О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Download 4,03 Mb.
bet24/57
Sana06.02.2022
Hajmi4,03 Mb.
#432718
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57
Bog'liq
Bitiruv loyiha ish iОХИРГИ

I. KIRISH
Pedagogik texnologiya, axborot texnologiyalari yutuqlari asosida va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun talablaini bajarish maqsadida bo’lajak boshlang’ich sinf o’kituvchilarining mehnat ta’limidan tayyorgarlik darajasiga samarali erishish eng muxim vazifalardan biridir. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’qituvchisi shaxsiga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishning ijobiy omillari sifatida yangilanayotgan ta’lim tizimidagi barcha o’kuv–tarbiya muassasalarining uslubiy fanlarning o’qitilish dasturlariga alohida e’tibor berilmoqda.
Metodika fanlarini o’qitish ishlarida, jumladan mehnat fanini o’qitish metodikasi kursini o’qitishni qaytadan ko’rib chiqib, hozirgi kun talabiga moslashtirish zarurati vujudga keldi. Bu ishlar bo’lg’usi boshlang’ich sinf o’qituvchilari tayyorlash ishini takomillashtirishda, talabalarni o’qituvchilik kasbiga tayyorlashda muhim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini hosil qilishda zarur bo’lgan o’quv–tarbiya ishlarini tashkil qilishda katta yordam berishi lozim.
Mehnat o’qitish metodikasi kursi ma’lum darajada ma’ruza, amaliy-seminar, labarotoriya mashg’ulotlari va pedagogik amaliyot orqali amalga oshiriladi.
Ma’ruzalarda mehnat fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida bayon qilinadi. Amaliy-seminar va labaratoriyalar mashg’ulotlarida esa, talabalar turli–tuman metodik manbalarni (dastur, metodik qo’llanma, darslik, mashqlar sistemasini tahlil qilish) o’rganish metodik adabiyotlarga ijodiy yondoshib ulardan o’qitish ishlarini tashkil qilishda ilmiy izlanishlar olib borish, dars ishlanmalari tuzish, turli metodik qo’llanmalarga oid ma’ruzalar yozish, egallagan bilimlariasosida boshlang’ich sinfda darslarni tashkil qilish uchun zaruriy ko’nikmalarni egallaydilar. Dars uchun ishlanmalar tuzish va tahlil qilish, didaktik ko’rgazmalar yasash bilan shug’ullanadilar.
Barcha ma’ruza va boshqa turdagi mashg’ulotlarda turli o’kuv ko’rgazmali qurollardan va texnik vositalar hamda axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish.

    1. Modulning maqsadi va vazifalari

Boshlang’ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifalari o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, o’qitish va umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarida kasb tanlash izchilligini takomillashtirish, Davlat ta’lim standartalari talabi bo’yicha tarbiyalash hamda o’quvchilarni kasb-hunar egasi bo’lib voyaga yetkazishda nazariy va amaliy bilim berish.
Mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmatda bo’lishga o’rgatish. Topshirilgan ishga ma’suliyat hissini va mehnatdagi intizomni tarbiyalash. O’qitishni ishlab chiqarish mehnati bilan birgalikda olib borish, salomatlik va yosh uchun zaruriy tashkiliy foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat izchilligini amalga oshirish.
O’quvchilarni mehnat ko’nikmalarini shakllantirishda maktab, mahalla, oila va jamoatchilikning birgalikdagi harakatlari, o’z-o’ziga xizmat qilishni tashkil qilish, kasb turlari xabarnomasini o’rgatish, kasblar bilan kengroq tanishtirish.
O’quvchilarda mehnat unumdorligi, mahsulot sifati kabi tushunchalarni tarkib toptirish, mahalliy sanoat, hunarmandchilik, amaliy san’at bilan tanishtirish. Milliy ustachilikning zamonaviy bo’lgan, ganchkorlik, kulolchilik, gilamdo’zlik, kashtachilik, etikdo’zlik kabi ish turalari bilan tanishtirish jarayonida mehnatga munosabatni tarbiyalash.

    1. Talabalar bilimiga qo’yiladigan talablar.

  • Boshlang’ich sinflarda mehnat darsligining xususiyatlari, mazmuni, vazifasi va maqsadi.

  • Boshlang’ich sinf o’quvchilarining asosiy, sinflar bo’yicha tayyorgarligi asosiy talablar ularning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan baho mezoni, texnologiyasi.

  • Asosiy o’quv vositalari darslik, o’quv qo’llanmasi va boshqa vositalar hamda ularni qo’llash metodikasi.

  • Mehnat fanini o’qitishda qo’llaniladigan barcha metod va usullarni bilish.

  • O’quv-bilish faoliyatini tashkil qilishning asosiy va yordamchi shakllari.

  • Dars ishlanmasida o’quv jarayonini (o’quv materiali unga mos metod, vosita va o’qitish shaklini tanlab) rivojlantirish.

  • Dastur asosida joriy rejalashtirish.

  • Dastur, darslik, metodik qo’llanma tavsiyalarini tahlil qilib qisqacha taqriz yoza olish.

  • O’zlari qiziqqàn yo’nalish, mavzusi asosida ilmiy izlanishning bajarilishini uddalay olish zarur (kurs va bitiruv ishi tarzida).

  • Turli jarayonlarni bajaruvchi turli xom-ashyolar bilan ishlovchi ishchilarning ish xususiyatlari haqida tushunchaga ega bo’lish.

  • Turli-tuman xom-ashyoga ishlov berishda asboblardan unumli foydalana olish.

  • Tayyorlanadigan (yasaladigan) buyumlar chizmasini shartli tasvirini o’kiy olish.

  • Yasaladigan buyumlar andozasi, chizmasini tuzish.

  • Texnika xavfsizligi qoidalarini bilish, mehnat tozaligi va madaniyatiga amal qilish.

  • Ilmiy asoslarga suyangan holda zamonaviy ishlab chiqarish haqida turli sohalarda ishlaydigan ishchilar mehnati xususiyati haqidagi bilimlarni berish.

  • Pedagogik texnologiyaning mazmuni va mohiyatini anglash

  • Axborot texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish

1.3. Modulning fanlararo aloqadorligi.
Mehnat o’qitish metodikasi pedagogika, psixologiya va yosh psixologiyasi fanlari bilan bog’liq. Mehnat metodikasi ta’limning boshqa metodikalari (ona tili, matematika, tabiatshunoslik, rasm va boshqa fanlar metodikasi) bilan uzviy bog’lanadi.
Predmetlararo bog’lanish to’g’ri amalga oshirish uchun o’qituvchi buni hisobga olishi juda muhimdir.
Bolalarda kostruktorlik tasavvurlarni rivojlantirish vazifalari va bolalar bog’chasida mantiqiy tafakkurni tarkib toptirish, yasashga oid tasavvurlarni rivojlantirish o’qitishning asosiy shartidir.
Ma’ruzada mehnat o’qitish metodikasi fanining asosiy ilmiy izlanishlari natijalariga tayangan holda, ilg’or o’qituvchilarning ish tajribasi bilan boyitilgan materiallar asosida bayon qilinadi. Amaliy-seminar mashg’ulotlarida esa, talabalar turli-tuman metodik manbalarni (dastur, metodik qo’llanma, darslik, ko’rgazmalar yasash va uni tuzatish kabilar) o’rganish bilan birga, metodik adabiyotlarga ijodiy yondoshib, ulardan o’qitish ishlarini tashkil qilishda, ilmiy izlanishlar olib borishda foydalanadilar. Talabalar o’z ma’ruzalarida shaxsiy mulohazalari, kuzatishlaridan bemalol foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
1.4. Modulning o’qitish texnologiyalari
O’qitish texnologiyasi PT ma’lum predmet, mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir bog’lanish xususiyatlari ochib beriladi.
PT esa ma’lumot texnologiyasini joriy etish taktikasini ifodalaydi va «o’qituvchi - pedagogik jarayon – o’quvchi (talaba)» funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida yoritilishi haqida bilim beriladi.
Talabalarda ma’ruzalarni bayon qilish jarayonida texnik vositalarda unumli foydalanish, Grafaproyektor yordamida slaydalardan va elektron darslik yoki boshqa texnik vositalarda foydalanishda pedagogik texnologiya yutuqlari, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko’zda tutiladi. Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar nazariy va amaliy mashg’ulotlar jarayonida olgan bilimlari asosida boshlang’ich sinfda mehnat darslarni tashkil qilish va uni olib borish uchun zaruriy ko’nikmalarni egallaydilar. Unda ular dars qismi uchun ishlanmalar tuzish va tahlil qilish, ko’rgazmalar yasash bilan ham shug’ullanadilar.

Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish