7.1. Korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish
sabablari va tasniflanishi
Milliy va xalqaro tajribaning ko‘rsatishicha, korporativ
munosabatlarda nizoli vaziyatlarning yuzaga kelishi ko‘p
kuzatiladigan holatlardan biridir. Shu boisdan korporativ
boshqaruv ishtirokchilarining korporativ nizolar mohiyati, yuzaga
kelish sabablari va keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan oqibatlari,
bunday vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ichki va tashqi
imkoniyatlar, davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari
kabilarni bilishlari va amalda qo‘llay olishlari shart hisoblanadi.
Bunda manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish masalasi
birinchi navbatdagi masala hisolanadi. Keltirilayotgan jihatlarni
chuqurroq o‘rganish maqsadida quyida korporativ nizolarning
mohiyati, yuzaga kelish sabablari va oqibatlariga batafsil to‘xtalib
o‘tamiz.
Korporativ munosabatlar subyektlari o‘rtasidagi manfaatlar
qarama-qarshiligi korporativ nizolarning asosi hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati va korporativ boshqaruv
amaliyotiga doir masalalar bo‘yicha jarayon ishtirokchilari o‘rtasida
o‘zaro kelishuvga erishilmasligi natijasida yuzaga keladigan nizolar
korporativ nizolarni anglatadi. Bunda korporativ munosabatlar
ishtirokchilari korporativ nizolarning subyektlari sifatida namoyon
bo‘lsa, tomonlarning manfaatlari korporativ nizolarning obyekti
sifatida ko‘zga tashlanadi.
Korporativ tuzilmalarda korporativ munosabatlar subyektlari
o‘rtasidagi ziddiyatlar quyidagi oqibatlardan biri natijasida yuzaga
kelishi mumkin:
- aksiyador yoki aksiyadorlar guruhi huquqlari, aksiyadorlik
jamiyati ustavi yoki boshqa ichki hujjatlar, umumiy olganda
amaldagi qonunchilik me’yorlari buzilishi;
- korporativ tuzilmalarda axborot yopiqligi;
- foydani taqsimlash bilan bog‘liq munosabatlar va
aksiyadorlar noroziligi;
- qabul qilingan qarorlar mohiyati asosida aksiyadorlik
jamiyatiga, uning boshqaruv organlariga nisbatan da’volar
qo‘zg‘atilishi;
145
- boshqaruv organlari vakolatlarining muddatidan oldin
tugatilishi;
- ijroiya organi a’zolari bilan mehnat shartnomasining
muddatidan oldin bekor qilinishi;
- aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati bo‘yicha nazoratni
qo‘lga olishga intilishi;
- aksiyadorlar tarkibidagi jiddiy o‘zgarishlar (g‘arazli
aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga kirib kelishi).
Shuningdek,
yuqoridagilarga
qo‘shimcha
ravishda
boshqaruvchilarni
javobgarlikka
tortish
bo‘yicha
samarali
mexanizmlarning mavjud emasligi, korporativ tuzilma faoliyati
ustidan ichki nazoratning sustligi, korporativ tortishuvlarga
nisbatan sud amaliyotining sustligi kabilar ham korporativ
nizolarga sabab bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan korporativ nizolarning yuzaga kelish
sabablarining har biriga alohida to‘xtalib o‘tamiz.
Korporativ
tuzilmalar
axborot
yopiqligi
masalasi
mamlakatimizda muntazam ravishda kuzatilib kelinayotgan holat
hisoblanadi. Bu holat ma’lum darajada ma’muriy bosimning
saqlanib qolinayotganligi, korporativ birlashmalar (xoldinglar)
faoliyati keng yo‘lga qo‘yilganligi bilan izohlanadi. Shu o‘rinda
axborot shaffofligi va axborotlarni oshkor qilishning xavfliligi
o‘rtasida qarama-qarshilik mavjudligini ham alohida qayd etish
zarur.
Axborotlar
shaffofligi
insayderlik
ma’lumotlaridan
foydalanishni to‘xtatib qo‘yish orqali korporativ nizolarning oldini
olish vositasi sifatida xizmat qiladi. Axborotlarni oshkor qilishning
xavfliligi esa g‘arazli qo‘shib olishlarga hamda ma’lum bir
tomonlarning ma’muriy bosimini kuchayishiga olib keluvchi omil
sifatida ham qaralishi bilan izohlanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlaridagi axborot yopiqligi korporativ
qimmatli qog‘ozlar orqali moliyalashtirish bilan birga tijorat
banklari tomonidan kreditlash amaliyotiga ham salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Chunki bunday holatda investorlarning aksiyadorlik
jamiyati moliyaviy barqarorligi, bozordagi nufuzi, to‘lovga
qobiliyatlgini baholash birmuncha murakkab kechadi va ma’lum
darajada yuqori risk mavjud, deya qaraladi.
Yuqoridagilarga qo‘shimcha ravishda qayd etish kerakki,
axborot yopiqligi korporativ munosabatlar alohida ishtirokchilari
tomonidan ko‘rilgan foydani o‘zlashtirish maqsadida insayderlik
(ichki) ma’lumotlardan foydalanilishiga olib keladi. Bu jihat o‘z
navbatida korporativ nizolarga sabab bo‘ladi. Aynan shuning uchun
ham axborot yopiqligining oldini olish insayderlik ma’lumotlaridan
noqonuniy foydalanish vositasi sifatida xizmat qiladi.
146
Korporativ
boshqaruvdagi
jiddiy
muammolardan
biri
boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxslarga nisbatan real
yuridik
javobgarlikning
mavjud
emasligidir.
O‘zbekiston
Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 81-moddasida kuzatuv kengashi
a’zolarining, jamiyat direktorining, boshqaruv a’zolarining, ishonchli
boshqaruvchining javobgarligi belgilangan. Unga ko‘ra, kuzatuv
kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari,
shuningdek ishonchli boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga
oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning
manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda
javobgar bo‘lishi lozim. Agar bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa,
ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik bo‘ladi.
Jamiyatga zarar yetkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda
ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat
kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar bo‘lmaydi.
Jamiyat yoki u joylashtirgan aksiyalarning hammasi bo‘lib kamida
bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga
yetkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan
jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv
a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat
qilishga haqli.
Rivojlangan
mamlakatlar
amaliyotida
top-menejerlarga
nisbatan ham javobgarlik choralari qat’i belgilab qo‘yilganligi
asosida mamlakatimizda ham bunday amaliyotga o‘tish ahamiyatga
ega.
Ichki nazorat tizimida ichki audit xizmati va taftish
komissiyasining samarali faoliyat yuritishi aksiyadorlar uchun
muhim sanaladi. Lekin bunda ichki nazorat tizimining
mustaqilligini ta’minlash muhim sanaladi. Aks holda ichki
nazoratning zaifligi kuzatuv kengashi va boshqaruv a’lozarining
noqonuniy xatti-harakatlari yuzaga kelishiga va korporativ
nizolarga
olib
keladi.
Shundan
kelib
chiqqan
holda
mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlarida ham ichki audit
xizmati va taftish komissiyasi faoliyatini samarali tashkil etish
nuqtayi nazaridan tegishli me’yoriy hujjatlar qabul qilingan.
Korporativ tortishuvlarga nisbatan sud nazoratining yetarli
darajada ixtisoslashmaganligi ham korporativ nizolarga sabab
bo‘lmoqda. Korporativ nizolarga doir muammolarni to‘liq hal qilish
uchun korporativ tortishuvlarning alohida jihatlarini chuqur
o‘rgangan holda samarali sud tizimi amal qilishini ta’minlash
muhim. Mamlakatimizda bu boradagi masalalarni hal qilish
maqsadida 2006-yil 16-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining
147
“Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi Qonuni ham qabul qilingan va
hakamlik (arbitraj) sudlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Korporativ nizolarni turli yondashuvlar asosida quyidagi
mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin (7.1-jadval):
7.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |