137
5.1.3-jadval
MQBHBda baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi
berilgan litsenziyaga ega baholovchi tashkilotlar soni (2016-yil
1-choragi bo„yicha ma‟lumot)
Baholash xizmati
turi bo„yicha
Yillar
2012
2013
2014
2015
2016
Ko‗char mulkni
baholash
18
24
26
26
26
Ko‗chmas mulkni
baholash
2
2
2
2
3
Biznes qiymatini
baholash
118
125
126
155
163
Jami
138
151
154
183
192
Baholash
xizmatlari
bozorini
yanada
rivojlantirish,
baholovchilarning professionallik darajasi va ko‗rsatilayotgan xizmatlar
sifatini oshirish, mazkur sohada bajariladigan ishlarning xolisligi va
sifati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida:
1. O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha
boshqaruvi
milliy
agentligi,
O‗zbekiston
Respublikasi
Xususiylashtirilgan
korxonalarga
ko‗maklashish
va
raqobatni
rivojlantirish davlat qo‗mitasi (keyingi o‗rinlarda Davlat raqobat
qo‗mitasi deb yuritiladi), Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining
quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari ma‘qullansin:
a) baholash faoliyatini litsenziyalash va baholash tashkilotlari ustav
kapitali (ustav jamg‗armasi)ning eng kam miqdoriga bo‗lgan talabni
bekor qilish;
b) baholovchi tashkilotlarni O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Akkreditatsiya
markazida (keyingi o‗rinlarda — Markaz) akkreditatsiya qilish tartib-
taomillarini joriy qilish;
d) Davlat raqobat qo‗mitasining:
138
- baholovchining malaka sertifikatini berish funksiyasini —
Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markaziga;
- mulkni baholashning yangi standartlarini tasdiqlash, shuningdek,
amaldagi mulkni baholash standartlariga o‗zgartirish, qo‗shimchalar
kiritish va o‗z kuchini yo‗qotgan deb topish funksiyasini - O‗zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligiga
o‗tkazish.
2. Davlat raqobat qo‗mitasi bir hafta muddatda ilgari berilgan
baholovchi tashkilotlarning litsenziyalari va baholovchilarning malaka
sertifikatlari bo‗yicha materiallarini Markazga bersin.
3. 2018-yil 1-iyuldan boshlab Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim
markazida baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish bo‗yicha, imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan
taqdirda belgilangan namunadagi sertifikatlar berilgan holda, maxsus
kurslar tashkil etilsin.
4. Belgilab qo‗yilsinki:
- baholovchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning
malakasini oshirish dasturlari Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim
markazi tomonidan baholovchilarning professional birlashmalari
takliflarini inobatga olgan holda tasdiqlanadi;
- baholovchi tashkilotlarning ilgari berilgan litsenziyalari amal
qilish muddati 2019-yil 1-yanvardan tugatiladi;
- Korporativ boshqaruv ilmiy-ta‘lim markazida har yili malaka
oshirish kurslarini o‗tagan taqdirda baholovchilarning ilgari berilgan
malaka sertifikatlari amal qilish muddati tugaguniga qadar ularni qayta
rasmiylashtirish talab etilmaydi.
5. Belgilansinki, baholovchi tashkilotning javobgarligini sug‗urta
qilish shartnomasi amal qilishi davrida sug‗urta hodisasi sodir bo‗lgan
taqdirda sug‗urtalovchining sug‗urta qoplamasi to‗lovini amalga
oshirishi yuzasidan majburiyati bo‗yicha sug‗urta puli:
- ko‗char mulkni baholash uchun, qimmatli qog‗ozlar, ulushlar,
intellektual mulk obyektlari va boshqa nomoddiy aktivlar bundan
mustasno - eng kam ish haqining 2 000 baravaridan;
139
- ko‗chmas mulkni baholash uchun, mulkiy kompleks sifatidagi
korxona bundan mustasno - eng kam ish haqining 2 500 baravaridan;
- biznesni (mulkiy kompleks sifatidagi korxonani, barcha turdagi
moddiy va nomoddiy aktivlarni) baholash uchun - eng kam ish haqining
3 000 baravaridan kam bo‗lmasligi kerak.
2018-yil 1-iyundagi PQ-3764-sonli ―Baholash xizmatlari bozorini
yanada
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston
Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq quyidagi belgilab
qo‗yildi:
- baholovchi tashkilot ustav kapitali (ustav jamg‗armasi)ning
kamida 51 foizi mazkur baholovchi tashkilotning bitta yoki bir nechta
shtatdagi baholovchisiga tegishli bo‗lishi lozim;
- 2019-yil 1-yanvaridan boshlab baholovchi tashkilotning rahbari
faqat birinchi yoki oliy toifadagi baholovchi bo‗lishi mumkin;
- baholovchi, agar u boshqa baholovchi tashkilot shtatida turgan
bo‗lsa, baholovchi tashkilot tomonidan fuqarolik-huquqiy shartnoma
asosida baholash ishlarini olib borishga jalb qilina olmaydi;
- buyurtmachi yoki boshqa shaxslarning, agar bu baholash
natijasining ishonchliligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi mumkin bo‗lsa,
baholovchining faoliyatiga aralashuviga, jumladan, baholash obyektini
baholashda aniqlanishi yoki ta‘riflanishi lozim bo‗lgan masalalar
doirasini cheklashga yo‗l qo‗yilmaydi;
- baholovchi obyektiv baholashni olib borishga monelik qiladigan
holatlar yuzaga kelganligi oqibatida baholashni o‗tkazishda ishtirok eta
olmasligi haqida buyurtmachiga yoki mehnat shartnomasini tuzgan
baholash tashkilotiga ma‘lumot berishi shart;
- baholash obyektini baholashni o‗tkazganligi uchun baholovchiga
to‗lanadigan haq miqdori baholash obyekti qiymatining yakuniy
miqdoriga bog‗liq bo‗la olmaydi;
- baholash haqida hisobotning haqqoniyligini ekspertiza qilish
uchun faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilishi mumkin.
Affillangan shaxs bo‗lgan baholovchi tashkilot yoki baholovchi
tomonidan baholash haqida hisobotlar haqqoniyligini ekspertizadan
o‗tkazish taqiqlansin, bunday shaxslar deb quyidagilar tan olinadi:
140
- baholashni olib borgan baholovchi tashkilot mulkdori, muassisi
(ishtirokchisi), kreditori, sug‗urtalovchisi, baholovchisi;
- buyurtmachining mulkdori, muassisi (ishtirokchisi, aksiyadori),
kreditori, ishchisi;
- baholash obyektiga nisbatan mulkiy manfaatga ega bo‗lgan yoki
mazkur bandda ko‗rsatilgan shaxslar bilan yaqin qarindosh yoki quda-
anda bo‗lgan shaxs;
- buyurtmachi yoki baholashni olib borgan baholovchi tashkilot
kuzatuv kengashining a‘zosi, direktor yoki boshqaruv a‘zosi
vakolatlarini amalga oshiradigan shaxs;
- ustav jamg‗armasi (ustav kapitali)da baholashni olib borgan
baholovchi yoki baholovchi tashkilot ulushi bo‗lgan yuridik shaxs;
Baholovchi tashkilotga nisbatan qo‗yidagicha litsenziya talablari va
shartlari qo‗yiladi:
- ―Baholash faoliyati to‗g‗risida‖gi O‗zR qonuniga, O‗zRning
Mulkni baholash milliy standartlari talablariga, shuningdek, boshqa
qonun hujjatlariga rioya qilish;
- litsenziya olishda nizomda nazarda tutilgan miqdorda to‗liq
shakllantirilgan ustav kapitalining mavjud bo‗lishi;
- fuqarolik javobgarligi sug‗urta polisining mavjud bo‗lishi;
- faqat nizomda belgilangan faoliyatning amalga oshirilishi;
- baholovchi tomonidan faqat bitta baholovchi tashkilotda
faoliyatning amalga oshirilishi. Bunda baholovchi tomonidan boshqa
baholovchi tashkilotdagi baholash faoliyati faqat u baholash faoliyatini
amalga oshirgan baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasi
(kontrakti) yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bekor qilingandan,
tugallangandan yoki ularning muddati tugagandan keyin amalga
oshirilishi mumkin;
- baholovchi tashkilotning shtatida nizomda nazarda tutilgan
baholovchilar sonining mavjud bo‗lishi;
- baholashda olingan axborotlar maxfiyligining ta‘minlanishi;
- baholashni o‗tkazish bo‗yicha shartnomaviy majburiyatlarning o‗z
vaqtida va sifatli bajarilishi;
141
- baholovchi tashkilot rahbari lavozimiga faqat baholovchining
tayinlanishi;
- baholash faoliyatini amalga oshirishda baholash faoliyati
to‗g‗risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqillikni
ta‘minlash;
- baholovchining malaka sertifikatiga ega bo‗lgan shaxs (shaxslar)
tomonidan baholash to‗g‗risida haqqoniy hisobot tuzish;
- baholovchi tashkilotda o‗z baholovchilar ishi sifatini nazorat
qilishning tasdiqlangan ichki qoidalari mavjud bo‗lishi;
- litsenziyalovchi organni baholovchining nomi va joylashgan joyi
(pochta manzili)dagi o‗zgarishlar to‗g‗risida davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilgan sanadan boshlab 10 kun muddatda xabardor qilish;
Baholovchi tashkilot litsenziyasining amal qilishini to‗xtatib turish,
to‗xtatish va uni bekor qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |