Imtiyozli aksiyalar
– o‘z egalariga dividendlarni, shuningdek
jamiyat tugatilayotganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi
navbatda olish huquqini beradigan aksiyalar;
Investitsion kredit
– faoliyat yuritayotgan korxonalarda
loyihalar yoki dasturlarni amalga oshirishga yo‘naltiriladigan uzoq
muddatli kredit (kredit liniyasi);
Investor
– qimmatli qog‘ozlarni o‘z nomidan va o‘z hisobidan
oluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
IPO
– aksiyalarni ochiq obuna tartibida ommaviy joylashtirish
amaliyoti;
Jamiyatning boshqaruv organlari
– aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi, kuzatuv kengashi va ijroiya organi;
Kapital bahosi–
ma’lum bir kapital manbasidan foydalanish
hisobiga to‘lanishi lozim bo‘lgan umumiy summa va kapital hajmi
o‘rtasidagi nisbatning foizdagi ifodasi;
390
Do'stlaringiz bilan baham: |