8.3. Ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi
45
O‘zbekiston Respublikasining “Aksiyadorlik jamiyatlari va
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuniga
asosan aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining
45
Мазкур параграф Ўзбекистон Республикаси валюта биржасининг “Ички аудит хизмати
тў
ғ
рисида”ги Низоми асосида тайёрланди.
174
yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatida ichki
audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning
kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Ichki audit aksiyadorlik jamiyatlari ijroiya organi va tarkibiy
bo‘linmalari, vakolatxona va filiallari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki me’yoriy
hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li
bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining
to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operatsiyalarini
amalga oshirishning belgilangan qoidalari va taomillari, aktivlarning
saqlanishi hamda aksiyadorlik jamiyatini boshqarish yuzasidan
qonunchilikda belgilangan talablarga rioya etish bo‘yicha ichki
audit xizmati faoliyatini nazarda tutadi. O‘z navbatida ichki audit
xizmati aksiyadorlik jamiyatlari Kuzatuv kengashining qarori bilan
tashkil etiladi va ichki auditni amalga oshiradigan tarkibiy bo‘linma
hisoblanadi.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy vazifalari
hisoblanadi:
- Kuzatuv kengashini ishonchli axborot bilan ta’minlash va
ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha faoliyatni
takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
- ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni bartaraf
etish yuzasidan boshqaruv organlariga tavsiyalarni tezkorlik bilan
kiritish, ularning bartaraf etilishini nazorat qilish.
Quyidagilar ichki audit xizmatining asosiy funksiyalari
hisoblanadi:
- har yili Kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadigan rejaga
muvofiq tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha har chorakda tegishli
tekshirishlar o‘tkazish yo‘li bilan ichki auditni amalga oshirish;
- tuziladigan xo‘jalik shartnomalarining qonun hujjatlariga
muvofiqligi yuzasidan ekspertiza o‘tkazish;
- buxgalteriya hisobini yuritishda va moliyaviy hisobotni
tuzishda O‘zRVBning tarkibiy bo‘linmalariga metodik yordam
berish, ularga moliya, soliq, bank qonunlari va boshqa qonun
hujjatlari masalalari bo‘yicha maslahatlar berish;
175
- texnik topshiriqlarni ishlab chiqishda, tashqi auditorlik
tashkilotlarining
takliflarini
baholashda
hamda
auditorlik
tekshirishlarini o‘tkazish uchun tashqi auditorlik tashkilotini
tanlashda
tavsiyalarni
tayyorlashda
Kuzatuv
kengashiga
ko‘maklashish.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega:
- ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo‘ladigan
masalalar bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatining hujjatlarini (rahbar
buyruqlari,
farmoyishlari,
boshqaruv
organlari
qarorlari,
ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan
nusxalari va boshqa hujjatlarni), mansabdor va mas’ul
shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;
- ichki auditni o‘tkazishga ko‘maklashish uchun tegishli
mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati majburiyatlari quyidagilar:
- ichki auditni amalga oshirishda amaldagi qonun hujjatlari va
tegishli Nizom talablariga rioya qilish;
- belgilangan talablarga muvofiq ichki audit hisobotlarini
tuzish;
-
moliya
va
statistika
hisoboti
ko‘rsatkichlarining
ishonchliligini tekshirish;
- ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning
maxfiyligiga rioya qilish;
- mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar tomonidan zarar
yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu
haqda darhol Kuzatuv kengashiga xabar berish va auditorlik
hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
- aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan
tartibda uning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda
ishtirok etish.
Ichki audit xizmati qonun hujjatlariga va aksiyadorlik jamiyati
ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi
mumkin.
Ichki audit xizmati xodimlari oxirgi o‘n yilning kamida ikki
yilida buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki soliq nazorati sohasida
amaliy (shu jumladan, o‘rindoshlik bo‘yicha) ish stajiga ega bo‘lishi
va quyidagi talablardan bittasiga javob berishi kerak:
176
- ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish;
- O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida yoxud
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston
Respublikasidagi ta’limga tengligi e’tirof etilgan xorijiy davlat ta’lim
muassasasida olingan oliy iqtisodiy ma’lumotga ega bo‘lish.
Ichki audit xizmati xodimida tegishli ichki auditor sertifikati
bo‘lishi shart. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ikki nafar
ichki auditordan iborat etib belgilanadi. Ichki audit xizmati
xodimlariga ish haqi aksiyadorlik jamiyati shtat jadvaliga asosan
belgilanadi. Ichki audit xizmati xodimining kasb darajasi tegishli
litsenziyaga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik
asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak.
Ichki audit xizmati xodimi Kuzatuv kengashi tomonidan har yili
attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Ichki audit xizmati xodimi Kuzatuv kengashining qarori
bo‘yicha lavozimga tayinlanadi va egallab turgan lavozimidan ozod
etiladi. Bundan o‘z-o‘zidan ichki audit xizmatining Kuzatuv
kengashiga bevosita bo‘ysunishini ko‘rishimiz mumkin.
Ichki audit xizmati tasdiqlangan biznes-rejaning bajarilishini,
korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilinishini, buxgalteriya
hisobi va moliyaviy hisobotning holatini, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi va to‘lanishini, moliya-
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishda qonun hujjatlariga rioya
etilishini, aktivlarning holatini, ichki nazoratning holatini tekshirish
va ularning monitoringini olib borish yo‘li bilan faqat ichki auditdan
o‘tkazadi. Kuzatuv kengashi tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq
tekshirishni o‘tkazishning boshqa yo‘nalishlari ham belgilanishi
mumkin.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijalari bo‘yicha ichki audit xizmati
xodimi tomonidan imzolanadigan tegishli hisobotlar tuziladi. Unda:
a) biznes-reja bajarilishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi
hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- uning bajarilishining miqdor va sifat ko‘rsatkichlari tahlili;
- uning bajarilishi ta’minlanmagan taqdirda aybdor
mansabdor shaxslar shaxsan ko‘rsatilgan holda aniqlangan
sabablar bayoni;
177
b) korporativ boshqaruv prinsiplariga rioya qilishni tekshirish
natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
-
boshqaruv
organlari
tomonidan
qabul qilinadigan
qarorlarning samaraliligi, uning qatnashchilari (aksiyadorlar)ning
qonuniy huquq va manfaatlariga rioya etilishi tahlili;
- korporativ boshqaruv sohasida qonun hujjatlari buzilishi
holatlari bayoni (ta’sis hujjatlariga rioya qilish, umumiy yig‘ilishlar
va boshqaruv organlari majlislari o‘tkazilishi, dividendlar to‘g‘ri
hisoblanishi va o‘z vaqtida to‘lanishi va hokazolar);
v) O‘zRVBning buxgalteriya hisobi va moliya hisoboti holatini
tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga
olishi kerak:
- buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni
tuzishning belgilangan tartibiga rioya qilinishini baholash;
- aniqlangan buxgalteriya hisobotini yuritish va moliyaviy
hisobotni tayyorlashning belgilangan tartibi buzilishining tavsifi;
g) soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblanishi va
to‘lanishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot quyidagilarni
o‘z ichiga olishi kerak:
- tuzilgan va tegishli organlarga taqdim etilgan soliqlar va
majburiy to‘lovlar hisob-kitobi to‘g‘riligini baholash;
- soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashning
belgilangan tartibi buzilishi holatlarini, soliq solinadigan bazani
belgilashda chetga chiqishlarni bayon qilish;
- moliya-xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirishda qonun
hujjatlariga rioya qilinishini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi hisobot
quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- amalga oshirilgan moliya-xo‘jalik operatsiyalarining qonun
hujjatlariga muvofiqligini baholash;
- ichki audit davomida aniqlangan amalga oshirilgan moliya-
xo‘jalik operatsiyalarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligini bayon
qilish;
d) ichki nazoratning holatini tekshirish natijalari to‘g‘risidagi
hisobot quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:
- ichki nazorat tizimini va uning faoliyat ko‘rsatishidagi
mavjud kamchiliklarni bayon etish;
178
- tarkibiy bo‘linmalaridagi ijro intizomining holati to‘g‘risidagi
ma’lumotlar, uning aniq xodimlari ishidagi mavjud kamchiliklar.
Aktivlarning holatini tekshirish natijalari aktivlarni xatlovdan
o‘tkazishning asoslanishini hamda ularning harakati, amalda
mavjudligi va saqlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi
kerak.
Shuningdek o‘tkaziladigan tekshirishlar bo‘yicha barcha
hisobotlarda Ijroiya organi va tarkibiy bo‘linmalari, vakolatxona va
filiallari faoliyati baholanishini, aniqlangan chetga chiqishlar va
qonunni
buzishlarni
bartaraf
etishga
doir
tavsiyalarni,
tasdiqlaydigan hujjatlarning to‘liq paketini o‘z ichiga oladigan
yakuniy qism bo‘lishi kerak.
O‘tkazilgan ichki audit yakunlari bo‘yicha ichki audit xizmati
xodimi tomonidan imzolanadigan yig‘ma hisobot tuziladi. Yig‘ma
hisobot tahliliy qismni, yakuniy qismni va tasdiqlaydigan
hujjatlarning to‘liq paketini o‘z ichiga olishi kerak. Yig‘ma
hisobotning tahliliy qismi ichki audit xizmati xodimi tomonidan
o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari to‘g‘risidagi umumlashtirilgan
axborotni o‘z ichiga olishi kerak. Hisobotning yakuniy qismi esa
Ijroiya organi, tarkibiy bo‘linmalari, vakolatxona va filiallari
faoliyatiga, shuningdek aksiyadorlik jamiyatining likvidligiga
umumiy bahoni; aniqlangan chetga chiqishlar va qonunni
buzishlarni bartaraf etish bo‘yicha ichki audit xizmatining
tavsiyalarini hamda moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini
oshirishga, korporativ boshqaruvni takomillashtirishga doir
umumlashtirilgan takliflarni o‘z ichiga olishi kerak. Yig‘ma hisobot
ichki audit yakunlangandan keyin 10 kun mobaynida tugallanishi
zarur.
Yig‘ma hisobotlar bevosita Kuzatuv kengashiga uning ko‘rib
chiqish va tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. Hisobotlar nusxalari
tasdiqlangandan keyin ijro etuvchi organiga taqdim etilishi kerak.
Ijro etuvchi organi ichki audit natijasida aniqlangan kamchiliklarni
bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
Ichki audit xizmati tekshirish davomida aniqlangan qonun
buzilishlarini bartaraf etish, shuningdek umuman aksiyadorlik
jamiyatining moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini oshirish
179
bo‘yicha chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va zarur darajada
bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatishi kerak.
Ichki audit xizmati quydagilar bo‘yicha javobgar hisoblanadi:
- o‘tkazilgan tekshirishlar natijalari buzib ko‘rsatilganligi;
- taqdim etilgan yoki xizmat vazifalarining bajarilishi
munosabati bilan ma’lum bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatining sirini
tashkil etadigan axborotning maxfiyligiga rioya qilinmaganligi;
- olingan hujjatlarning saqlanishi va qaytarilishi ta’minlanishi.
Ichki audit xizmati auditorlik tekshirishlari davomida
aniqlangan qonunni buzishlarni bartaraf etish va moliya-xo‘jalik
faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan ko‘rilgan chora-
tadbirlarga baho berilishi uchun javob beradi. Kuzatuv kengashi
har chorakda ichki audit xizmatining tekshirishlar natijalari
to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf
etish va korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati samaradorligini
oshirish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘radi.
Rivojlangan mamlakatlar amaliyotida direktorlar kengashi
ichki audit xizmatidan quyidagi funksiyalarni bajarishni talab
qiladi
46
:
- biznes jarayoni va birlashgan nazorat tizimining davomli
tahlilini yuritish;
- nazorat tizimlarining ko‘lami va samaradorligini baholash;
- boshqaruv va moliyaviy faoliyatning ustidan doimiy nazoratni
olib borish;
- korporativ missiya, siyosat va vazifalardagi yutuqlarni
baholash;
- resurslardan samaraliroq foydalanish yo‘llarini aniqlash;
- kompaniya aktivlarining qiymati va mavjudligini tasdiqlash;
-
yuzaga
kelishi
mumkin
bo‘lgan
xatoliklar
yoki
tovlamachiliklarga qarshi maxsus tekshirishlarni o‘tkazish;
- bitimlar va ularning ijrosini tahlil qilish;
- bitimlar bo‘yicha muammolarni aniqlash;
- tashkilot qiymati va ish yuritish yoki etika kodekslari
tahlilini o‘tkazish;
46
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press,
2012. – P. 375
180
Do'stlaringiz bilan baham: |