O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

10.2. Minoritar aksiyadorlar va ular  

huquqlarini himoya qilish 

 

Aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishida  ishtirok  etishi  va  ovoz 



berishi  yig‘ilish  kun  tartibidagi  masalalar  bo‘yicha  ovoz  berish 

natijalariga  ta’sir  o‘tkazmaydigan  aksiyalar  egalari 



minoritar 

aksiyadorlar

 hisoblanadi. 

Minoritar  aksiyadorlarning  huquqlari  va  qonuniy  manfa-

atlarini  himoya  qilish  maqsadida  jamiyatda  ularning  orasidan 

minoritar  aksiyadorlarning  qo‘mitasi  tashkil  etilishi  mumkin. 

Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining  tarkibiga  nomzodlar  bo‘yicha 

takliflar jamiyatga jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar bo‘yicha 

takliflar  kiritish  uchun  nazarda  tutilgan  tartibda  va  muddatlarda 

kiritiladi. 

Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining  a’zolarini  saylashda 

aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishida  hozir  bo‘lgan  va  jamiyat 

kuzatuv  kengashiga  nomzodlar  ko‘rsatmagan  yoxud  aksiya-

dorlarning  o‘tkazilayotgan  umumiy  yig‘ilishida  kuzatuv  kengashiga 

nomzodlari saylanmagan aksiyadorlar ishtirok etadi. 

Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining  tarkibiga  jamiyatning 

direktori,  boshqaruv  a’zolari,  shuningdek  jamiyatning  kuzatuv 

kengashiga  va  taftish  komissiyasiga  saylangan  shaxslar  kirishi 

mumkin emas. 

Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining  vakolatiga  quyidagilar 

kiradi: 


- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv 

kengashi  ko‘rib  chiqishi  uchun  kiritilayotgan  yirik  bitimlar  va 

affillangan  shaxslar  bilan  bitimlar  tuzishga  oid  masalalar  bo‘yicha 

takliflar tayyorlashda ishtirok etish; 

-  minoritar  aksiyadorlarning  o‘z  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  bog‘liq  murojaatlarini  ko‘rib 

chiqish; 

-  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tartibga  solish  bo‘yicha  vakolatli 

davlat  organiga  minoritar  aksiyadorlarning  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish; 

-  qonun  hujjatlariga  va  jamiyat  ustaviga  muvofiq  boshqa 

masalalarni ko‘rib chiqish. 




 

205 


Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasining qarorlari oddiy ko‘pchilik 

ovoz  bilan  qabul  qilinadi.  Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining 

majlislari  uning  miqdor  tarkibiga  saylangan  shaxslarning  kamida 

to‘rtdan uch qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir. 

Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasi  a’zolarining  soni  jamiyat 

ustavida belgilanadi. 

Minoritar  aksiyadorlarning  qo‘mitasi  qabul  qilingan  qarorlar 

to‘g‘risida  har  yili  aksiyadorlarning  umumiy  yig‘ilishida  hisobot 

beradi. 

Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining  raisi  ushbu  qo‘mita 

tarkibidan  minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining  a’zolari  tomonidan 

ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. 

Minoritar 

aksiyadorlar 

qo‘mitasining 

raisi 


minoritar 

aksiyadorlar  qo‘mitasining  vakolat  doirasiga  kiritilgan  barcha 

masalalar bo‘yicha jamiyatning hujjatlaridan foydalanish huquqiga 

ega. 


Minoritar  aksiyadorlar  qo‘mitasining  faoliyat  ko‘rsatish  tartibi 

qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat 

organi tomonidan tasdiqlanadi. 

Minoritar aksiyadorlar qo‘mitasi jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga 

aralashishga  haqli  emas.  O‘z  navbatida  minoritar  aksiyadorlar 

qo‘mitasining  faoliyatiga  jamiyat  kuzatuv  kengashining  yoki  ijroiya 

organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Qo‘mitaning  qarorlari  jamiyatning  boshqaruv  va  nazorat 

organlari  tomonidan  bajarilishi  majburiy  emas,  ushbu  Nizomda 

nazarda  tutilgan  tartibda  tegishli  hujjatlarni  taqdim  etish 

to‘g‘risidagi qarorlari bundan mustasno. 

Jamiyatning  aksiyadorlariga  tegishli  bo‘lgan  dividendlar 

to‘lanmagan  taqdirda  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tartibga  solish 

bo‘yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki 

qo‘mitaning murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu 

jamiyat  barcha  aksiyadorlariga  dividendlar  to‘lash  majburiyatini 

yuklatish  to‘g‘risida  da’vo  taqdim  etishga  haqli.  Bunday  da’voni 

taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. 

Minoritar 

aksiyadorlarning 

huquqlari 

va 


qonuniy 

manfaatlarini himoya qilish maqsadida jamiyatda ularning orasidan 

qo‘mita tashkil etilishi mumkin. 



 

206 


Qo‘mitani  tashkil  etish  mumkinligi  jamiyatning  ustavida 

nazarda tutilgan bo‘lishi lozim. 

Aksiyadorlar  (aksiyador)  jamiyatning  moliya  yili  tugaganidan 

keyin  o‘ttiz  kundan  kechiktirmay,  agar  jamiyat  ustavida  bundan 

kechroq  muddat  belgilanmagan  bo‘lsa,  aksiyadorlarning  yillik 

umumiy  yig‘ilishi  kun  tartibiga  qo‘mita  tarkibiga  nomzodlar 

bo‘yicha takliflar ko‘rsatishga haqli. 

Aksiyadorlar 

(aksiyador) 

qo‘mitaga 

o‘zlari 

ko‘rsatgan 

nomzodlar  ro‘yxatiga  aksiyadorlarning  yillik  umumiy  yig‘ilishi 

o‘tkazilishi  to‘g‘risidagi  xabar  e’lon  qilingan  sanadan  e’tiboran  uch 

ish kunidan kechiktirmay o‘zgartishlar kiritishga haqli. 

Qo‘mita  a’zolarini  saylash  to‘g‘risidagi  qaror  aksiyadorlarning 

umumiy yig‘ilishi tomonidan bir yil muddatga qabul qilinadi. 

Qo‘mita  tarkibiga  saylangan  shaxslar  cheklanmagan  tarzda 

qayta saylanishi mumkin. 

Qo‘mitaning  a’zolarini  saylashda  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishida hozir bo‘lgan va jamiyat kuzatuv kengashiga nomzodlar 

ko‘rsatmagan  yoxud  aksiyadorlarning  o‘tkazilayotgan  umumiy 

yig‘ilishida 

kuzatuv 


kengashiga 

nomzodlari 

saylanmagan 

aksiyadorlar ishtirok etadi.  

Jamiyat  boshqaruvi  a’zolari  va  direktori,  shuningdek  jamiyat 

kuzatuv  kengashi  hamda,  taftish  komissiyasi  a’zolari  (taftishchisi) 

jamiyatning qo‘mita a’zolari tarkibiga kiritilishi mumkin emas. 

Qo‘mita  a’zolarining  soni  jamiyat  ustavi  bilan  belgilanib,  uch 

kishidan  kam  bo‘lmasligi,  shuningdek  umumiy  soni  toq  sondan 

iborat bo‘lishi lozim. 

Qo‘mitaning  raisi  ushbu  qo‘mita  tarkibidan  uning  a’zolari 

tomonidan ko‘pchilik ovoz bilan saylanadi. 

Qo‘mita  faoliyatini  tashkil  etish  maqsadida  jamiyat  ijroiya 

organi rahbari qo‘mita a’zolariga ish joyini, kompyuter uskunasini, 

seyfni, telefon yoki faksimil aloqasini ajratgan tarzda zarur mehnat 

sharoitini yaratib berishi shart. 

Qo‘mitaning vakolatiga quyidagilar kiradi: 

- aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi yoki jamiyatning kuzatuv 

kengashi  ko‘rib  chiqishi  uchun  kiritilayotgan  yirik  bitimlar  va 

affillangan  shaxslar  bilan  bitimlar  tuzishga  oid  masalalar  bo‘yicha 

takliflar tayyorlashda ishtirok etish; 



 

207 


-  minoritar  aksiyadorlarning  o‘z  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini  himoya  qilish  bilan  bog‘liq  murojaatlarini  ko‘rib 

chiqish; 

-  qimmatli  qog‘ozlar  bozorini  tartibga  solish  bo‘yicha  vakolatli 

davlat  organiga  minoritar  aksiyadorlarning  huquqlari  va  qonuniy 

manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risida murojaatlar kiritish; 

-  qonun  hujjatlariga  va  jamiyat  ustaviga  muvofiq  boshqa 

masalalarni ko‘rib chiqish. 

Qo‘mitaning  majlislari  muntazam  ravishda  o‘tkaziladi  va 

qo‘mitaning  tarkibiga  saylangan  shaxslarning  kamida  to‘rtdan  uch 

qismi hozir bo‘lganda vakolatlidir. 

Qo‘mita raisi qo‘mita qarorida kuni va vaqtini belgilagan tarzda 

minoritar aksiyadorlarni haftalik qabulini tashkil etishi lozim. 

Qo‘mita qarorlari oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va 

yig‘ilishda  ishtirok  etuvchi  barcha  qo‘mita  a’zolari  tomonidan 

imzolanadigan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. 

Qo‘mitaning  bir  a’zosi  o‘z  ovozini  shu  qo‘mitaning  boshqa  bir 

a’zosiga berishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 

Qo‘mita  raisi  qo‘mitaning  vakolati  doirasiga  kiritilgan  barcha 

masalalar  bo‘yicha  jamiyatning  ma’lumot  va  hujjatlaridan,  shu 

jumladan  jamiyat  taftish  komissiyasining  (taftishchisining), 

auditorlik  tashkilotining  xulosalari  va  hisobotlari,  nazorat  qiluvchi 

davlat organlarining tekshirish dalolatnomalari, jamiyatga va uning 

mansabdor  shaxslariga  nisbatan  chiqarilgan  sud  qarorlaridan, 

shuningdek  affillangan  shaxslar  bilan  nazarda  tutilgan  bitimlarni 

jamiyatning  ijroiya  organi  va  ichki  audit  xizmati  tomonidan 

o‘rganish  bo‘yicha  bayonnomalaridan  erkin  foydalanish  huquqiga 

ega.  


Qo‘mita  vakolatiga  kiradigan  masalalar  bo‘yicha  hujjatlarni 

olish  to‘g‘risidagi  qo‘mita  raisining  so‘rovnomalari  yozma  ravishda 

rasmiylashtirilgan holda jamiyat ijroiya organiga taqdim etiladi. 

Jamiyatning  ijroiya  organi  qo‘mita  raisi  tomonidan  so‘ralgan 

hujjatlarni  yoki  ularning  nusxalarini  10  kun  ichida  yoxud 

so‘rovnomada  ko‘rsatilgan  muddatdan  kechiktirmagan  tarzda 

taqdim etishi shart. 

Qabul  qilinib  olingan  hujjatlar  qo‘mita  raisi  va  a’zolari 

tomonidan faqatgina xizmat maqsadlarida foydalanilishi mumkin. 



 

208 


Qo‘mita  a’zolari  jamiyat  yoki  uning  faoliyati  to‘g‘risidagi 

xizmat, tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni 

tashkil etuvchi axborotni oshkor qilishga haqli emas. 

Qo‘mita  o‘zining  vakolatiga  kirgan  masalalar  bo‘yicha  qabul 

qilingan  qarorlar  to‘g‘risida  har  yili  aksiyadorlarning  umumiy 

yig‘ilishida hisobot beradi. 

Qo‘mita  jamiyatning  xo‘jalik  faoliyatiga  aralashishga  haqli 

emas. 


Qo‘mitaning  faoliyatiga  jamiyat  kuzatuv  kengashining  yoki 

ijroiya organining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish