8.2. Taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi
44
Bizga ma’lumki, aksiyadorlik jamiyatlari korporativ boshqaruv
va ichki nazorat tizimida taftish komissiyasi faoliyati ham muhim
ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda quyida taftish
komissiyasi faoliyati xususida to‘xtalib o‘tamiz.
Aksiyadorlik jamiyatlarida O‘zbekiston Respublikasining
«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya
qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, aksiyadorlik jamiyati Ustavi asosida
“Taftish komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizom ishlab chiqiladi va
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi. “Taftish
komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomda Taftish komissiyasining maqomi,
vakolatlari va faoliyatini tashkil etish tartibi belgilab qo‘yiladi.
Taftish komissiyasi aksiyadorlik jamiyatining nazorat organi
hisoblanib, moliya-xo‘jalik faoliyati ustidan nazoratni amalga
oshiradi. Bunda Taftish komissiyasi aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishiga hisobdorligi sababli Kuzatuv kengashi va ijroiya organi
uning faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va aksiyadorlarni
moliya-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida to‘liq va ishonchli
axborot bilan ta’minlash, aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni
bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar kiritish hamda amalga oshirilgan
tekshiruvlar asosida faoliyatni takomillashtirishga doir takliflar
ishlab chiqish Taftish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Taftish komissiyasi quyidagilarni amalga oshirishga vakolatli
hisoblanadi:
- aksiyadorlik jamiyatining bir yillik faoliyati yakunlari
bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni
amalga oshiradi;
- Taftish komissiyasining o‘z tashabbusiga, aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishi va Kuzatuv kengashi qaroriga ko‘ra, yoki ovoz
beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi
43
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press,
2012. – P. 359.
44
Мазкур параграф “Ўздонма
ҳ
сулот” акциядорлик компаниясининг “Тафтиш комиссияси
тў
ғ
рисида”ги Низоми асосида тайёрланди.
168
aksiyadorning (aksiyadorlarning) talabiga ko‘ra Kuzatuv kengashini
oldindan xabardor qilish yo‘li bilan boshqa davr ichidagi faoliyat
yakunlari bo‘yicha kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini
tekshirishni amalga oshiradi;
- bir yillik yoki boshqa davr ichidagi faoliyat yakunlari bo‘yicha
kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga
ko‘ra hisobot va xulosa tuzadi;
- moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha amalga oshirilgan tekshirish
natijalarini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi, Kuzatuv kengashi
va aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi e’tiboriga yetkazadi;
- aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi tomonidan taqdim etilgan
hujjatlar asosida kompaniyada affillangan shaxslar bilan tuzilgan
bitimlar yoki yirik bitimlarni, shuningdek qonun hujjatlarining va
kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir
talablariga rioya qilinishini o‘rganib chiqadi;
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan
bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi to‘g‘risida har chorakda
xulosa tuzadi;
- aksiyadorlik jamiyatida affillangan shaxslar bilan tuzilgan
bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi, shuningdek qonun
hujjatlarining va kompaniya ichki hujjatlarining bunday bitimlarni
tuzishga doir talablariga rioya qilinishi to‘g‘risidagi xulosani har
chorakda Kuzatuv kengashining majlisiga olib chiqadi;
- hisobot yili davomida aksiyadorlik jamiyatida affillangan
shaxslar bilan tuzilgan bitimlar yoki yirik bitimlar mavjudligi,
shuningdek,
qonun
hujjatlarining
va
kompaniya
ichki
hujjatlarining bunday bitimlarni tuzishga doir talablariga rioya
qilinishi to‘g‘risidagi xulosani aksiyadorlarning yillik umumiy
yig‘ilishiga olib chiqadi.
Aksiyadorlik jamiyatining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish
to‘g‘risidagi talab tekshirish o‘tkazishni talab qilish huquqiga ega
shaxslar tomonidan taftish komissiyasi raisi nomiga yuboriladi.
Moliya-xo‘jalik
faoliyatini
tekshirish
bo‘yicha
tashabbus
ko‘rsatuvchilar istalgan vaqtda taftish komissiyasi tomonidan
tekshirish o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar Taftish
komissiyasini yozma ravishda xabardor qilgan holda, o‘z talablarini
qaytarib olishga haqli.
169
Taftish komissiyasi moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish
davomida tekshirish predmetiga doir barcha mavjud hujjat va
materiallarni o‘rganib chiqishi shart. Bunda tekshirish yakunlariga
ko‘ra kompaniyaning taftish komissiyasi hisobot va xulosa tuzadi,
unda aksiyadorlik jamiyati hisobotlarida va boshqa moliyaviy
hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligiga doir baho,
buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni taqdim etish
tartibi buzilganligi, shuningdek moliya-xo‘jalik faoliyati amalga
oshirilayotganda qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi
axborot ko‘rsatilishi shart.
Taftish komissiyasi Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar
umumiy yig‘ilishini chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan
kundan kechikmasdan kuzatuv kengashiga yillik moliya-xo‘jalik
faoliyatini tekshirish natijalari yuzasidan xulosa taqdim etadi.
Taftish komissiyasi taftish komissiyasining, aksiyadorlarning
umumiy yig‘ilishining va kuzatuv kengashining tashabbusiga ko‘ra,
yoki aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining kamida
besh foiziga egalik qiluvchi aksiyadorning (aksiyadorlarning)
talabiga ko‘ra o‘tkazilgan kompaniyaning boshqa davr ichidagi
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlari bo‘yicha xulosani
Kuzatuv kengashiga xulosa tasdiqlangandan keyin bir ish kunidan
kechikmasdan taqdim etadi.
Taftish komissiyasining son tarkibi aksiyadorlik jamiyati
Ustavi bilan belgilanadi va 3 (uch) kishidan iborat bo‘ladi. Taftish
komissiyasi a’zolari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan 1 (bir)
yil muddatga saylanadi. Taftish komissiyasining a’zolari o‘z
majburiyatlarini tegishli tarzda bajarmasligi hollarida ularning
vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishi qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Ovoz beruvchi aksiyalarining hammasi bo‘lib kamida bir
foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar (aksiyador) moliya yili
tugaganidan keyin o‘ttiz kundan kechiktirmay, aksiyadorlik
jamiyati taftish komissiyasiga bu organning miqdor tarkibidan
oshmaydigan tarzda nomzodlar ko‘rsatishga haqli. Aksiyadorlar
(aksiyador) taftish komissiyasiga o‘zlari ko‘rsatgan nomzodlar
ro‘yxatiga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi
170
to‘g‘risidagi xabar e’lon qilingan sanadan e’tiboran uch ish kunidan
kechikmasdan o‘zgartishlar kiritishga haqli.
Belgilangan muddatlarda aksiyadorlar tomonidan taftish
komissiyasi a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish bo‘yicha takliflar
kiritilmagan holatlarda kuzatuv kengashi taftish komissiyasiga
saylash uchun mustaqil ravishda nomzodlar ro‘yxatini belgilashi
mumkin.
Ayni bir shaxs taftish komissiyasi tarkibiga ketma-ket uch
martadan ortiq saylanishi mumkin emas. Taftish komissiyasining
a’zolari bir vaqtning o‘zida kuzatuv kengashining a’zosi bo‘lishi,
shuningdek ayni shu aksiyadorlik jamiyatida mehnat shartnomasi
bo‘yicha
ishlashi
mumkin
emas.
Shuningdek,
taftish
komissiyasining a’zolari sanoq komissiyasining a’zosi bo‘lishi ham
ta’qiqlanadi. Taftish komissiyasi tarkibiga qoidaga binoan
aksiyadorlari (aksiyadorlar - jismoniy shaxslar, aksiyadorlar -
yuridik shaxslarning vakolatli mansabdor shaxslari) saylanadi. Shu
bilan birga Taftish komissiyasi tarkibiga aksiyador bo‘lmagan, biroq
moliya va iqtisodiyot sohasida kasbiy ish tajribasiga ega shaxslar
saylanishi mumkin.
“Buxgalteriya hisobi va hisoboti”, “Audit”, “Moliya” yoki boshqa
iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha oliy yoki o‘rta ma’lumot;
buxgalteriya hisobi, audit, moliya yoki boshqa iqtisodiy sohalarda
kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish Taftish komissiyasi
a’zolariga doir malaka talablari hisoblanadi.
Taftish komissiyasi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan o‘z
tarkibidan taftish komissiyasi raisini saylaydi. Taftish komissiyasi
raisi o‘z faoliyati davomida quyidagilarni amalga oshiradi:
- Taftish komissiyasining ishini tashkil qiladi;
- Taftish komissiyasi majlislarini chaqiradi va o‘tkazadi;
- Taftish komissiyasi majlislari bayonnomasini, kompani-
yaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra
hisobot va xulosalarni, kompaniyada affillangan shaxslar bilan
tuzilgan bitimlar, yoki yirik bitimlar mavjudligi to‘g‘risidagi
xulosalarni va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
- Taftish komissiyasi nomidan Kuzatuv kengashi yig‘ilishlarida
va aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarida ishtirok etadi;
171
- amaldagi qonun hujjatlarida, aksiyadorlik jamiyati Ustavida,
tegishli Nizomda va boshqa ichki hujjatlarda ko‘zda tutilgan boshqa
vazifalarni bajaradi.
Taftish komissiyasi istalgan vaqtda taftish komissiyasi
a’zolarining umumiy soniga nisbatan ko‘pchilik ovoz bilan o‘z
Raisini qayta saylashga haqli. Taftish komissiyasi raisi bo‘lmagan
taqdirda uning vazifasini taftish komissiyasining a’zolaridan biri
amalga oshiradi.
Taftish komissiyasi majlisi bir yilda kamida ikki marta,
kompaniyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdan oldin va
tekshirishdan keyin, shuningdek boshqa zarur hollarda istalgan
vaqtda o‘tkaziladi. Taftish komissiyasining majlislari amaldagi
qonun hujjatlariga, aksiyadorlik jamiyati Ustaviga va tegishli
nizomga muvofiq Taftish komissiyasi raisi tomonidan mustaqil
ravishda, Taftish komissiyasi a’zolarining, yoki moliya-xo‘jalik
faoliyatini navbatdan tashqari tekshirishni talab qilish huquqiga
ega
shaxslarning
talablariga
ko‘ra
chaqiriladi.
Taftish
komissiyasining
majlislari
komissiya
a’zolarining
bevosita
ishtirokida o‘tkaziladi. Kompaniya taftish komissiyasining majlisini
o‘tkazish uchun taftish komissiyasining kamida ikki a’zosi hozir
bo‘lishi zarur. Taftish komissiyasining tarkibida bir kishi qolgan
taqdirda, taftish komissiyasining yangi tarkibini saylash uchun
aksiyadorlarning navbatdan tashqari yig‘ilishini chaqirishi shart.
Masalalar hal etilayotganda, taftish komissiyasining har bir a’zosi
bitta ovozga ega bo‘ladi. Taftish komissiyasining qarorlari (shu
jumladan, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalariga ko‘ra
xulosani tasdiqlash masalasi bo‘yicha qaror) Taftish komissiyasi
a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Taftish
komissiyasining qarori taftish komissiyasining majlis bayonnomasi
bilan rasmiylashtiriladi, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
- majlis o‘tkazilgan sana, vaqt va joy;
- majlisda ishtirok etgan taftish komissiyasi a’zolarining
ro‘yxati;
- ovoz berishga qo‘yilgan masalalar, ular yuzasidan o‘tkazilgan
ovoz berish yakunlari (majlisda ishtirok etgan har bir taftish
komissiyasi a’zosining ovoz berish natijasini ko‘rsatgan holda);
- qabul qilingan qarorlar.
172
Bayonnomaga Taftish komissiyasi tomonidan tayyorlangan
xulosalar, hisobotlar va boshqa materiallar ilova qilinadi. Taftish
komissiyasining a’zosi taftish komissiyasining qaroridan norozi
bo‘lgan taqdirda o‘zining alohida fikrini majlis bayonnomasiga
kiritishni va kompaniyani boshqarish organlari va (yoki)
aksiyadorlari e’tiboriga yetkazishni talab qilishga haqli. Taftish
komissiyasining majlis bayonnomasi majlisida ishtirok etayotgan
taftish komissiyasining a’zolari tomonidan imzolanadi, ular majlis
bayonnomasi to‘g‘ri rasmiylashtirilishi uchun javobgar bo‘ladi.
Majlis bayonnomalari, taftish komissiyasining hisobotlari,
xulosalari va taftish komissiyasining majlis bayonnomasiga ilova
qilinadigan boshqa materiallari kuzatuv kengashiga taqdim etiladi.
Majlis
bayonnomalari,
taftish
komissiyasining
hisobotlari,
xulosalari va taftish komissiyasining majlis bayonnomasiga ilova
qilinadigan boshqa materiallar qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda saqlanadi.
Taftish komissiyasining a’zolari quyidagi huquqlarga ega:
- boshqaruv a’zolaridan kompaniyaning moliya-xo‘jalik
faoliyati to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishni talab qilish;
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan affillangan shaxslar bilan
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi yoki Kuzatuv kengashi ushbu bitim
bo‘yicha qaror qabul qilganidan keyin amalga oshirilgan bitimni
o‘rganish natijalari bo‘yicha bayonnomalarni aksiyadorlik jamiyati
boshqaruvidan talab qilish;
- aksiyadorlik jamiyati tomonidan aksiyadorlarning umumiy
yig‘ilishi yoki Kuzatuv kengashi ushbu bitim bo‘yicha qaror qabul
qilganidan keyin amalga oshirilgan yirik bitim bo‘yicha hujjatlarni
boshqaruvdan talab qilish;
- Kuzatuv kengashi va boshqaruv a’zolaridan, aksiyadorlik
jamiyatining boshqa mansabdor shaxslari va xodimlaridan qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda kompaniyaning moliya-xo‘jalik
faoliyati masalalari bo‘yicha og‘zaki va yozma tushuntirishlarni
talab qilish;
- Kuzatuv kengashi majlislarini chaqirishni talab qilish;
- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyadorlarning
navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini chaqirishni talab qilish.
173
Taftish komissiyasining a’zolari majburiyatlari quyidagilardan
iborat:
- o‘z majburiyatlarini halol bajarish;
- aksiyadorlik jamiyati va uning aksiyadorlari manfaatlarini
ko‘zlab ish tutish;
- moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tegishli tarzda amalga
oshirish;
- moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish natijalari bo‘yicha
hisobot va xulosalarni o‘z vaqtida tayyorlash;
- boshqaruv a’zolaridan moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi
hujjatlarni taqdim qilishni yozma shaklda so‘rash;
- boshqaruv a’zolaridan affillangan shaxslar bilan bitimlari va
yirik bitimlarini o‘rganish bayonnomalarini taqdim qilishni yozma
shaklda so‘rash;
- amaldagi qonunchilikka rioya qilish;
- kompaniya faoliyati to‘g‘risidagi maxfiy axborotni oshkor
qilmaslik.
Taftish komissiyasining a’zolari qonun hujjatlariga muvofiq
boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Taftish komissiyasining a’zolari aksiyadorlik jamiyatlari va
uning aksiyadorlari manfaatlarini ko‘zlab ish tutishlari zarur.
Taftish komissiyasining a’zolari o‘z majburiyatlarini tegishli tarzda
bajarmaganliklari uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Taftish komissiyasining a’zolariga aksiyadorlar umumiy
yig‘ilishining qaroriga ko‘ra ular o‘z vazifalarini bajarib turgan davr
uchun haq to‘lanishi va (yoki) o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq
xarajatlarining o‘rni qoplanishi mumkin. Taftish komissiyasi
a’zolariga to‘lanadigan haq va to‘lovlarning miqdorlari kuzatuv
kengashi tavsiyasiga ko‘ra aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori
bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |