Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish
– aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish,
bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish;
Aksiyadorlik jamiyatning ustav kapitali
– aksiyadorlar olgan
jamiyat aksiyalarining nominal qiymati yig‘indisi;
Aksiyalar bo‘yicha optsionlar yoki fond optsionlari
–
bazaviy aktivlari aksiyalar bo‘lgan optsionlar;
Aksiyalarni maydalash
– jamiyatning bir dona aksiyasini
xuddi shu turdagi ikki yoki undan ortiq aksiyasiga ayirboshlash;
Aksiyalarni yiriklashtirish
– jamiyatning ikki yoki undan
ortiq aksiyasini xuddi shu turdagi bitta yangi aksiyaga
ayirboshlash;
Aksiyalarning ochiq obunasi
– qimmatli qog‘ozlarning birja
bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida o‘tkazilishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |