O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik universiteti


Idrok tushunchasining yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya



Download 2,52 Mb.
bet57/118
Sana28.01.2022
Hajmi2,52 Mb.
#414767
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118
Bog'liq
Psixologiya UMK

Idrok tushunchasining yuqori bosqichi esa appertsentsiya deyiladi. Appertseptsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir.
Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o’zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o’zini ilm saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar.
Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o’simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko’rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug’chilik shaklida namoyon bo’ladi. Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlarni aks ettiradi.
Materialni muvaffaqiyatli idrok qilishning yana bir muhim sharti ko‘rgazmali qurollardan foydalanishdir. Ikki ko‘rsatkich barmoqlaringizni ko‘zlaringizdan chamasi besh duyum masafoda tuting va barmoqlaringiz orasi yarim duyum bo‘lsin. Shu holatda barmoqlaringizga qarang va natijaga e’tibor bering. Endi barmoqlaringizni uzoqroqqa siljiting. Bizning ko‘z qorachig‘larimiz biroz turlicha tasvirda ko‘radilar. Miya bu ikki tasvirnisolishtirsa, ularni orasidagi farq ularning tushunarsiz tengsizligini bildiradi.
3D ijodkorlari bir necha duyum masofada turgan kameradan tengsiz tasvirlarni tasvirga olishdi. Tasvirni biz maxsus ko‘zoynak orqali ko‘rganimizda chap ko‘zimiz chap kamerada olingan tasvirlarni ko‘radi, o‘ng ko‘zimiz esa o‘ng kamerada olingan tasvirlarni ko‘radi. Tasvir ularni normal holatda ko‘rsatadi. Yoki ikkala kamera bilan samolyotda er xaritasini 3D orqali rasmga olganda u tasvir ham bir xil holatda bo‘ladi. Qanday qilib biz odamning 10 metr yoki 100 metr uzoqlikda turganligini aniqlay olamiz. Kampusning zinalari qoraga bo‘yalsa uzoqroq ko‘rinadi, aksincha oq rang bilan bo‘yalsa u ancha yaqinroq bo‘lib ko‘rinadi (13-rasm). Tasvirni pastga teskariga o‘zgartirsak qora ranglar erga aylanadi. Agar o‘lchamni biz ikkita bir xil o‘lchamdagi ob’ekt deb solishtirsak, ko‘plab odamlar uzoqda turgan ob’ektni kichkinaroq deb idrok qilishadi. Tasvir boshqa ob’ektlar orasida bo‘lsa ya’ni biz ko‘rayotgan tasvir boshqa biron tasvir bilan to‘sib (bloklab) qo‘yilsa u bizga ancha yaqin ko‘rinadi va biz uni shunday idrok qilamiz. Bu holat ushbu rasmdagi manzarani yaratadi.22
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo’lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi.
Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo’lib, ba’zan qo’rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig’idagi qo’zg’alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin.
Gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko’rinishga ega bo’lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:

  • yo’q narsalarningko’zga ko’ri nishi;

  • u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;

  • yo’q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.

Illuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto’g’ri - noadekvat, yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir.
Ba’zan psixologik fanida noto’g’ri idrok qilishga olib keluvchi qo’zg’atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» - tashqi tuzilishida o’xshashlik, o’zaro o’xshashlik, joylashuvda yondashuvlik) o’zi ham illuziya deb ataladi. Idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo’ya olishga, unga berilgan ustanovkaga uzviy bog’liq holda irodaviy boshqarilish xususiyatiga egadir.
Quyidagi bir nechta rasmlarda ko’rish ilyuziyalariga misollar keltirilgan.

Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo’lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi.


Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga qaratsak (bu biroz qiyin bo’lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o’girilib turgan shimol xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili yoki shunchaki qishning sovug’ida qalin kiyingan kishining tasvirini ko’rishimiz mumkin.


Shu kabi ko’rish illuziyalariga misol bo’la oladigan rasmlarni hayotimizda juda ko’p uchratishimiz mumkin. Ularni ko’rganingizda rasmlaga qarab, biroz mulohaza yuritib ko’ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo’ladigan illuziyalar nafaqat fon va undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga ham bog’liq bo’ladi.


6-MA’RUZA. TAFAKKUR VA MUSTAQIL FIKRLASH SHART-SHAROITLARI. IJODIY VA MANTIQIY FIKRLASH – SOG‘LOM MA’NAVIYA


VA E’TIQODNI TARBIYALASHNING OMILI SIFATIDA
Reja:




  1. Download 2,52 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish