O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Qonning fizikaviy-kimyoviy xossalari



Download 0,74 Mb.
bet7/138
Sana29.01.2022
Hajmi0,74 Mb.
#416229
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138
Bog'liq
maruza-конвертирован

Qonning fizikaviy-kimyoviy xossalari.


Qonning fizikaviy-kimyoviy xossalari. Qonni kolloid – polimer eritma deb hisoblash mumkin. Unda erituvchi sifatida suv bо‗lsa, erigan moddalarni tuzlar va kichik molekulali organiq moddalar tashkil qiladi. Kolloid qismi esa oqsil va ularning kompleks birikmalaridan iborat.


Qondagi kolloid eritma va shaklli elementlar muallaqligi ma‘lum darajada yopishqoqlikni hosil qiladi. Plazmaning yopishqoqligi 1,7– 2,2, butun qonniki esa 5,0. Organizm kо‗p miqdorda su v yо‗qotsa (qattiq terlash yoki ich ketishi natijasida) qonning yopishqoqligi ortib, qon aylanishi buzilishi mumkin.
Qonning solishtirma og‗irligi 1,060– 1,064, plazmaniqi esa 1,025– 1,034. U juda kam о‗zgaradi.
Qonning osmotik bosimi. Hujayralar, shu jumladan qon hujayralari ham yarim utkazgich membranaga ega. Bu membranadan suv ikki tomonga tо‗siqsiz bemalol о‗tadi, suvda erigan moddalar esa о‗tmaydi.
Qon plazmasida erigan turli moddalarning kо‗p qismini tuzlar tashkil qiladi. Anorganiq tuzlarning plazmada erigan miqdori 0,9%. Qonning osmotik bosimi ana shu tuzlarga bog‗liq. Osmotik bosim deganda suvni tuzlar miqdori kamroq bо‗lgan eritmadan yarim о‗tkazgich membrana orqali tuzlar miqdori kо‗proq bо‗lgan eritmaga о‗tishini ta‘minlovchi kuch nazarda tutiladi. Suvning qon va tо‗qima suyuqligidan hujayralarga о‗tishi va ulardan tashqariga chiqishi osmotik bosimga bog‗liq. Osmotik bosimning doimiyligi hujayra faoliyatining mu‘tadil bо‗lishini ta‘minlovchi zarur shart hisoblanadi.
Odam qonining osmotik bosimi kam о‗zgaradi, 7,8 atmosferani (simob ustunining 5 600 mm yeki 754 kPa) tashkil qiladi.
Osmotik bosimi qonning osmotik bosimiga teng bо‗lgan eritmalar izotonik eritmalar, deyiladi. Bunday eritmalarda qon va boshqa hujayralarning hajmi ularning ichiga suv kirishi yoki ichidagi suvning tashqariga chiqishi tufayli uzgarmaydi.
Osmotik bosimi qonnikidan yuqori bо‗lgan eritmalar gipertonik eritma, deyiladi. Gipertonik eritmada hujayralar ichidagi suv chiqib ketishi natijasida bujmayib qoladi.
Gipotonik (osmotik bosimi qonnikidan past bо‗lgan) eritmalarda hujayralar shishib ketadi. Bunga suvning eritmadan hujayra ichiga о‗tishi sabab bо‗ladi.
Organizmda qon va boshqa ichki muhit suyuqliklarining osmotik bosimini bir meyorda ta‘minlab turadigan mexanizmlar mavjud. Birinchi galda bu vazifani plazma oqsillari bajaradi. Qonda ionlar konsentrasiyasi oshib, osmotik bosim kо‗tariladigan bulsa, oqsillar bu ionlarni о‗ziga biriktirib oladi va osmotik bosimni pasaytiradi. Aks holda, qonning osmotik bosimi pasayib ketganda, oqsillarga bog‗liq bо‗lgan ionlar erkin holga о‗tadi va osmotik bosim ko‘tariladi. Bundan tashqari, qon tomirlar devorida, tо‗qimalaoda, gipotalamusda osmotik bosim о‗zgarishini si qvchi maxsus reseptorlar bor. Ularning qо‗zg‗alishi reflektor yо‗l bilan buyraklar va ter bezlari faoliyatini uzgartiradi. Qonning osmotik bosimi pasayganda ajraladigan suv miqdori kо‗payadi, osmotik bosim kо‗tarilganda tuzlar kо‗plab ajrala boshlaydi.
Onkotik bosim. Qon plazmasida talaygina miqdorda oqsil va boshqa kolloid holdagi moddalar bor. Ular ham osmotik bosim hosil qiladi. Qonning kolloidlarga bog‗liq osmotik bosimi onkotik bosim, deyiladi.
Onkotik bosim о‗rtacha 30 mm simob ustuniga teng yoki qon umumiy osmotik bosimining 1/200 qismini tashkil qiladi. Juda kichik bо‗lishiga qaramay, onkotik bosim kapillyarlardagi qon va tо‗qima suyuqligi о‗rtasidagi suv almashinuvida hal
qiluvchi ahamiyatga ega. Bu almashinuvni ikki kuch ta‘minlaydi. Birinchisi, kapillyardagi qonning gidrostatik bosimi, kapillyarning arterial uchida bu bosim s.
u. 35 mm ga teng bо‗lib, qon kapillyarning venoz qismiga yetguncha s. u. 25 mm gacha pasayadi. Qonning gidrostatik bosimi kapillyardan tashqariga qaratilgan. Ikkinchi kuch – qonning onkotik bosimi, u suvning tomirda saqlanib turishini ta‘minlaydi. 30 mm. s. u. teng bо‗lgan onkotik bosim deyarli о‗zgarmaydi. Suvning qondan tashqariga chiqishi va qaytib kapillyarga о‗tishi shu ikki nisbatga bog‗liq: kapillyarning arterial qismida gidrostatik bosim onkotik bosimdan yuqori - suv tо‗qimaga о‗tadi; venoz qismida onkotik bosim gidrostatik bosimdan baland – suv qonga qaytadi. Shu tarzda kon va tо‗qima suyukligi о‗rtasida uzluksiz ravishda suv almashinuvi sodir bо‗lib turadi.
Qonning faol reaksiyasi va bufer tizimlari. Qonning faol reaksiyasini vodorod (H+) va gidroksil (OH-) ionlarning miqdori belgilaydi. Bu reaksiyani vodorod kо‗rsatkichi – pH ifodalaydi. Qonning faol reaksiyasi g‗oyat muhim ahamiyatga ega, chunki almashinuv jarayonlari faqat muayyan reaksiyadagina mu‘tadil о‗tadi.
Odam arterial qonining pH 7,4, venoz qonning pH esa karbonat kislotasi ko‘proq bо‗lganidan 7,35. pHning salgina о‗zgarishlari (0,1– 0,2 ga) ham uzoq davom etishi mumkin emas. Qonning о‗zgargan faol reaksiyasi tezda tiklanmasa, organizm halok bо‗ladi. Qonga ishqoriy va kislotali tabiatga ega moddalar uzluksiz ravishda qо‗shilib turishiga qaramasdan, uning pH muqim saqlanadi. Bunga erishishning uch yо‗li ma‘lum: 1) qonning bufer tizimlari yordamida; 2) CO2 ni о‗pka orqali chiqarish yо‗li bilan va 3) buyraklar orqali kislotalar ajralishini kо‗paytirish, ishqoriy moddalarni saqlab qolish yо‗li bilan.
Qonning pH doimiyligiga xavf tug‗ilganda birinchi galda bufer tizimlari ishga tushadi. Bunday tizimlardan qonda turtta: karbonat, fosfat, plazma oqsillari va gemoglobinning bufer tizimi mavjud.
Karbonat bufer tizimi kuchsiz karbonat kislota (H2CO3) va bu kislotaning kuchli asoslar bilan hosil qilgan tuzlaridan (NaHCO3, KHCOz) iborat. Qonda karbonat kislotadan kuchliroq kislota paydo bо‗lsa, uning anioni natriy yoki kaliy kationi bilan birikib, neytral tuz hosil qiladi. Vodord HCOz- anioni bilan karbonat kislotasini hosil qiladi. Eritrositlardagi ferment karboangidraza karbonat kislotasining H2O va CO2 ga parchalanishini ta‘minlaydi, karbonat angidrid о‗pka orqali atmosfera havosiga chiqariladi.
Agar qonga ishqor tushsa, u karbonat kislota bilan birikib, bikarbonat va suv hosil bo‘ladi.Bu mumtoz bufer tizimning ahamiyati shundaki, u qon reaksiyasini bir qmda asli holiga keltiradi.
Fosfat bufer tizimi bir asosli (NaH2PO4) va ikki asosli (NaNPO4) fosfatlardan iborat. Dissosiasiyalanishi qiyin bо‗lgan bir asosli fosfat kislotalik xususiyatiga ega, ikki asosli tuz esa- kuchsiz ishqor. Qonga tushgan ishqorlar NaH2PO4 bilan, kislotalar esa ikki asosli fosfat bilan reaksiyaga kirishadi, natijada pH о‗zgarmay kolaveradi.
Amfoter xususiyatlarga ega bо‗lgan plazma oqsillari kislotalar bilan ishqor sifatida, ishqoriy moddalar bilan kislota sifatida reaksiyaga kirishib, qonning pH doimiyligini saqlashda ishtirok etadi.
Ammo bu jarayonda gemoglobin bufer tizimi asosiy rol о‗ynaydi. Gemoglobin bufer tizimiga qonning bufer sig‗imining 75% tо‗g‗ri keladi. Bu tizimni tiklangan gemoglobin (Hg) va gemoglobinning kaliy tuzi (KHg) tashkil qiladi. Vodorod ionlarining miqdori H2CO3 hisobiga kо‗payib ketsa, gemoglobinning tuzi kaliy ajratadi. HSOz- anioni bu kaliy bilan birikib, neytral tuz hosil qiladi. Vodorod esa gemoglobin bilan birikib, deyarli dissosiasiyalanmaydigan NNv ga aylanadi. Natijada vodorod ionlari bog‗lanadi va qonning pH о‗zgarmaydi.
Buyraklarning pH doimiyligini ta‘minlashdagi roli chiqaruv fiziologiyasiga bag‗ishlangan bobda kо‗riladi.
Qon faol reaksiyasining doimiyligini saqlovchi kuchli mexanizmlar mavjudligiga qaramasdan, vodorod kо‗rsatkich ba‘zi fiziologik va patologik holatlarda о‗zgaradi. pH ning ishqoriy tomonga о‗zgarishi alkaloz, kislotali tomonga о‗zgarishi asidoz deyiladi. Bu kо‗rsatkich 7,0 gacha pasaysa va 7,8 dan ortsa, organizm juda tez halok bо‗ladi.



    1. Download 0,74 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish