O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

 

Aksiyadorlar 

yig



ilishi 

Direktorlar 

kengashi 

Ijrochi direktorlar 

va top-menejment 

Menejer va 

xizmatchilar 

Aksiyadorlar 

umumiy 

assembliyasi 

Nazorat kengashi 

Boshqaruv 

kengashi 

 

Ijrochi direktorlar 



va top-menejment 

Menejer va 

xizmatchilar 

Davlat 

 

 

Nazorat 

kengashi

 

Aksiyadorlar 



umumiy yig



ilishi 

Direktorlar 

kengashi 

 

Ijrochi 



direktorlar va 

bosh 


menejerlar 

Ish 


boshqaruvchi-

lar vakillari 

Menejer va 

xizmatchilar 

Bir 

pog‘onali 



(AQSh, Buyuk 

Britaniya) 

Ikki pog‘onali 

(Kontinental 

Yevropa) 

Xitoy 



 

76 


4.2. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va uning  

vakolat doirasi 

 

Umumiy  holda  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  eng  yuqori 



boshqaruv  organi  hisoblanadi.  Shundan  kelib  chiqqan  holda  eng 

avvalo  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishini  o‘tkazish  tartibi,  ko‘rib 

chiqiladigan  masalalar  va  qaror  qabul  qilish  tartibi  xususida 

atroflicha to‘xtalib o‘tamiz.  

Aksiyadorlik  jamiyatlarida  aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  har 

yili  o‘tkazilishi  shart.  Yillik  umumiy  yig‘ilish  esa  ustavida 

belgilangan  muddatlarda,  ammo  moliya  yili  tugaganidan  keyin  olti 

oydan  kechiktirmay  o‘tkaziladi.  Shuningdek,  ma’lum  bir  masalalar 

bo‘yicha  navbatdan  tashqari  umumiy  yig‘ilishlar  ham  o‘tkazilishi 

mumkin.  Barcha  oddiy  aksiyalar  bitta  aksiyadorga  tegishli  bo‘lgan 

aksiyadorlik  jamiyatlarida  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishi 

o‘tkazilmasligini ham alohida ta’kidlash lozim.  

Umumiy  yig‘ilishni  kuzatuv  kengashining  raisi,  u  uzrli 

sabablarga  ko‘ra  bo‘lmagan  taqdirda  esa,  kuzatuv  kengashining 

a’zolaridan biri olib boradi.  

Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishini  o‘tkazish  sanasi  va 

tartibi,  yig‘ilish  o‘tkazilishi  haqida  aksiyadorlarga  xabar  berish 

tartibi, 

aksiyadorlarning 

umumiy 


yig‘ilishini 

o‘tkazishga 

tayyorgarlik  vaqtida  aksiyadorlarga  beriladigan  materiallarning 

(axborotning) ro‘yxati kuzatuv kengashi tomonidan belgilanadi. 

Aksiyadorlar 

umumiy 


yig‘ilishining 

vakolat 


doirasiga 

quyidagilar kiradi: 

-  jamiyat  ustaviga  o‘zgartish  va  qo‘shimchalar  kiritish  yoki 

jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash; 

- jamiyatni qayta tashkil etish; 

-  jamiyatni  tugatish,  tugatuvchini  (tugatish  komissiyasini) 

tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;  

-  jamiyat  kuzatuv  kengashining  va  minoritar  aksiyadorlar 

qo‘mitasining son tarkibini belgilash, ularning a’zolarini saylash va 

a’zolarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 

- e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p miqdorini belgilash; 

- jamiyatning ustav kapitalini ko‘paytirish; 

- jamiyatning ustav kapitalini kamaytirish; 

- o‘z aksiyalarini olish; 




 

77 


- jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, ijroiya organini 

tuzish,  uning  rahbarini  saylash  (tayinlash)  va  rahbarning 

vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 

-  jamiyat  taftish  komissiyasining  a’zolarini  (taftishchisini) 

saylash  va  ularning  vakolatlarini  muddatidan  ilgari  tugatish, 

shuningdek  taftish  komissiyasi  (taftishchi)  to‘g‘risidagi  nizomni 

tasdiqlash; 

-  jamiyatning  yillik  hisobotini  va  yillik  biznes-rejasini, 

shuningdek jamiyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va maqsadidan 

kelib  chiqqan  holda  jamiyatni  o‘rta  muddatga  va  uzoq  muddatga 

rivojlantirishning  aniq  muddatlari  belgilangan  strategiyasini 

tasdiqlash; 

- jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;  

-  jamiyat  kuzatuv  kengashining  va  taftish  komissiyasining 

(taftishchisining)  o‘z  vakolat  doirasiga  kiradigan  masalalar 

yuzasidan,  shu  jumladan  jamiyatni  boshqarishga  doir  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  talablarga  rioya  etilishi  yuzasidan  jamiyat 

kuzatuv  kengashining  hisobotlarini  va  taftish  komissiyasining 

(taftishchisining) xulosalarini eshitish;  

-  jamiyat  tomonidan  korporativ  obligatsiyalar,  shu  jumladan 

aksiyalarga  ayirboshlanadigan  obligatsiyalar  chiqarish  to‘g‘risida 

qaror qabul qilish;  

- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror 

qabul qilish; 

-  jamiyatning  korporativ  obligatsiyalarini  qaytarib  sotib  olish 

to‘g‘risida qaror qabul qilish; 

- imtiyozli huquqni qo‘llamaslik to‘g‘risida qaror qabul qilish;  

-  aksiyalarni  joylashtirish  (qimmatli  qog‘ozlarning  birja 

bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini 

belgilash; 

- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash; 

- aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish; 

-  jamiyatning  ijroiya  organiga  to‘lanadigan  haq  va  (yoki) 

kompensatsiyalarni,  shuningdek  ularning  eng  yuqori  miqdorlarini 

belgilash; 

-  sho‘ba  va  tobe  xo‘jalik  jamiyatlari  bo‘yicha,  birlashish, 

qo‘shib  olish,  ajralib  chiqish  bo‘yicha  bitimlar  tuzish  to‘g‘risida 

qaror qabul qilish;  




 

78 


- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish. 

Aksiyadorlarning  yillik  umumiy  yig‘ilishida  jamiyatning 

kuzatuv kengashini va taftish komissiyasini (taftishchisini) saylash 

to‘g‘risidagi,  jamiyatning  yakkaboshchilik  asosidagi  ijroiya  organi 

(direktor), 

kollegial 

ijroiya 

organining 

a’zolari, 

ishonchli 

boshqaruvchi  bilan  tuzilgan  shartnomaning  muddatini  uzaytirish, 

uni  qayta  tuzish  yoki  bekor  qilish  mumkinligi  haqidagi  masalalar 

hal  etiladi,  shuningdek  jamiyatning  yillik  hisoboti  jamiyat  ijroiya 

organi 


va 

kuzatuv 


kengashining 

jamiyatni 

rivojlantirish 

strategiyasiga  erishish  bo‘yicha  ko‘rilayotgan  chora-tadbirlar 

to‘g‘risidagi hisobotlari va boshqa hujjatlari ko‘rib chiqiladi. 

Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan 

masalalar  ijroiya  organ  hal  qilishi  uchun  berilishi  mumkin  emas. 

Lekin aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolat doirasiga kiritilgan 

quyidagi  masalalar  kuzatuv  kengashi  zimmasiga  yuklatilishi 

mumkin: 


-  jamiyatning  ustav  kapitalini  ko‘paytirish,  shuningdek 

ustavga  jamiyatning  ustav  kapitalini  ko‘paytirish  hamda 

jamiyatning e’lon qilingan aksiyalari sonini kamaytirish bilan bog‘liq 

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish; 

-  aksiyalarni  joylashtirish  (qimmatli  qog‘ozlarning  birja 

bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini 

belgilash; 

-  korporativ  obligatsiyalar,  shu  jumladan  aksiyalarga 

ayirboshlanadigan  obligatsiyalar  chiqarish  to‘g‘risida  qaror  qabul 

qilish; 


- qimmatli qog‘ozlarning hosilalarini chiqarish to‘g‘risida qaror 

qabul qilish; 

-  korporativ  obligatsiyalarini  qaytarib  sotib  olish  to‘g‘risida 

qaror qabul qilish; 

-  jamiyatning  ijroiya  organini  tuzish,  uning  rahbarini  saylash 

(tayinlash), rahbarning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish; 

-  jamiyatning  ijroiya  organiga  to‘lanadigan  haq  va 

kompensatsiyalar miqdorlarini belgilash; 

- yillik biznes-rejani tasdiqlash. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish