Dividend siyosati
– korxonaning bozor qiymatini va
mulkdorlar turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning
iste’mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari o‘rtasidagi
proportsiyani optimallashtirishga yo‘naltirilgan korxona moliyaviy
siyosatining bir qismi;
Egasining nomi yozilgan qimmatli qog‘ozlar
– mulkiy
huquqlarning realizatsiya qilinishi o‘z egasining ro‘yxatdan
o‘tkazilishini talab etadigan qimmatli qog‘ozlar;
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar
– bitta chiqarilishi doirasida
bir xil belgilar va rekvizitlarga ega bo‘lgan, mazkur chiqarilish
uchun yagona shartlar asosida joylashtiriladigan hamda
muomalada bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlar;
Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarining yagona
davlat reyestri
– ro‘yxatdan o‘tkazilgan emissiyaviy qimmatli
qog‘ozlar chiqarilishlarining ro‘yxati;
Emitent
– emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqaruvchi va ular
yuzasidan qimmatli qog‘ozlarning egalari oldida majburiyatlari
bo‘lgan yuridik shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: |