O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti k. Z. Xomitov


IV bob. Ko„chmas mulkdan eng maqbul va eng samarali foydalanish



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/430
Sana31.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#420581
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   430
Bog'liq
Кучмас МКБ Дарслик pdf

 
IV bob. Ko„chmas mulkdan eng maqbul va eng samarali foydalanish 
tahlili 
 
12.
Baholash obyektidan eng maqbul va eng samarali foydalanish 
tahlili ikki bosqichda amalga oshiriladi: 
- bo‗sh turgan (yaxshilanmagan) deb qaraladigan yer uchastkasi uchun; 
- yaxshilashlar mavjud bo‗lgan yer uchastkasi uchun.
Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlilini amalga oshirishda har 
bir bosqichda baholovchi: 


398 
- ko‗chmas mulk obyektidan foydalanishning qonun hujjatlarida 
taqiqlanmagan ehtimol tutilgan variantlarini zonalarga ajratish me‘yorlari, 
shaharsozlikka oid cheklashlar, qurilish me‘yorlari va qoidalari hamda 
yuridik cheklashlarni hisobga olgan holda tahlil qiladi; 
- foydalanishning ruxsat etilgan variantlaridan mazkur yer uchastkasida 
jismonan amalga oshirish mumkin bo‗lganlarini yer uchastkasining fizik 
tavsiflari, atrofdagi imoratlar va yer uchastkasiga tutash hududdagi ijtimoiy 
vaziyatni hisobga olgan holda qoldiradi; 
- yer uchastkasidan foydalanishning jismonan amalga oshirish mumkin 
bo‗lgan va qonun yo‗li bilan ruxsat etilgan variantlarining moliyaviy 
samaradorligini 
qurilish 
yoki 
yaxshilashlarni 
rekonstruksiya 
qilish 
xarajatlarini va ko‗chmas mulk obyekti yaratishi mumkin bo‗lgan 
daromadlarni hisobga olgan holda tahlil qiladi; 
- joriy qiymati eng katta bo‗lgan ko‗chmas mulk obyektidan 
foydalanish variantini eng samarali foydalanish sifatida tanlaydi. 
13.
Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlilini amalga 
oshirishda baholovchi baholash sanasida ko‗chmas mulk obyektiga xos 
bo‗lgan va odatdagi investorlar tomonidan qabul qilinadigan foydalanish 
variantlarini o‗rganishi lozim.
14.
Yaxshilashlar mavjud bo‗lgan yer uchastkasidan eng maqbul va 
eng samarali foydalanish tahlili mavjud qurilmalarni o‗zgartirishning 
quyidagi variantlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi: 
- mavjud yaxshilashlardan o‗zgartirmasdan foydalanish; 
- mavjud yaxshilashlarni rekonstruksiya qilish; 
- mavjud yaxshilashlarni buzib tashlash. 
15.
Eng maqbul va eng samarali foydalanish tahlili natijalariga ko‗ra 
baholovchi yer uchastkasidan joriy foydalanish undan eng samarali 
foydalanishga qay darajada muvofiq ekanligi to‗g‗risida xulosa chiqaradi va 


399 
shunga qarab baholashning eng maqsadga muvofiq yondashuvlari va 
usullarini tanlash amalga oshiriladi: 
- yaxshilashlar mavjud bo‗lgan yer uchastkasidan eng maqbul va eng 
samarali foydalanish bo‗sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng 
maqbul va eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‗lgan taqdirda 
baholashning barcha yondashuvlari qo‗llaniladi; 
- yaxshilashlar mavjud bo‗lgan yer uchastkasidan eng maqbul va eng 
samarali foydalanish bo‗sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng 
maqbul va eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‗lmagan taqdirda 
baholashning xarajatga oid va daromadga oid yondashuvlari qo‗llaniladi; 
- yaxshilashlar mavjud bo‗lgan yer uchastkasidan eng maqbul va eng 
samarali foydalanish bo‗sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng 
maqbul va eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‗lmagan, mavjud 
yaxshilashlarni rekonstruksiya qilish zarur bo‗lgan holda xarajatga oid 
yondashuv va daromadga oid yondashuvning pul oqimlarini diskontlash usuli 
qo‗llaniladi; 
- yaxshilashlar mavjud bo‗lgan yer uchastkasidan eng maqbul va eng 
samarali foydalanish bo‗sh turgan deb qaraladigan yer uchastkasidan eng 
maqbul va eng samarali foydalanish bilan muvofiq bo‗lmagan, mavjud 
yaxshilashlarni buzib tashlash zarur bo‗lgan holda buzish xarajatlarini 
hisobga olib qiyosiy yondashuv va daromadga oid yondashuvning pul 
oqimlarini diskontlash usuli qo‗llaniladi. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   430




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish