Negiziy qo„yilma
- birinchi toifali xaridorlarga taqdim etiluvchi
qisqa muddatli kreditlar bo‗yicha bank tomonidan undiriladigan foiz
qo‗yilmasi.
Negiziy renta
- foiz ijarasi yoki muomala xarajatlari o‗sishini
ko‗zda tutgan ijara vaqtida yer egasiga tegishli ijara to‗lovining eng kam
qo‗yilmasi.
Oldindan ko„rish tamoyili
- baholash tamoyili bo‗lib, unga ko‗ra
daromadlarning joriy qiymati yoki kelgusida mulkga egalik qilishdan
kutiladigan boshqa foydalar tomonidan qiymat aniqlanadi.
Omil
- boshqa songa ko‗paytirilganidan so‗ng ma‘lum natija
beradigan istalgan son yoki simvol; koeffitsiyentga teskari miqdor.
Opsion
- ko‗chmas mulk egasining boshqa tomonga taqdim
etadigan belgilangan narx va shartlarga ko‗ra muayyan vaqt davomida
mulkni sotib olish yoki ijaraga olish huquqi.
Do'stlaringiz bilan baham: |