209
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa
ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal
etiladi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
– huquqni tan olish;
– huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash va
huquqni buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga
keltiruvchi xatti-harakatlarning oldini olish;
– bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi
oqibatlarini qo‘llash;
– huquqini o‘zi himoya qilish;
– majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish;
– zararlarning o‘rnini qoplatish;
– neustoyka undirish;
– ma’naviy zararni kompensatsiya qilish;
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki o‘zgartirish orqali
amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya
qilish uchun ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan dividendlar
to‘lanmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish
bo‘yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki
minoritar aksiyadorlari qo‘mitasining murojaati asosida sudga
jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar
to‘lash majburiyatini yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga
haqli. Bunday da’voni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlariga
muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotgan davlat tashkiloti
mehnat jamoasi a’zolarining aksiyalarni olishga bo‘lgan huquqlarini
himoya qilish qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat
jamoasining a’zolariga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan aksiyalar
soni har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etishga
vakolatli bo‘lgan organ tomonidan belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta
tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning
210
huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda hal etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganda aybdor
shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, Jahon Banki guruhi har yili dunyo bo‘yicha
“Biznes yuritish” hisobotini e’lon qilib boradi. Mamlakatlarning
biznes yuritish bo‘yicha reytinglarini aniqlashda minoritar
aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish holatini ham hisobga oladi
va hisobotda aks ettiradi. Mazkur amaliyot ham o‘z-o‘zidan
minoritar aksiyadorlarni himoya qilish masalasiga har bir davlatda
jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Chunki minoritar aksiyadorlar
huquqlari ta’minlangan holatdagina investorlarning aksiyadorlik
kompaniyalari faoliyatiga kirib kelishi jadallashadi.
Jahon banki guruhi tomonidan minoritar aksiyadorlar
huquqlarini himoya qilish bo‘yicha reytingni aniqlashda quyidagi
ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi
49
:
10.1-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: