UO„K: 332.72
KBK: 65.422.5
ISBN 978-9943-13-812-5 © «IQTISOD-MOLIYA», 2019
©Toshkent moliya insituti, 2019
3
KIRISH
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi va bozor islohotlarining
rivojlanishi, mulkni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish
jarayonlarining bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‗chmas mulk va
unga nisbatan huquqlar qiymatini baholash bo‗yicha yangi faoliyat
turining shakllanishiga olib keldi. Mulk obyektlarini baholash faoliyati
iqtisodiyotni isloh qilish va huquqiy davlat qurishning ajralmas qismiga
aylandi.
Ko‗chmas mulk qiymatini baholashning maqsad va vazifalarini,
yondashuv va usullarini, shuningdek, mulk turlarini baholashning o‗ziga
xos xususiyatlarini mukammal o‗rganish baholash faoliyatini nafaqat
bozor infratuzilmasinining asosiy tarmog‗i sifatida, balki amaliy iqtisod
fanining ilmiy-uslubiy yo‗nalishi sifatida tushunish imkonini beradi.
Respublikamizda ko‗chmas mulk qiymatini baholash xizmatlariga
bo‗lgan talab bozor iqtisodiyotiga o‗tishning dastlabki kunlaridan paydo
bo‗ldi. Davlat ko‗chmas mulkini xususiylashtirishning kengayishi,
korxonalar ustav sarmoyasiga kiritiladigan ko‗chmas mulkning
ko‗payishi, ko‗chmas mulk garovi ostida kreditlashning rivojlanishi va
birinchi
navbatda
mulkdorlar
sinfini
shakllantirish
hamda
rivojlantirishga yo‗naltirilgan ko‗chmas mulk bilan bajariladigan uni
sotish va sotib olish, ijara, sug‗urta, merosxo‗rlik huquqining bajarilishi,
sud hukmining ijro etilishi kabi fuqarolik-huquqiy operatsiyalar o‗z
vaqtida baholash tuzilmalarining obyektni baholash uchun majburiy
tarzda ishtiroki bilan amalga oshiriladi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish yillarida amal qilgan ko‗chmas
mulk obyektlarini baholash faoliyati O‗zbekiston Respublikasi
iqtisodiyotini yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar strategiyasi
talablari bo‗yicha isloh qilish modelining o‗ziga xos xususiyatlari va
xorijiy mamlakatlarda baholash ishlarining ko‗p yillik tajribasini
inobatga oluvchi mustahkam ilmiy-uslubiy asosda rivojlantirish
zarurligini taqozo etadi.
4
Mamlakatimizda baholash faoliyati mutaxassislarini tayyorlash
bilan band bo‗lgan o‗quv muassasalari tomonidan mulkchilikning turli
obyektlarini baholash sohasidagi ta‘lim dasturlari faol ishlab
chiqilmoqda. Shu bilan birga, hozirgacha baholash faoliyatini
boshlayotgan mutaxassislar hamda ―Baholash ishi‖, ―Ko‗chmas mulk
qiymatini baholash‖ va ―Tadbirkorlik va biznes asoslari‖ kurslari
bo‗yicha ta‘lim olayotgan talabalar uchun fani bo‗yicha ko‗chmas mulk
qiymatini baholashga respublikamizda shakllangan yondashuvlarning
o‗ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi o‗quv adabiyotlari yetarli emas.
Shuning uchun e‘tiboringizga havola etilayotgan mazkur darslik turli
xildagi ko‗chmas mulklar qiymatini baholash bo‗yicha amaldagi
manbalardan keng foydalanish asosida baholash ishlarining izchilligi va
muayyan tartibida bayon etilgan.
―Ko‗chmas mulk qiymatini baholash‖ fani bo‗yicha ushbu darslik
5A231501-―Baholash
ishi
va
riyeltorlik
(obyektlar
bo‗yicha)‖
magistratura mutaxassisligining malaka talablari va Oliy va o‗rta
maxsus, kasb-hunar ta‘limi yo‗nalishlari bo‗yicha O‗quv-uslubiy
birlashmalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2016-yil 09-
yanvardagi 1-sonli bayonnomasi bilan ma‘qullangan Fan dasturi asosida
ishlab chiqilgan. Hozirda barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning samarali
o‗sishi mulkchilik munosabatlari rivojlanishini ta‘minlashda ahamiyatli
bo‗lgan ko‗chmas mulk qiymatini baholovchi mutaxassislarga ham
ko‗pdan bog‗liq bo‗lgani uchun fanning o‗rni oliy malakali kadrlarni
tayyorlashda beqiyosdir. Fanni o‗rganish asosida talabalarda ko‗chmas
mulk
qiymatini
baholash
bo‗yicha zaruriy nazariy bilimlar
shakllantiriladi va amaliy ko‗nikmalar hosil qilinadi.
Mazkur o‗quv qo‗llanmani tayyorlashda chet ellik olimlar N.
Orduey, Dj. Fridman, Dj. K. Ekkert, S.V. Gribovskiy, A.G. Gryaznova,
T.G. Kasyanenko, G.I. Mikerin, M.A. Fedotova, Ye.I. Tarasevich
1
va
1
Дж. Фридман, Н. Ордуэй. Анализ и оценка приносящей доход недвижимости. Пер. с англ. Академия
народного хозяйства при Правительстве Российской Федерации. -М: Дело Лтд, 1995.; Организация оценки и
налогооблажения недвижимости / Под ред. Джозефа К. Эккерта. В 2х томах. -М.: РОО, 1997.; Грибовский
К.В. Методология оценки коммерческой недвижимости. - СПб.: Изд-во СПбГУЭФ, 1998.; Касяненко Т.Г.,
Махавикова Г.А., Эсипов В.Е., Мирзажанов С.К. Оценка недвижимости: учебное пособие. - М.: КНОРУС,
2010. - 752 с.; Микерин Г.И., Гребенников В.Г., Нейман Е.И. Методологические основы оценки стоимости
имущества. -М.: ИНТЕРРЕКЛАМА, 2003.- 688 с.; Оценка недвижимости: Учебник / Под ред. А.Г. Грязновой
5
boshqalar tomonidan ko‗chmas mulk qiymatini baholash sohasida nashr
etilgan ishlardan keng foydalanildi. Darslikning ayrim bo‗limlarini
tayyorlashda vatanimiz olim va mutaxassislari I.J. Abdurahmonov, B.B.
Berkinov, V.U. Yodgorov, O.T. Islomov, A.N. Kravchenko, A.M.
Mirxoshimov, K.A. Plaxtiy, K.B. G‗aniyev, N.J. To‗ychiyev, Sh.Sh.
Shoxa‘zamiy
2
va boshqalarning turli xildagi ko‗chmas mulk qiymatini
baholash sohasidagi ilmiy va amaliy ishlari natijalari inobatga olindi.
Mazkur darslikni tayyorlashda o‗z fikr-mulohazalarini bildirgan
olimlar: professor B.B. Berkinovga, professor A.N. Djabriyevga va
professor Sh.Sh. Shoxa‘zamiyga hamda Toshkent moliya institutining
―Baholash ishi va investitsiyalar‖ kafedrasining a‘zolariga o‗zimning
chuqur minnatdorchiligimni bildiraman.
Turli xildagi ko‗chmas mulkni baholash bo‗yicha amaliy
tavsiyalarni tayyorlashda N.F. Muxiddinov rahbarligidagi ―MIDLAND
CONSULTING‖ MCHJ baholash tashkiloti tomonidan to‗plangan
baholash ishlari bo‗yicha ko‗p yillik tajriba ham hisobga olindi. Muallif,
ushbu darslikning shakli, tarkibiy tuzilishi va mazmun-mohiyati
yuzasidan bildirilgan barcha fikr-mulohazalarni minnatdorchilik bilan
qabul qiladi. e-mail:
metro8368@mail.ru
и М.А. Федотовой. -М.: Финансы и статистика. 2003.; Тарасевич Е.И. Оценка недвижимости. СПб.:
СПбГТУ, 1999.
2
Абдурахмонов И.Ю. Оценка недвижимости: введение в практику оценки стоимости зданий и сооружений.
-Т.: ‖НОРМА‖, 2011. -448 с.; Alimov R.X, Berkinov B.B., Kravchenko A.N., Xodiyev B.Yu. / O‗z FA Akademigi
G‗ulomov S.S. tahriri ostida. Ko‗chmas mulkni baholash. -T.: ―Fan‖, 2005. -231 b.; Ганиев К.Б., Ганиева Г.И.
Оценка недвижимости: Учебное пособие - Ташкент, КОНСАУДИТИНФОРМ-НАШР, 2010. -232 с.;
To‗ychiyev N.J., Mirxoshimov A.M., Plaxtiy K.A. Ko‗chmas mulkni baholash asoslari. O‗quv qo‗llanma. – T.:
Adolat, 2000.; Shoxa‘zamiy Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari. – T.: ―Iqtisod-moliya‖, 2015. – 464
b.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |