7.4. Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish
va bartaraf qilish
Kompaniyada vujudga kelgan manfaatlar qarama-qarshiligini
boshqarish va bartaraf etish uchun kompaniyaning boshqaruv va
nazorat
organlari,
mansabdor
shaxslari
va
xodimlari
kompaniyaning manfaatlariga mos keladigan sudga murojaat
qilishgacha bo‘lgan qonuniy va asoslangan yechim qidiradi.
Kompaniya Boshqaruvi raisi aksiyadorlar va boshqalar
tomonidan boshqaruv va nazorat organlari, korporativ kotib va
barcha tarkibiy bo‘linmalarga kelib tushadigan yozma va og‘zaki
talabnoma, xat va arizalarning hisobini yuritilishi hamda o‘z vaqtida
ko‘rib chiqilishini ta’minlashi lozim.
Korporativ qarama-qarshiliklarning hisobini yuritish vazifasi
kompaniyaning aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlar
boshqarmasi mutaxassisiga yuklatiladi. Bu mutaxassis korporativ
qarama-qarshilikka oldindan baho berib, masalaning mohiyatidan
kelib chiqib unga oydinlik kirituvchi hujjatlarni tayyorlaydi va
kompaniya kuzatuv kengashi roziligi bilan ushbu masalani yechish
vakolati mavjud tarkibiy tuzilmaga taqdim etadi.
Kompaniyaning korporativ mutaxassisi tez-tez takrorlanib
turuvchi masalalarni tahlil qiladi, tahlil natijalari bo‘yicha qarama-
qarshilikka kirishgan barcha taraflarga qo‘shimcha axborot berish,
yoki bermaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki kompaniya
kuzatuv kengashi raisiga bu kabi manfaatlar qarama-qarshiligining
kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan ichki tartib va qoidalarni
o‘zgartirish, qarama-qarshilikni kelib chiqishini bartaraf qiluvchi
boshqa takliflarni beradi.
Taraflar yoki boshqa manbalardan qarama-qarshilik holati
bo‘yicha axborotga ega bo‘lgan xodim zudlik bilan bu to‘g‘rida
mansab lavozimi bo‘yicha o‘zidan yuqori xodimni ogohlantirishi
156
shart. Agar qarama-qarshilikni tarkibiy tuzilma miqyosida yechish
imkoniyati bo‘lmasa tarkibiy tuzilma rahbari bir ish kuni ichida
kompaniya Boshqaruvi raisi, yoki uning o‘rinbosarini qarama-
qarshilik, uning kelib chiqishiga sababchi bo‘lgan omillar hamda
uni bartaraf
qilish
uchun
ko‘rilgan
choralar
to‘g‘risida
ogohlantirishi shart. Kompaniya Boshqaruvi raisi, yoki uning
o‘rinbosari manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish usulini
belgilaydi va mas’ul shaxs belgilaydi. Zarur hollarda esa qarama-
qarshilikni bartaraf qilish uchun komissiya tuzilishi mumkin.
Manfaatlar
qarama-qarshiligini
bartaraf
qilish
uchun
belgilangan mas’ul xodim, yoki komissiya qarama-qarshilikni
bartaraf qilishning barcha choralarini ko‘radi. Agar uni bartaraf
qilish imkoniyati bo‘lmasa, kompaniya Boshqaruvi raisi ushbu
masalani Boshqaruv yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi va kompaniya
kuzatuv kengashiga to‘liq axborot taqdim qiladi.
Boshqaruv tomonidan manfaatlar qarama-qarshiligi bo‘yicha
taqdim qilingan axborot kompaniya kuzatuv kengashi tomonidan
manfaatlar qarama-qarshiligining kompaniya faoliyatidagi ta’siri,
uning hajmi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib
uning navbatdagi yig‘ilishi muhokamasiga kiritadi, yoki ushbu
masalani zudlik bilan hal qilish maqsadida navbatdan tashqari
yig‘ilish chaqirishi mumkin.
Kompaniya Boshqaruvi raisi, yoki uning o‘rinbosari
manfaatlariga ta’sir qiluvchi yoki ta’sir qilgan har qanday
manfaatlar qarama-qarshiligi to‘g‘risidagi axborot 3 ish kuni
muddatda kompaniya kuzatuv kengashi muhokamasiga kiritilishi
va uning bartaraf qilish uchun qabul qilingan qaror ijrosini
ta’minlash va nazorat qilish uchun aniq shaxslar belgilanishi lozim.
Vujudga kelgan manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va
bartaraf qilishda kompaniyaning qabul qilingan ichki hujjatlariga
o‘zgartirish kiritish, yoki yangi tartib qabul qilinishi lozim bo‘lsa
kompaniya kuzatuv kengashi, yoki Boshqaruvi o‘z vakolat
doiralaridan kelib chiqib tegishli qaror qabul qilishlari lozim.
Kompaniyaning boshqaruv organlari vujudga keladigan har
qanday manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish uchun
quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
157
-vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligini imkon
qadar tez aniqlashi va uning vujudga kelish sabablarini o‘rganishi;
-kompaniyaning
boshqaruv
organlari
vakolatlari
va
javobgarligini aniq chegaralashlari;
-manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilish bo‘yicha mas’ul
xodimni belgilashi, lozim hollarda esa komissiya tuzishlari;
-imkon qadar tezkorlik bilan manfaatlar qarama-qarshiligi
bo‘yicha kompaniyaning manfaatlaridan kelib chiqib, uning
qarashlarini aniqlash, kompaniya manfaatlarining himoyasi
bo‘yicha qarorlar qabul qilish va qarama-qarshilikdan manfaatdor
taraflarga yetkazish;
-manfaati kompaniya manfaati bilan qarama-qarshi kelgan
tarafga kompaniyaning asoslangan nuqtayi-nazari aks ettirilgan
to‘liq va asoslangan javob berish, manfaati qarama-qarshi tomonga
ularning talablarini ijro etilmasligi bo‘yicha qonunchilik, normativ
hujjatlar, kompaniya ustavi, yoki ichki hujjatlar talablaridan kelib
chiqib, ularga asosan javob berish;
-manfaatlar qarama-qarshiligini bartaraf qilishga ishtirok
etuvchi mas’ul shaxslar ularning yoki ularning oila a’zolarining
manfaatlarini ham keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yoki keltirib
chiqaradigan holatlar bo‘yicha zudlik bilan ma’lum qilish;
-manfaatdor
shaxslarni
manfaatlar
qarama-qarshiligi
holatlarini boshqarish va bartaraf qilish jarayoniga ishtirok
etmasligini ta’minlash.
Aksiyadorlar, kompaniya boshqaruvi organlari va aksiyadorlar
o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligini tartibga
solish uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
-kompaniya aksiyadorlari o‘rtasida vujudga keladigan
manfaatlar qarama-qarshiligini tartibga solishda kompaniya
kuzatuv kengashi mustaqil a’zosining vositachi sifatida ishtirok
etishi;
-mas’ul xodim manfaatlari zid kelgan aksiyadorlar o‘rtasida
ziddiyatga tegishli o‘zida mavjud axborotlarni taqdim qilgan, yoki
qonunchilik va me’yoriy hujjatlar talablarini tushuntirgan holda
muzokaralarga vositachi sifatida jalb qilinishi mumkin;
-kompaniyaning vakolatli organlari, yoki vakolatli shaxslari
aksiyadorlarga manfaatlar qarama-qarshiligi holati bo‘yicha
158
tushuntirish va tavsiyalar berishi, vaziyatni bartaraf qilish bo‘yicha
aksiyadorlarga imzolatish uchun hujjatlar loyihasini tayyorlashlari,
o‘z vakolat doiralaridan chiqib ketmagan holda kompaniya nomidan
aksiyadorlar oldiga majburiyat olishlari mumkin;
-kompaniyaning boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida
ziddiyatlarni bartaraf qilish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni ijro
etishlari hamda bu qarorlarni boshqa taraflar tomonidan ijro
etilishiga amaliy yordam ko‘rsatishlari lozim. Agar kompaniya va
ziddiyatli vaziyat taraflari o‘rtasida ularning majburiyatlari bo‘yicha
munozarali vaziyat bo‘lmasdan, qabul qilingan qarorni ijro muddati
va boshqa shartlari bo‘yicha turli qarashlar bo‘lsa, kompaniya
ziddiyatli vaziyatni tartibga solishni davom ettirishi va manfaatlari
qarama-qarshi aksiyadorlar talabini qondirish shartlarini ma’lum
qilishi lozim;
-agar kompaniya tomonidan manfaatdor aksiyadorni talabini
qondirish uchun kompaniyaning ichki hujjati, ustavi yoki
qonunchilik talabiga muvofiq mazkur aksiyadordan qandaydir
harakatlarni amalga oshirilishi talab qilinsa, aksiyador talabiga
berilgan javobda ushbu shartlarni aniq ko‘rsatib berishi lozim
(bunda ma’lum bir ishlarni amalga oshirish uchun to‘lovlar,
aksiyadordan ma’lum bir hujjatlarni taqdim qilish va boshqa shu
kabilar nazarda tutilgan).
Manfaatlar
qarama-qarshiligini
tartibga
solish
va
boshqarishning
yuqorida
qayd
etilgan
uslublari
chegara
bo‘lmasdan, har bir holat mohiyatidan kelib chiqib, ziddiyatni
bartaraf qilishning boshqa maqbul usullari ham qo‘llanilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |