Mavzu: OLIY NERV FAOLIYATI FIZIOLOGIYASI
Reja:
Kirish
Shartsiz refleks va instinktlar haqida tushuncha.
Shartli reflekslar va ularni hosil qilish qoidalari.
Shartli refleslar tormozlanishi va ularning turlari.
Dinamik stereotip.
Uyqu, tush va gipnoz.
Tayanch so‗zlar: refleks, shartsiz, shartli, miya po‗stlog‗i, ta‘sirlovchi, signal, qo‗ng‗iroq, ovqat, tormozlanish, xolerik sangvinik flegmatik melanxolik xotira, tush, gipnoz.
Nerv sistemasi organizm uning muhiti ―somatik nerv sistemasi ― va uning cheksiz organlari ―autonomic yoki vegetative nerv sistemasi bilan bog‘langan. Somatic nerv sistemasining xususiyatlari his- tuyg‘ularini anglash tushunish, ixtiyoriy ko‘chish, ma‘lumotlarni tezlikda almashtirish tarqatishdan iboratdir. Vegetativ nerv sistemasi bir tomondan doimiy ravishda gomeostassni ayni holicha muozatda saqlashga va tabiiy muhit zaruratidan kelib chiqib organ funksiyasining o‘zini o‘zi tartibga solish idora etishga javobgar. Somatic va outomotic nerv sistemasi miyadan tanaga boradigan impuls mitoz bog‘lanishi singari sensorlik markazga intilishni o‘z ichiga oladi. Markazga intiluvchi o‘tkazuvchanlik tevarakdagi organlarda markazga ―miyaga‖ o‘tkazilganda yuz beradi. Keyingi o‘tkazuvchanlik bo‘lsa markazdan boshqa joyga skelet muskuli, yumshoq muskul o‘tkazganda sodir bo‘ladi. Nerv sistemasi taqsimlanishiga ko‘ra va markaziy peripheral nerv sistemasiga bo‘linadi. Markaziy nerv sistemasi miya va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Peripheral nerv sistemasi beach somatic va outomotic nervlarni, nerv to‘qimalarini kolleksiyasini o‘z ichiga oladi.
Oliy nerv faoliyati fiziologiyaning asosiy bo‗limlaridan biri bo‗lib, oxirgi paytlarda o‗zi alohida fan bo‗lib chiqqan. Bu fanga asos soluvchilardan I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, keyinchalik ularning shogirdlari Krasnogorskiy, Bikov, Frolov, Asratiyan, Anoxin va boshqa olimlarning xizmatlari katta bo‗lgan. Oliy nerv faoliyati katta yarim sharlar po‗stlog‗i va o‗ngi yaqin tizimlarning muqarrar ishtiroki bilan yuzaga chiqadigan murakkab reflektor reaksiyalarda namoyon bo‗ladi. Shu faoliyat natijasida organizm bilan tashqi muhit o‗rtasida o‗zaro aloqadorlik mavjud bo‗ldi. Bosh miya faoliyatining reflektor xarakteri haqidagi tasavvurni 1 chi bo‗lib I.M.Sechenov o‗zining «Bosh miya reflekslari» (1853) deb ataluvchi mashhur kitobida keng va mukammal asoslab bergan (1 chi nomi «Psixik protsesslarga fiziologik asoslar kiritish yo‗lidagi urinish» deb nomlangan). Sechenovning ilmiy g‗oyalari I.P.Pavlovning ajoyib asarlarda izchil eksperimental metodlar bilan tekshirishlar orqali yanada boyitildi va rivojlantirildi. Ularga qadar olimlar «ruhiy» faoliyatni tekshirishning yo‗llarini bilmas edilar va unga o‗sha davr yo‗l ham bermas edi. A.Pavlovning fiziologiya sohasidagi va butun tibbiyot
ilmidagi juda ulkan xizmatlari shundan iborat ediki, u murakkab psixik hodisalarni tekshirish uchun ob‘ektiv fiziologik metodni – shartli reflekslar metodini yaratdi.
Shartsiz refleks va instinktlar haqida tushuncha. Organizmni o‗zi yashashga moslashgan tashqi muhitdan ajratib bo‗lmaydi. Bir butun bo‗lgan organizmning tashqi muhit bilan aloqadorligi xilma-xil bo‗lib, turli funksional tizimlar (ovqatlanish, nafas, ajratish) orqali amalga oshiriladi. Bu tizimlar ichida eng muhimi nerv tizimidir. Oliy nerv faoliyati deb, nerv tizimining organizmining tashqi muhit bilan o‗zaro munosabatlarini yuzaga chiqarishga faoliyati ataladi. Oliy nerv faoliyati reflektor faoliyatlir. Bu faoliyat organizmning tashqi muhit o‗zgarishlariga moslashishini ta‘minlaydi. Bunga eng avvalo, nasldan-naslga reaksiyalar yordamida erishiladi. Avlodlar tajribasi asosida filogenezda hosil bo‗lgan moslashish reaksiyalariga sodda shartsiz reflekslar va instinktlar, ya‘ni murakkab shartsiz reflekslar kiradi.
Shartsiz refleks tug‗ma bo‗lib, retseptor sohasi adekvat ta‘sirlaganda qonuniy ravishda ma‘lum reflektor yoy bo‗ylab rivojlanadigan reaksiya hisoblanadi. Bu reflekslar turli xildagi somatik visseral va vegetativ jarayonlarni birlashtirib, organizm ichki muhitining doimiyligi saqlanishi va uning tashqi muhit bilan o‗zaro bog‗lanishlarini ta‘minlaydi. Shartsiz reflekslar juda xilma-xil, ularning turlari va tasnifi to‗g‗risida yuqorida aytib o‗tilgan edi. Organizmning hayotida, uning muhit o‗zgarishlariga moslashishida sodda shartsiz reflekslar bilan bir qatorda instinktlarning ham ahamiyati katta. I.P.Pavlov bularni murakkab shartsiz reflekslar, deb ifodalagan. Instinktlar maqsadga erishishga qaratilgan xatti-harakatlarning tug‗ma turi bo‗lib, ular ontogenetik rivojlanish jarayonida ro‗yobga chiqadi va turning har bir namoyondasida tegishli rag‗bat yoki sharoit yuzaga kelgan, o‗zgarmas holda kuzatiladi. Ovqatlanish,, taqlid qilish, ko‗payish va boshqa instinktlar individual hayotda va turni saqlanishida muhim rol o‗ynadi.
Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslardan farqi shundaki, ular bir nechta reflektor harakatlardan iborat bo‗ladi. Instinktning asosini va uning birinchi bosqichini organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil qiladi. Bu ehtiyoj (ochlik jinsiy qo‗zg‗alish, qurqish) ma‘lum intilishni (motivatsion) shakllaydi va unga erishish uchun organizm bir qator stereotip (doim bir xil bo‗lgan) xatti-harakatlarni bajaradi.
Shartli reflekslar va ularni hosil qilish qoidalari. Shartli refleksni shartsiz reflekslar asosida ma‘lum qonun-qoidalarga rioya qilgan taqdirdagina yuzaga chiqarish mumkin.
Shartli refleks hosil qilish uchun shartli signal (bu shartsiz refleks uchun befarq ta‘sirot, masalan, qo‗ng‗iroq) shartsiz ta‘sirot (ovqat) bilan bog‗langan holda takroran qo‗llanilishi kerak.
Shartli signal shartsiz ta‘sirotdan sal oldin berilishi zarur.
Shartli signal shartsiz ta‘sirotga nisbatan kuchsizroq bo‗lishi kerak. (Shartli signalning biologik ahamiyati shartsiz ta‘sirotning biologik ahamiyatidan kamroq bo‗lishi kerak).
Shartli refleks hosil qilish uchun markaziy nerv tizimi faol bo‗lishi kerak.
Shartli refleks hosil qilish jarayonida bosh miya po‗stlog‗i yot ta‘sirotlardan mutlaqo bo‗lishi lozim. Shartli reflekslarni tasnif qilishning bir nechta tamoyili bor.
Shartsiz ta‘sirotning biologik ahamiyati jihatidan hayotiy (ovqatlanish, himoya va boshq) zooijtimoiy (jinsiy, otaliq, o‗z hududini himoya qilish) va o‗z-o‗zini rivojdantirish (tadqiqot, taqlid qilish, o‗yinlar o‗ynash) shartli reflekslar ajratiladi. Shartli reflekslarni organizmnig har bir faoliyatiga bog‗lash mumkin. Faoliyatlarga ko‗ra, ikkita katta guruh - harakat va vegetativ shartli reflekslar tafovut qilinadi. Harakat reaksiyalari asosida juda ko‗p asboblarni ishlatishni talab qiladigan (instrumental) shartli reflekslar hosil qilish mumkin. Ba‘zan bunday reflekslar shartsiz refleksning nusxasiga, ba‘zan xohish bilan bajariladigan hatti-harakatlarga o‗xshab ketadi. So‗lak ajralishi shartli refleksi mumtoz vegetativ shartli refleks hisoblanadi. Barcha ichki a‘zolarning faoliyatini shartli reflektor nazoratga olish mumkin.
Shartli refleksni hosil qilish jarayonida shartli signalni qabul qiluvchi retseptorga qarab, ekstroretseptiv, interoretseptiv va proprioretseptiv shartli reflekslar ajratiladi.
Shartli reflekslarning hosil bo‗lish mexanizmlari. Shartli refleks vujudga kelishi uchun miya po‗stlog‗idagi shartli signalni qabul qiluvchi markaz bilan shartsiz refleks markazlari o‗rtasidagi vaqtincha aloqa o‗rnatilishi kerak. Shartli refleks hosil qilinishi jarayonida bajariladigan ishlarni va sodir bo‗ladigan hodisalarni tasavvur qilib ko‗raylik. Birinchidan, ma‘lum shartsiz refleksni, masalan, ovqat ta‘sirida so‗lak ajralishi refleksini bo‗lajak shartli refleks uchun negiz qilib oldik deylik. Ikkinchidan, bu refleks uchun befarq (indefferent) bo‗lgan signalni, chunonchi, qo‗ng‗iroq tovushini shartli signal qilib olamiz. Shartli signalning o‗zi so‗lak ajralish chiqarmaydi.
Endi shartli signalni qo‗llab, qo‗ng‗iroq chalamiz va shuondayoq shartsiz refleksni chaqiramiz – itga ovqat beramiz. Bunda so‗lak bezlari qo‗zg‗alib, so‗lak ajrata boshlaydi. Bir necha kun davomida bir necha martadan shartli signalni ovqat bilan bog‗liq holda qo‗llasak shartli signalning o‗ziyoq (qo‗ng‗iroq) ovqat berilmasdi, so‗lak ajralishini yuzaga keltiradi. Nima uchun so‗lak bezlari uchun befarq qo‗ng‗iroq, endi so‗lak ajralishiga sabab bo‗ladi? Gap shundaki shartli refleksni vujudga keltirish jarayonida har gal ikkita shartsiz refleks chiqariladi va miya po‗stlog‗ida ikkita markaz qo‗zg‗aladi. Birinchisi - qo‗ng‗iroqdan chiqqan tovushni chamalash refleksii hayvon qulog‗ining dikkayishi, boshning tovush kelgan tomonga burilishi va bir qator vegetativ o‗zgarishlar. Bu refleksning yuzaga chiqishi po‗stloqdan pastdagi (to‗rt tepalik) va po‗stloqdagi (chakka sohasi) markazlarning qo‗zg‗alishiga bog‗liq.
Ikkinchisi – ovqat ta‘sirida yuzaga chiqadigan so‗lak ajralishi refleksi. Uning yuzaga chiqishi ham po‗stloqdan pastdagi va po‗stloqdagi markazlarning qo‗zg‗alish natijasi hisoblanadi. Demak shartli refleksni vujudga keltirish jarayonida har tajribada miya po‗stlog‗ining ikkita markazida qo‗zg‗alish rivojlanadi: birinchisi shartli signal markazi, ikkinchisi – shartsiz refleks markazi. Ammo, avval bu markazlar o‗rtasida aloqa bo‗lmagan. Shatrli signal shartsiz ta‘sirot bilan deyarli bir vaqtda berilish ko‗p marta takrorlanganidan keyin bu markazlar o‗rtasida ma‘lum o‗zaro munosabatlar rivojlanib, vaqtincha aloqa o‗rnatiladi. I.P.Pavlovning fikricha, miya po‗stlog‗ida ayni bir vaqtning o‗zida ikki sohada qo‗zg‗alish paydo bo‗lishi qo‗zg‗alish jarayoni kuchsizroq bo‗lgan uchoqdan
(shartli signal qo‗zg‗alish hosil qilgan sohadan) kuchliroq qo‗zg‗alib, dominant bo‗lib qolgan soha (shartsiz refleks markazi) tomon harakat qilishiga olib keladi. Bu qo‗zg‗alish jarayonining bunday harakatlari takrorlanaverilganidan keyin miya po‗stlog‗ining bir sohadan ikkinchi sohasiga qaratilgan yo‗l ochilib, ular o‗rtasida vaqtincha aloqa o‗rnatiladi. Endi shartli signal faqat o‗z markazini emas, balki shartsiz refleks markazini ham qo‗zg‗atadi, boshqacha aytganda shartli refleks vujudga keladi.
Shartli reflekslar tormozlanishini va ularning turlari. Tashqi tormozlanish. shartli refleks nozikligi va o‗zgaruvchanligi bilan shartsiz refleksdan farq qiladi. Turli xildagi yot ta‘sirotlar shartli refleksning susayishiga va tormozlanishiga olib keladi. Masalan, shartli ovqatlanish refleksini paydo qilishdan oldini qandaydir yot ta‘sirot paydo bo‗lsa refleks yuzaga chiqmaydi, u tormozlanadi.
Agar tajribadagi hayvonning biror joyi og‗risa, qovug‗i to‗lib ketsa, biror narsadan bezovtalansa ham shartli refleks tormozlanadi. Bu tormozlanishni shartli refleksga yot bo‗lgan tashqi ta‘sirot chiqaradi. Shuning uchun u tashqi tormozlanish, deb ham ataladi.
Chegaradan tashqari tormozlanish. Agar shartli refleksni yuzaga chiqaradigan shartli signal haddan tashqari kuchli bo‗lsa, shartli refleks vujudga kelmaydi. I.P.Pavlovning fikricha, bu tormozlanish nerv hujayralarini haddan tashqari kuchli ta‘sirot shikastlashidan saqlaydi. Tashqi tormozlanish ham, chegaradan tashqari tormozlanish ham nerv tizimining tug‗ma xossalariga bog‗liq. Shu sababli, I.P.Pavlov ularni shartsiz tormozlanish deb atagan. Yuqorida aytib o‗tilgan shartsiz tormozlanish ta‘sirotni birinchi marta qo‗llanganidayoq kuzatiladi. Shartli tormozlanishni esa hosil qilish kerak. I.PPavlov shartli tormozlanishni to‗rt to‗rga: so‗nish tormozlanishi, farqlash tormozlanishi, shartli tormoz va kechikish tormozlanishiga bo‗lgan. So‗nish tormozlanishi. Shartli refleks o‗zoq vaqt saqlanib turishi uchun uni vaqti-vaqtida shartsiz ta‘sirlovchi bilan mustahkamlab turish kerak. Shartli signalning o‗zi bar necha bor qo‗llaniladigan bo‗lsa, ilgari hosil qilingan pirovardida batamom yo‗qolib ketadi. Shundan keyin shartli signal bir necha kungacha ko‗llanilmasa, so‗ngan shartli refleks o‗z-o‗zidan tiklanish mumkin. Shartli signal shartsiz ta‘sirot bilan mustahkamlansa, shartli refleks bir necha bor takrorlanganidan so‗ng tiklanadi. Shartli refleksning so‗nishi katta biologik ahamiyatga ega. Mustahkamlanmagan shartli refleks moslashish uchun o‗z ahamiyatini yo‗qotadi. Binobarin organzm kerak bo‗lmay qolgan refleksdan hosil bo‗ladi.
Dinamik stereotip. Miya po‗stlog‗ining faoliyatini stereotip shaklida vujudga keladigan shartli reaksiyalar misolida ham ko‗rish mumkin. Bu usulda shartli refleks hosil qilish bir necha tarkibiy qismdan iborat bo‗lgan shartli signalni o‗zgarmas (ularning kusi, tartibi va oraliqlaridagi vaqt davomiyli bir xil bo‗lgan) holda qo‗llashda iborat. Ammo, bir nechta shartli signallarni birlashtirib, ulardan stereotip signal hosil qilishdan avval, bularning har qaysisiga, masalan yorug‗lik metronom – 120 (tebranish chastotasi 120 / sek) ko‗ng‗iroq, metronom – 60, xushtaka so‗lak ajralish shartli refleksi vujudga keltiriladi. Kiyoslash (differensirovka chiqish) uchun qo‗llagan metronom – 60 dan tashqari hamma signallar ijobiy ta‘sir ko‗rsatib so‗lak ajralashiga olib keladi. Ammo, har qaysi shartli signalga uning o‗ziga xos miqdorda
so‗lak ajraladi. Endi bu signallar ma‘lum tartibda, biri ikkinchisidan 5 daqiqa kechiktirilib qo‗llaniladi. Musbat natija beradigan signallar o‗zi uchun xos bo‗lgan miqdorga ajratadi, metronom – 60 esa so‗lak ajralishiga olib kelmaydi. Tajriba shu tartibda bir necha kun takrorlanib turilsa, miya po‗stlog‗i faoliyatida strereotiplik paydo bo‗ladi.
Nazorat savollari
Shartli refleks va instinktlarning qanday farqlari bor?
Shartli reflekslar qanday hosil qilinadi va mexanizmi qanaqa?
Shartli reflekslarning tormozlanishi va turlarini tushuntiring.
Oliy nerv faoliyatining qanday tiplari mavjud?
Do'stlaringiz bilan baham: |