Mavzu: AYIRUV JARAYONLARI FIZIOLOGIYASI
DARSNING REJASI
1.Ayiruv organlarini tuzilishy, nefronda qonning ta‘minlanishi. 2.Yukstaglomerulyar kompleks, koptokchalarda filtratsiY.
Buyrak kanalchalaridagi reabsorbsiya va sekretor funksiyasi.
Siydikni fizik kimyoviy xossalari va siydik hosil bo‗lishi.
Buyrak faoliyatining boshkarilishi.
Tayanch so‗zlar: nefron, genls krvo‗zlogi, shumlyanskiy -Boumen, burmalar, yiguvchi: nay, malpigiy koptokchasi, gokstamedullyar nefron, renin, filtratsiya, reabsorbsiya, diurez, osmoretsentor, atsidoz, antidiuretik garmon, aldosteron, dezoksikortikosteroy.
Adabiyotlar: 1-(271-295); 2-(355-377).
Odamda buyraklar, teri bezlari, o‗pka va ichak chikaruv organidir. O‗pka karbonat kislota, sut va ba‘zi uchuvchan modadlar, masalan, narkoz vaqtida efir va xloroform buglari, alkogol buglari organizmdan o‗pka orqali chikib ketadi. Ichak ba‘zi ogir metallarning tuzlarini, shuningdek ut pegmentlarining o‗zgarish maxsulotlarini organizmdan chikdrib yuboradi. Chikaruv organlari modda almashinuvining oxirgi mahsulotlarini organizmdan chikdrib yuborish bilan bir qatorda, organizm ichki muhitining tarkibi va xossalarini doim bir darajada saqlash uchun ahamiyatlidir. Masalan, ular osmoregulyatsiyada, ya‘ni organizm ichki muhitining osmotik bosimini doim bir darajada va undagi ionlar tarkibini doimiyligini saqlashda katnashadi. O‗pka alveolalari va teri yuzasidan suv buglanishi gavda temperaturasini pasaytiradi va termoregulyatsiyada qatnashadi.
Chiqaruv organlori orasida yog‗ va sut bezlari alohida urin to‗tadi. Ular ajratadigan moldalar - teri yog‗i va sut - modda almashinuvining oxirgi mahsulotlari bulmay, ma‘lum fiziologik ahamiyatga egadir: sut yangi tugilgan bolalarga ovkat bo‗ladi, teri yog‗i esa terini moylab turadi.
Buyraklar organizmda suv balansini, kislota-ishqor muvozanatini, natriy, kaliy, xlor, fosfor va boshqa mineral moddalar balansini boshkarishda qatnashadi, ba‘zi ximiyaviy birikmalarni sintezlaydi, arterial bosim miqdoriga ta‘sir fiziologik , modda renin ishlab chiqaradi, Buyraklarning asosiy funksiyasi - siydik hosil qilishdir. Buyrak murakkab tuzilishda bo‗lib, taxminan 1 million nefrondan tuzilgan, bular struktura va funksional birliklardir. Nefronnipg funksional birlik
ekaniga sabab shuki, u siydik xosyal bo‗lishida ruy beradigan barcha protsesslar yigindisini amalga oshira oladi, Buyrak kapsulasining devorlari orasidagi bushlikdan kanalcha boshlanadi.
Kapsulaning ychki varagi yapalok mayda epiteliy hujayralaridan tuzilgan. Malpigiy koptokchasi kapillyarlarining endoteliy hujayralarida diametri taxminan 0,1 mk keladigan teshiklar bor. Shunday qilib, koptokcha kapillyarlaridagi qon bilan kapsula bo‗shlig‗i o‗rtasidagi to‗siq yupqa bazal membranadan iborat. Kapsula bo‗shlig‗idan avvaliga buralgan siydik kanalchasi - birinchi tartibdaga burama kanalcha boshlanadi. Bu kanalcha pustlok va magiz qavatlari orasidagi chegaraga yetgach torayadi va tugrilanadi. Kanalcha buyrakning magiz qavatida Genle kovo‗zlogini hosil kiladi va buyrakning pustloq kavatiga qaytadi. Shunday qilib genle qovo‗zlogi tushuvchi, yoki proksimal qism bilan kutariluvchi, yoki distal qismdan iborat. Tugri kanalcha buyrakiing pustlok kavatida yoki pustloq kavati bilan magiz kavati chegarasida yana burama shaklga kirib, ikkinchi tartibdagi burama kanalchani hosil qiladi. Bu kanalcha chiklruvchi yul-yiguvchi naychaga kuyiladi. Bunday yiguvchi naychalarning bir kanchasi kushilib umumiy chiqaruvchi yullarni hosil kiladi bu yullar buyrakning magiz khavatidan buyrak jomi bo‗shlig‗iga turtib chiqib turuvchi surgichlarning uchiga ochiladi. Shumlyaiskiy- Boumen kaisulasining diametri qariyb 0,2 mm, bir nefron kanalchalarining umumiy o‗zunligi esa 35-50 mm ga yetadi. Xar bir arteriola Shumlyapskiy-Boumen kapsulasiga kirgach yana taxminap 50 ta kapillyar qovo‗zloqqa bulinadi, bular esa Malpigiy koptokchasini hosil qiladi. Kapillyarlar birga kushilib, koptokchadan chiquvchi arteriolani hosil qiladi. Koptokchadan chiqkan areteriola undan sal narirokda yana kapillyarlarga tarmoqlanib, kapilliyar turni hosil qiladi, bu kapillyarlar turi esa birinchi va ikkinchi tartibdagi burama kanalchalarni urab oladi. Qon kanalchalarning kapillyarlar turidan utgach mayda venalarga kiradi, bu venalar bir-biriga qushilib ravoq venalarini hosil kiledi. Ravoq venalarining bir-biriga qushilishidan esa buyrak venasi vujudga keladi, Buyrak venasi pastki kavak venaga kuyiladi.
Siydik ajratish a‘zolarning rivojlanishi
Buyrak mezodermadan rivojlanib uch davrni o‘tadi:
Bosh (boshlang‘ich) buyrak (pronephros) pastki boyin va yuqorigi ko‘krak segmentlari nefrotomlaridan homila hayotining 3-haftasida paydo bo‘lib, tepadan pastga tomon qator joylashgan (5-8) naychadan iborat. Har qaysi naycha lateral uchi bilan bir biriga tutashib (pronephros) ning umumiy nayini hosil qiladi. Bu nay pastga tomon o‘sib, birlamchi ichak nayini pastki uchiga qo‘shiladi. Naychalarning medial uchlari biroz kengayib tanani ikkilamchi bo‘shlig‘iga ochiladi. Ikkilamchi bo‘shliqning ichki devori yaqinida har qaysi naycha qarshisiga arteriya keladi. U mayda tarmoqlarga bo‘linib chigal hosil qiladi va suyuqlik qondan naychalarga so‘riladi. Bosh buyrak juda qisqa vaqt (40-50 soat) ichida navbatdagi davrga mesonephros ga o‘tadi.
Birlamchi buyrak (Volf tanasi) (mesonephros) homila hayotining uchinchi haftasida oxirgida ko‘krak va bel segmentlari nefrotomlaridan rivojlanadi va 25-30 ta buralma naychalardan iborat bo‘ladi. Birlamchi buyrak naychalari berk uchi kengayib kapsula hosil qiladi. Bu kapsulaga tomirli chigal o‘sib kirib, buyrak
tanachasi hosil bo‘ladi. Naychaning ikkinchi uchi boshlang‘ich buyrak nayiga qo‘shiladi va mezonefros (volf) nayi (ductus mesonephricus) nomini oladi. Birlamchi buyrak homila hayotining ikkinchi oyi oxirida o‘z vazifasini ado etib, uchinchi davrdagi doimiy buyrak paydo bo‘ladi. Volf nayi saqlanib qoladi va tanosil a‘zolar taraqqiyotida ishtirok etadi.
Doimiy buyrak (metanephros) homila hayotining 2-oyi oxirida ikki xil manbadan: metonefrogen to‘qimadan va mezonefros nayining siydik nayi o‘simtasini proksimal uchidan alohida-alohida rivojlanadi. Siydik nayi o‘simtasi yuqori tomonga metanefrosga qarab o‘sadi va uchi kengayib buyrak jomini hosil qiladi. Buyrak jomi ikkiga bo‘linib katta kosachalarni, ular o‘z navbatida shoxlanib kichik kosachalarni va ularga qo‘shilgan buyrak naychalarini hosil qiladi. Bularning hammasi metonefrogen to‘qima bilan o‘raladi. Bu to‘qimadan buyrak naychalari (nefron naychalari) hosil bo‘ladi. Homila hayotining 3-oyida doimiy buyrak birlamchi buyrak o‘rnini oladi. Doimiy buyrakning taraqqiyoti bola tug‘ilganidan so‘ng tugallanadi.
Siydik yo‘li mezonefral nayning o‘simtasidan hosil bo‘ladi. Bu o‘simtaning kaudal uchi mezonefral naydan ajrab, qovuqning mezonefral nayning kaudal qismidan hosil bo‘ladigan sohasiga ochiladi.
Qovuq homila hayotining 7-haftasida kloaka, allantois va mezonefral naylarni kaudal qismining o‘zgarishidan hosil bo‘ladi. Homila hayotining 2-oyida qovuq tubi va uchburchagi allantoisni pastki qismi bilan mezonefral naylarning quyadigan qismlaridan, tanasi esa allantoisning o‘rta qismidan hosil bo‘ladi. Allantoisni pastki qismi esa siydik chiqarish nayiga aylanadi.
Siydik ajratish a‘zolari taraqqiyotida ham turli xil o‘zgarishlar uchrab turadi. Bular buyraklar miqdorini o‘zgarishi, buyraklar joylashishini o‘zgarishiga bo‘linadi. Ba‘zan buyraklar uchta bo‘ladi. Bunda qo‘himcha buyrak doimiy buyraklardan birining ostida yoki ikki buyrak o‘rtasida, umurtqalar tanasining oldida joylashgan bo‘ladi. Ba‘zida esa ikki buyrak o‘rnida bitta kattalashgan buyrak hosil bo‘lishi mumkin.
Buyraklarning joylashishini o‘zgarishi (distopiya) ham birnecha holatda bo‘lishi mumkin. Buyrak pastki bel umurtqasi, yonbosh chuqurchasi va chanoq bo‘lig‘ida ham joylashishi mumkin. Bu hollar bir tomonlama yoki ikki tomonda uchrashi mumkin. Agar ikkala buyrak past joylashgan bo‘lsa, ularning uchlari o‘zaro qo‘shilib, taqasimon buyrak hosil bo‘ladi.
Qov simfizi sohasida suyaklari o‘zaro birikmay qolsa, qovuq old tomondan ochiq qolishi mumkin (ectopia vesicae). Bu anomaliya ko‘pincha siydik chiqaruv nayining bitmasligi (hypospadia penis) bilan birga uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |