Nazorat uchun savollar
Vitaminlar tug‗risida umumiy tushuncha
Vitaminlar klassifikatsiyasi.
Yog‗da eruvchi vitaminlarni tushuntiring.
Alimentar va ikkilamchi avitaminozlar, gipovitaminozlarni tushuntiring.
Antivitaminlar haqida ma`lumot bering.
Mavzu: Energiya almashinuvi Reja:
Oziqlanish
Termodinamikaning birinchi qonuni
Modda va energiya almashinuvi
Oziq moddalardagi energiya miqdori
Oziqlanish
Oziqlanish - hayot davomida organizmning o‘sish va rivojlanishi, parchalangan hujayralar va to‘qimalar o‘rniga yangilarining hosil bo‘lishi, fiziologik vazifalarning bajarilishida sarflangan energiya o‘rnini to‘ldirishi va moddalar zahirasini yaratish uchun zarur moddalaning tashqi muhitdan tushib turish jarayonidir.
Oziqlanish jarayonida organizmga hayvonot va o‘simliklar mahsulotlari va suv tushib turadi. Bu mahsulotlarda yoki ozuqa ashyolarining parchalanishi tufayli energiya ajratuvchi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar bilan bir qatorda organizmda yuz beradigan kimyoviy jarayonlarni mo‘tadil bajarilishi uchun zarur bo‘lgan ammo energiya ajratmaydigan vitaminlar, mineral moddalar va suv saqlanadi.
Moddalar almashinuvi organizmga tashqi muhitdan tushib turadigan hayot uchun zarur bo‘lgan organik va anorganik moddalardan va ulardan foydalanish natijasida hosil bo‘lgan oraliq va oxirgi mahsulotlarni chiqarilishi kerak bo‘lgan jarayonlardan iboratdir. Organizm tarkibiga kiruvchi barcha moddalar doimo yangilanib turadi. Ular parchalanish mahsulotlaridan va organizmga ovqatlar bilan tushadigan moddalardan sintezlanadi. Moddalar almashinuvi ikki jarayonning: assimilyatsiya va dissimlyatsiyaning birligida namoyon bo‘ladi.
Tashqi muhitdan ichki muhitga tushgan barcha moddalar organizmning o‘zini tarkibiga kiradi. Ular atrofiyaga uchragan hujayralarni tiklanishini, organizmning o‘sishini, Gormonlar, fermentlar sintezini organizmning hayotiy faoliyatida ishtirok etuvchi boshqa organik moddalar sintezini va gidrolizini ta‘min etadi (oziqlarning plastiklik ahamiyati). Organizmga tushayotgan moddalar parchalanishi natijasida o‘zlarida mavjud bo‘lgan potensial energiyani ajratadi va organizmni hayotiy vazifalarini ta’min etuvchi boshqa turdagi energiyalarga aylantiradi (ozuqalarning energiyaviy ahamiyati). Assimlyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlarida hosil
bo‘luvchi zaharli moddalar organizmda zararsizlantiriladi va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, undan ter, siydik va najas tarkibida chiqariladi. Organizm ichidagi ozuqaviy moddalarning o‘zgarishi oraliq yoki intermediar moddalar almashinuvini tashkil etib, oqsillar, yog‘lar va uglevodlar almashinuvini
o‘z ichiga oladi.
Tirik organizmdagi har qanday jarayonlar energiya ajralishi bilan kechadi. Energiya ajralishi organizmning ish bajara olishidan dalolat beradi. Energiyalaning xossalarini va tizimda ularning o'zgarishini fizikaning maxsus bo‗limi termodinamika o'rganadi. Atrof muhitdan shartli ravishda ajratib olingan mavjudotlar majmui termodinamik tizim deyiladi. Termodinamik tizimni alohida, yopiq va ochiq turlarga bo'ladilar. Alohida yoki ajratib olingan tizimga kiruvchilarning energiya va massasi o'zgarmaydi, ular atrof-muhit bilan modda va energiya almashmaydilar. Yopiq tizimda atrof-muhit bilan energiya almashadilar, lekin modda almashmaydilar, shuning uchun ularning massasi doimiy o‗zgarmas holda bo'ladi. Ochiq tizimda esa atrof-muhit bilan ham modda, ham energiya almashinuvi sodir etiladi. Termodinamika nuqtai nazaridan tirik organizmlar ochiq termodinamik tizimga kiradilar, chunki ular hayoti davomida tashqi muhit bilan tinimsiz modda va energiya almashinuvida bo'ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |