O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Download 0,74 Mb.
bet90/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Nazorat savollari


  1. Muskullarning tiplari va organizmdagi ahamiyati.

  2. Kо‗ndalang – targ‗il muskullari va ularning xossalri.

  3. Muskul qо‗zg‗aluvchanligi va о‗tkazuvchanligi.

  4. Kisqarish turlari.



  1. MAVZU: To‗qimalarda bioelektrik hodisalar. Muskullar fiziologiyasi


Dars rejasi

  1. Muskullarning ishi va kuchi. Muskul qisqarishining mexanizmi.

  2. Muskul qisqarishining bioenergetikasi.

  3. Silliq muskullar va ularning fiziologik xususiyatlari.

Muskul qо‗zg‗aluvchanligi va о‗tkazuvchanligi.
Muskul tolasi membranasida tinchlik potensiali hosil bо‗lishida va harakat potensiali rivojlanishida nerv tolasi membranasiga nisbatan deyarli farq yо‗q. Faqat muskul tolalarining qо‗zg‗aluvchanligi ancha past. Bu muskul tolasi membranasi tinchlik potensialining miqdori nerv tolasidan kо‗proq bо‗lishiga bog‗liq. Chunonchi, nerv tolasi membranasida – 70 mv, muskul tolasi membranasida -90 mv. Biroq ikkala membrananing depolyarizatsiyalanish kritik darajasi bir xil – 50 mv. Demak nerv tolasini qо‗zg‗atish uchun uning membranasini 20 mv ga depolyarizatsiyalash kifoya bо‗lsa, muskul tolasida harakat potensialini paydo qilish uchun uning membranasini – 40 mv ga depolyarizatsiyalash zarur. Shuning uchun
muskul tolasini qо‗zg‗atadigan elektr tokining bо‗sag‗a kuchi nerv tolasini qо‗zg‗ata oladigan bо‗sag‗adan ancha kо‗p.
Muskul tolalarida harakat potensialining amplitudasi 120-130 mv ga tashkil qiladi. Uning davomi 1 ms dan 2-3 ms (muskullarning xiliga qarab) davom etishi mumkin.

  1. Qisqarish turlari.

Nerv-muskul preparatida muskul qisqarishi uchun mavjud sharoitga qarab iki turdagi: izometrik va izotonik qisqarishlar tafovut qilinadi.
Agar muskul qisqargan vaqtda uning tolalari kaltalansa-yu, ammo tarangligi о‗zgarmasa, izotonik qisqarish sodir bо‗ladi. Izotonik qisqarish muskul yuk kо‗targanda kuzatiladi.
Muskulning ikkala uchi qimirlamaydigan qilib bog‗lab qо‗yilsa, qisqarish vaqtida tolalarning tarangligi oshadi. Bu izometrik qisqarish deyiladi. Bu xil qisqarishi muskulga juda og‗ir yuk ortilganda kо‗zatish mumkin.
Organizmda muskullar qiskarishi hech qachon sof izotonik yoki sof izometrik qisqarish tarzida bо‗lmaydi.
Butun organizmda faollik kо‗rsatayotgan muskullarning qisqarishlari boshqacha tasnif qilinadi: 1) izometrik qisqarish – kо‗tarilgan yukni bir nuqtada ushlab turish; 2) qonsetrik qisqarish – muskulning yuk kо‗tarib, kaltalanishi; 3) ekssentrk qisqarish – kо‗tarilgan yukni pastga sekin tushirishda muskulni о‗zayishi.
Muskul yakka rag‗batlantirilsa, yakka qisqarish sodir bо‗ladi: Miografik usulda yozib olingan yakka qisqarishining egri chizig‗ida uchta bosqichni ajratish mumkin: qisqarishining latent (yashirin) davri, qisqarish bosqichi va bо‗shashish bosqichi.
Optik yoki elektron asboblarda qayd qilingan yakka qisqarishning latent davri anyaa qisqa – 2,5 ms atrofida. Ana shu vaqt ichida muskul tolalarida harakat potensiali boshlanib, qisqarish uchun zarur bо‗lgan miqdorga (40 mv) yetishiga sarflanadi. Baqaning ajratilgan muskuli qisqarish bosqichi 50 ms, bо‗shashish bosqichi ham 50 ms. Demak bu muskulning yakka qisqarishi umuman 110 ms davom etadi.
Muskul uzoq vaqt davomida ta‘sirlanib turgudek bо‗lsa charchaydi, yakka qisqarishning egri chizig‗i shakli о‗zgaradi: bо‗shashish fazasi о‗ta sekin bо‗shashi qontraktura deyiladi.
Tabiiy sharoitda sklet muskullarimiz nerv sistemasidan yakka – yakka ta‘sirlarni emas, balki ketma-ket keluvchi bir qancha nerv impulslarini olib turadi. Bunday ta‘sirotlarga muskul kuchliroq va о‗zoqroq qisqaradi. Bunday qisqarishni tetanik qisqarish yoki tetanus deb ataladi.
Muskullarning tetanik qisqarishlari yakka qisqarishlarining qо‗shilib ketishi yoki summatsiyasi natijasidir.
Ta‘sirotlar chastotasi bir qadar kamroq bо‗lsa, tishli tetanius kelib chiqadi, chastota katta bо‗lsa, silliq tetanus hosil bо‗ladi.
Yakka qisqarishlarning impulslar chastotasi ortishi bilan tishli va silliq tetanusga о‗tishi.
Muskullarda qisqarishlarni yuzaga chiqarishda kuchiga kо‗ra bо‗sag‗a osti, bо‗sag‗a va bо‗sag‗a usti ta‘sirot turlari mavjud.
Kо‗ngdalang – targ‗il muskullar miya stvoli va orqa miyadagi motoneyronlar tomonidan nervlanadi. Bu neyronlarning aksonlari shoxlanib, bir nechta muskul tolasiga yetib keladi va ularda mioneyronal sinapslar hosil qiladi. Bir motoneyron va u nervlaydigan muskul tolalari majmuasi harakat birligini tashkil qiladi. Masalan, odam kо‗z soqqasi muskullarida harakat birligi 10 toladan kam, qо‗l barmoqlari muskullarida – 10-15 toladan iborat, boldir muskullarida har bir harakat birligi 2000 va undan kо‗p tolalardan tashkil topgan. Bundan kо‗rinadiki, muskul bajaradigan harakatlar qanchalik aniq va uyg‗un bо‗lsa, undagi harakat birliklari shunchalik oz tolalardan tuzilgan bо‗ladi.

  1. Muskulning ishi va kuchi. Muskul qisqarishining mexanizmi.

Muskul kuchini u kо‗tara olgan yukning eng yuqori miqdori belgilaydi. Muskullarning kuchi juda katta bо‗lishi mumkin. Masalan, itning jag‗ muskullari gavda vaznidan 8,3 barobar yukni kо‗tarishi mumkin. Odamning ham bu muskuli kuchli, uning yordamida sirk artistlari katta yuk avtomobilini joyida siljitishi mumkin. Muskulda tola soni qancha kо‗p bо‗lsa, u shuncha kо‗p bо‗ladi. Demak muskulning kо‗ndalang kesimi katta bо‗lsa, u о‗z ichiga kо‗p tolalarni qamrab oladi va uning kuchi yuqori bо‗ladi.
Mexanik ishni muskul faqat izotonik ravishda qisqargan vaqtda bajaradi.
Bu sharoitda apparat avvaliga paylarni chо‗zib, tarangligini oshiradi, keyin yukni kо‗taradi. Bajarilgan ish miqdori yuk massasiga va u kо‗tarilgan balandlikka bog‗liq. Buni quyidagi formula ifodalaydi. A=p.h. P-yuk yoki h-balandlik nolga teng bо‗lsa, bajarilgan ish A ham nolga teng bо‗ladi.
Muskul tolasining miofibrillari miozin va aktin oqsillarining polimerlangan chо‗ziq mollekulyaridan iborat. Miozin iplari aktin iplariga qaraganda yо‗g‗onroq bо‗ladi.
A. Xaksli va G. Xakslilar nazariyasiga kо‗ra, muskul tolasi qisqarganda, miozin va aktin iplari kaltalanmay, balki biri ikkinchisi ustida – «sirgana» boshlaydi: aktin miozin ishlari orasiga sirg‗anib kiradi.
Tabiiy sharoitda muskul tolalari aktin, miozin va ATF ning о‗zaro ta‘sir etishi natijasida qisqaradi. Bunda qо‗zg‗alish tufayli hujayra ichidagi ionlar tarkibining о‗zgarishi, jumlandan Sa++ ionlarining hujayra ichiga kirishi natijasida aktin, miozin va ATF ning ta‘siri katta bо‗ladi. Chunonchi, ATF parchalanadi, hosil bо‗lgan energiya muskul tolasida aktin va miozin iplarining sirg‗anishiga sarf bо‗ladi.
Harakatga qodir kо‗pgina biologik strukturalar, masalan, spermatazoidlar xivchinlarining qisqarishi uchun ham ATF zarur.
ATF ning resintez protseslari buzilganda muskul tolalarida ATF tamomila yо‗qoladi va oqibatda muskullar qotib qoladi, ya‘ni kontraktura rо‗y beradi.

  1. Muskul qisqarishining bioenergetikasi.

Muskul faol holatga о‗tganda tolalar mioplazmasida erkin kalsiy ionlari kо‗payadi, qisqarish rо‗y beradi. ATF ning parchalanish tezlashadi, muskulda modda almashinuv 100-1000 barobar jadallashadi. ATF glikoliz va moddalarning oksidlanib, fosforlanishi natijasida qayta tiklanadi. ATF => ADF+AMF+energiya (48 kDj).
Kreatinfosfat mexanizmi. KF+ADF = ATF+K
Muskul о‗lchab bо‗ladigan miqdorda ish bajarmasa ham (turgun izometrik qisqarish vaqtida), unda kimyoviy energiya tо‗xtovsiz ravishda issiqlikka о‗tadi. Bu issiqlik izometrik qisqarish issiqligi deyiladi.
Muskul yuk kо‗tarib ish bajarganda qо‗shimcha miqdorda ATF parchalanadi, qо‗shimcha issiqlik ajraladi.
Bir mol ATF parchalanishi 48 kDj chamasida energiya ajralishini ta‘minlaydi. Bu energiya miqdorining faqat 40-50% i muskul qisqara boshlaganda va qisqarishi davomida issiqlikka aylanadi, muskul harorati bu vaqtda bir oz kо‗tariladi.

  1. Silliq muskullar va ularning fiziologik xususiyatlari.

Silliq muskullar yuqorida ta‘kidlaganimizdek umrtqali hayvonlarning ichki kovak organlarida, tomirlarida va terisida uchraydi. Silliq muskullarning kuchli va davomli tonik qisqarishi tufayli, о‗t pufagida о‗t, qovuqda siydik tо‗g‗ri ichakda najas ma‘lum miqdorda ma‘lum vaqtgacha yig‗ilib, chiqib ketmay turadi (bu sfinkterda yaqqol kuzatiladi). Qon tomirlaridagi silliq muskullarning uzluksiz tonik qisqarishi qon bosimining bir meyorda saqlanish uchun katta ahamiyatga ega.
Silliq muskullar uchun ham uchta asosiy: qо‗zg‗aluvchanlik о‗tkazuvchanlik va qisqaruvchanlik xos, lekin silliq muskullarda ularning о‗ziga xos xususiyatlari bor. Chunonchi, qо‗zg‗aluvchanligi ancha past. Tinchlik potensiali 60-70, mv. TP ning kamroq bо‗lishi membranasining natriy uchun о‗tkazuvchanligi yuqori bо‗lishiga bog‗liq.
Silliq muskullarning harakat potensiali ham sklet muskullarinikidan ozroq. + 70-90 mv dan oshmaydi.
Silliq muskul hujayralarning bir qismi hech qanday ta‘sirotsiz, о‗z-о‗zidan harakat potensialini vujudga keltirish qobiliyati (avtomatiya)ga ega. Ularni peysmeker yoki ritmni yetaklovchi hujayralar deydilar. Peysmeker hujayralarda harakat potensiali rivojlanishiga membrananing о‗z-о‗zidan depolyarizatsiyalanishi sabab bо‗ladi. Vaqti-vaqti bilan vujudga keladigan harakat potensiallari 2-10 sm/s tezlikda boshqa hujayralarga tarqalib, silliq muskullarning miogen tonusini ta‘minlaydi.
Silliq muskul hujayralarining qisqarishi ham aktin va miozin iplarining sirg‗alishiga bog‗liq. Ammo bu sirg‗alishning va ATF parchalanishining tezligi targ‗il muskullarga qaraganda 100-1000 barobar kam. Shu tufayli, silliq muskullar charchamasdan uzoq va turg‗un qisqarishga moslashgan. Kislorod sarfi ham targ‗il muskulga nisbatan 100-5000 marta kam.
Yakka ta‘sirotga silliq muskul ham yakka qisqarish bilan javob beradi. Yakka qisqarishning latent davri ham silliq muskullarda davomliroq. Kuyon me‘dasining silliq muskuli impuls birilgandan sо‗ng 0,25-1 s о‗tgach qisqara boshlaydi va 5-6 s davom etadi. Baka me‘dasining yakka qisqarishi 1 daqiqa va undan ziyod davom etadi.
Silliq muskullarni kо‗ndalang – targ‗il muskullardan ajratib turuvchi yana bir xususiyati – ularning plastikligidir. YA‘ni, silliq, muskulllar ma‘lum chegarada chо‗zilsa ham, tarangligini о‗zgartirmaydi. О‗t pufagi va qovuq faoliyatlari uchun plastiklikning ahamiyati katta.
Silliq muskullarning kuchli va tez chо‗zilishi ularning qisqarishiga sabab bо‗ladi. Silliq muskullarning bu fiziologik xususiyati ingichka va yо‗g‗on ichak
siydik yо‗llari va boshqa kovak a‘zolarning meyoriy faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Aytilgan a‘zolarning tо‗lib ketishi muskullarni chо‗zadi, ular faol qisqarib, yig‗ilib qolgan suyuqlikni harakatlantiradi.
Silliq muskullar ba‘zi ximiyaviy moddalar, xususan, serotoninatsetlxolin, adrenalin, noradrenalin, gistamin, serotonin, bradikinin va prostaglandinlarga juda sezgir. Atsetilxolin aksariyat a‘zolardagi silliq muskullarni qо‗zg‗atadi va qisqartiradi, ammo qon tomirlari silliq muskullarini tormozlaydi. Adrenalin bachadon muskulini bо‗shashtiradi, xomilani bachadonning esa qisqartiradi.
Simpatik va parasimpatik nerv tolalarning ta‘sirida bо‗ladi va u odatda qarama- qarshi bо‗ladi.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish