Tayanch sо‗zlar: muskul, qо‗zg‗aluvchanlik о‗tkazuvchanlik qisqaruvchanlik izotonik izometrik ekssentrik aktin, miozin, ATF, tetanius, tishli, silliq.
Har bir mushak biriktiruvchi to‘qimali parda endomiziy(endomysium)bilan o‘ralgan ko‘ndalang targ‘il mushak tolalaridan tuzilgan a‘zodir. Har xil kattalikdagi mushak tolalari bir-biridan biriktiruvchi to‘qimali qatlamlar perimiziy(perimysium) vositasida ajrab turadi. Bu perimiziy ichida qon tomirlar va nervlar joylashgan. Agar biriktiruvchi to‘qimali parda butun mushakni o‘rasa uni epimiziy(epimysium)debataladi. Bu parda mushak payiga davom etib peritendiniy (peritendinum) degan nomni oladi. Mushaklarda juda kuchli modda almashinuvi ketganligi sababli ularda qon tomirlari juda ko‘p. Har bir mushakda faol qisqaruvchi qismi-tanasi yoki qorinchasi (venter) bo‘lib, u mushak tolalaridan iborat bo‘ladi. Nofaol suyaklarga birikuvchi yoki pay qismi (tendo) zich biriktiruvchi to‘qimadan iborat, yaltiroq kumushrang bo‘lib, mushak tanasidan aniq ajrab turadi. Paylarda
modda almashinuvi kam bo‘lgani uchun ularda qon tomirlar kam. Paylarning bittasi yuqori qismida bo‘lib, uni boshchasi(caput) deyiladi. Uning yordamida mushak suyakdan boshlanadi. Pastki uchi dum (cauda) deyilib, uning yordamida mushak suyakka birikadi. Paylar kollagen tolalardan iborat bo‘lib, juda pishiq bo‘ladi.
1. Muskullarningtiplarivaorganizmdagiahamiyati.
Muskullar – odam va yuqori darajada tuzilgan hayvonlarda hayotiy muhim ijrochi yoki ishchi organ hisoblanadi. Ular shuningdek kimyoviy energiyani bevosita mexanik energiyaga va issiqlikka aylantiruvchi a‘zo hamdir. Umurtqali hayvonlarda skletning kо‗ngdalang – targil muskuli, yurakning kо‗ngdalang-targ‗il muskuli va ichki a‘zolarning qon tomirlarining hamda terining silliq muskullari tafovut qilinadi.
Kо‗ngdalang – targ‗il muskullar birinchi galda tana va uning qismlarining fazodagi harakatlarini, kо‗z harakatlarini, chaynash va boshqa faoliyatlarni bajaradi. Bu muskullar kishi idrokiga bо‗ysunadi, ixtiyoriy harakatlar qilinadi, markaziy nerv sistemasi tomonidan tо‗liq boshqarilib turiladi.
Silliq muskullar asosan ichki organlar harakatlarini ta‘minlaydi. Ular avtomatiyaga ega. Intramural va metasimpatik nervlar chigali tomonidan boshqariladi. Silliq muskullar faoliyatini ixtiyoriy ravishda о‗zgartirib bо‗lmaydi.
Muskul to‘qimasi o‘zichida 2ga bo‘linadi.
Silliq tolali.
Ko‘ndalang yo‘lli.
Silliq tolali muskul to‘qimasi to‘qimalar aro qismning ko‘p joyini tashkil etadi. Masalan:ichki organlarning ichki devorini hosil qiladi( oshqozon ichak,siydik ajratish sistemasi,jinsiy organlar,qon tomir sistemasi). Silliq tolali muskulni avtonom nerv sistemasi ya‘ni vegetative nerv sistemasi boshqaradi. Lekin ko‘p organlar miyogen stimulatsiya orqali ham boshqariladi.bu passiv jarayon hisoblanadi. Silliq tolali muskul tuzilishi urchuqsimondir,uzunligi 25millimikron keladi. Uning markazida ingichka devor bila ajratilgan yadro joylashgan. (fig 3.11a). homiladorlik davrining so‘ngida tug‘ruq jarayonlarini osonlashtirish vaqtida bu tolalar 0.5 mm uzayishi mumkin. 1mm=1000milimikron. Miofibrillalar sitoplazmasi hamma jarayonlarni boshqarib tartibga solidi.
2. Kо‗ndalang – targ‗ilmuskullarvaularningxossalari.Odam va umrtqali hayvonlarning kо‗ngdalang-targ‗il muskullari uchta asosiy xossaga ega. 1) qо‗zg‗aluvchanlik ya‘ni membrananing ionlar uchun о‗tkazuvchanligini о‗zgartirib, ta‘sirotga nisbatan harakat potensiali bilan javob berishi qobiliyati: 2) о‗tkazuvchanlik ya‘ni harakat potensialini tola bо‗ylab tarqatish qobiliyati; 3) qisqaruvchanlik ya‘ni qо‗zg‗alish natijasida kaltalanish yoki о‗z tarangligini о‗zgartirish qobiliyati.
Muskul xossalarini о‗rganishda sovuqqonli hayvonlarning nerv-muskul preparatidan laboratoriya sharoitida foydalanib tekshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |