchisi tugallanmasdan qolib 
ketdi. Unda K.Marks siyosiy iqtisod tarixini ko‗rib chiqmoqchi bo‗lgan. 
Kapital ishlab chiqarish jarayoni «Kapital»ning birinchi jildining 
mazmunini tashkil etadi. Ikkinchi jildida kapitalning muomala jarayoni 
tadqiqot etiladi. Uchinchi jildida yaxlit olingan kapitalistik ishlab 
chiqarish jarayoniga tavsif beriladi. To‗rtinchi jildi («Qo‗shimcha 
qiymat nazariyasi») iqtisodiy ta‘limotlar tarixiga bag‗ishlangan. 
K.Marks «Kapital»ga yozgan so‗zboshisida: «Asarimning tub 
maqsadi hozirgi zamon jamiyati, ya‘ni kapitalistik jamiyati harakatining 
iqtisodiy qonunini ochib berishdir», – deydi. Ushbu tarixiy jihatdan 
muayyan jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini va bu 
munosabatlarning paydo bo‗lishini, taraqqiy qilishini va tanazzulga yuz 
tutishini ko‗rsatib berish K.Marks iqtisodiy ta‘limotining asosini tashkil 
etadi. Kapitalistik jamiyatda tovar ishlab chiqarish umumiy tus olgan, 
shu sababli K.Marksning tadqiqoti ham tovarni tahlil qilishdan 
boshlanadi. 
Qiymat nazariyasi.
Marks ta‘limotiga binoan har bir tovarning 
qiymati uni ishlab chiqarishga sarflangan 
ijtimoiy zaruriy mehnat bilan 
o„lchanadi
. Bir turdagi tovarni ishlab chiqarish uchun turli miqdorda 
mehnat sarflanadi. Buning natijasida tovarlar har xil individual qiymatga 
ega bo‗ladi. Lekin qiymat o‗zida ijtimoiy mehnatni mujassam-
lashtirganligi sababli uning miqdori individual mehnat sarflari bilan 
emas, balki ijtimoiy zarur mehnat bilan o‗lchanadi, ijtimoiy zarur ish 
vaqti bilan belgilanadi. «Iste‘mol qiymatiga ega bo‗lgan qiymat miqdori, 
– deb yozadi K.Marks, – uni ishlab chiqarish uchun kerak bo‗lgan 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish