O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan



Download 15,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/363
Sana18.01.2022
Hajmi15,13 Mb.
#385558
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   363
Bog'liq
2 5255887484549596429

Yaxlit iqtisodiyot 

bo‘yicha

: moliya bozori barqarorligi 

Jamiyat farovonligining 

ta’minlanishi

 


 

20 


xususiylashtirish  bilan  bog‘liq  turli  yondashuvlar  o‘rganildi  va 

O‘zbekiston  sharoitiga  to‘g‘ri  keladigan  xususiylashtirish  yo‘llari 

ishlab  chiqildi.  Mulkiy  munosabatlarning  huquqiy  asoslari 

shakllantirildi

10

. Dastlab 1991-yil 19-noyabrda O‘zbekiston Respub-



likasi  “Davlat  tasarrufidan  chiqarish  va  xususiylashtirish 

to‘g‘risida”gi  qonuni  qabul  qilindi.  Natijada  xususiy  mulkchilikka 

imkoniyat  berilgan  holda  ayrim  sohalar  bo‘yicha  davlat  mulkini 

xususiylashtirish  amaliyoti  boshlandi  va  bu  amaliyot  korporativ 

munosabatlarga  ham  yo‘l  ochib  berdi  hamda  aksiyadorlik 

jamiyatlari,  mas’uliyati  cheklangan  jamiyatlar  tashkil  etila 

boshlandi.  

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

1994-yil 

21-


yanvardagi  “Tadbirkorlikni  rivojlantirish  va  xususiy  mulk  himoya-

sini  ta’minlash,  iqtisodiy  islohotlarni  yanada  chuqulashtirish 

bo‘yicha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  Farmoniga  muvofiq  1994-yil 

8-aprelda Toshkent respublika fond birjasi tashkil etildi.  

Aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatini  tartibga  solib  borish 

maqsadida 

1996-yil 

26-aprelda 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

“Aksiyadorlik  jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya 

qilish  to‘g‘risida”gi  Qonuni  qabul  qilindi.  Mazkur  qonun  asosida 

aksiyalar muomalasi, aksiyalar paketlarini yirik investorlarga sotish 

orqali  qo‘shimcha  moliyaviy  resurslar  jalb  qilish  amaliyoti  keng 

yo‘lga qo‘yildi.  

Aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatiga  xorijiy  investitsiyalarni 

keng  jalb  qilish  maqsadida  1998-yilda  qabul  qilingan  O‘zbekiston 

Respublikasi  “Investitsiya  faoliyati  to‘g‘risida”gi  (2014-yilda  yangi 

tahrirda  qabul  qilingan),    “Chet  el  investitsiyalari  to‘g‘risida”gi, 

“Chet  ellik  investorlar  huquqlarining  kafolatlari  va  ularni  himoya 

qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari qabul qilindi. Natijada chet el 

kapitali  ishtirokidagi  aksiyadorlik  jamiyatlari  soni  va  ularning 

faoliyat ko‘lami kengayib bordi. 

2014-yil  6-mayda  O‘zbekiston  Respublikasining  “Aksiyadorlik 

jamiyatlari  va  aksiyadorlarning  huquqlarini  himoya  qilish 

to‘g‘risida”gi  qonuni  yangi  tahrirda  qabul  qilindi.  Unga  ko‘ra  ochiq 

va  yopiq  turdagi  aksiyadorlik  jamiyatlari  bir  xil  aksiyadorlik 

jamiyati  deb  yuritila  boshlandi.  2014-yil  2-iyulda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  “Aksiyadorlik  jamiyatlarida 

korporativ  boshqaruv  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Qarori  qabul  qilindi.  Unga  ko‘ra  yangi 

tahrirdagi 

qonun 

asosida 


korporativ 

boshqaruv 

tizimi 

takomillashtirildi. 

                                                           

10

 Суюнов  Д.  Корпоратив  бош



қ

арув  механизми:  муаммо  ва  ечимлар.  Монография.  –  Т.:  Академия, 

2007. – Б. 100. 



 

21 


Mamlakatimizni  2014-yilda  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirish 

yakunlari  va  2015-yilga  mo‘ljallangan  iqtisodiy  dasturning  eng 

muhim  ustuvor  yo‘nalishlariga  bag‘ishlangan  Vazirlar  Mah-

kamasining  majlisida  O‘zbekiston  Respublikasi  Birinchi  Prezidenti 

Islom  Karimov  “Korporativ  boshqaruv  tizimidagi  prinsip  va 

yondashuvlarni  tubdan  o‘zgartirish,  ishlab  chiqarish,  tashqi 

iqtisodiy va investitsiya jarayonlariga zamonaviy xalqaro korporativ 

menejment  standartlarini  joriy  etish  jiddiy  e’tiborni  talab  qiladi”

11



deya  qat’i  ta’kidlab  o‘tdi  va  aksiyadorlik  jamiyati  faoliyatini 



rivojlantirish  iqtisodiy  taraqqiyot  yo‘nalishi  sifatida  belgilandi. 

Bunda  korporativ  yoki  aksiyadorlik  birlashmalarimizning  faoliyati 

samaradorligini  tanqidiy  baholash,  ularni  xorijiy  davlatlardagi  ana 

shunday  korxonalar  bilan  taqqoslab  ko‘rish  zarurligi  alohida 

belgilandi.  

Belgilangan  vazifadan  kelib  chiqqan  holda  O‘zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining  2015-yil  31-martdagi  “Aksiyadorlik 

jamiyatlari  faoliyatining  samaradorligini  oshirish  va  korporativ 

boshqaruv  tizimini  takomillashtirish  komissiyasini  tashkil  etish 

to‘g‘risida”gi  2327-sonli  Qarori  qabul  qilindi.  2015-yil  davomida 

komissiya  tomonidan  barcha  aksiyadorlik  jamiyatlarining  faoliyati 

to‘liq  inventarizatsiyadan  o‘tkazildi,  natijada  462  ta  jamiyatni  yoki 

ularning 43 foizini tugatish yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga 

o‘zgartirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi. 

Aksiyadorlik  jamiyatlari  faoliyatida  zamonaviy  korporativ 

boshqaruv  uslublarini  joriy  etish,  bu  borada  xorijiy  menejerlarni 

faol  jalb  qilishni  ta’minlash  maqsadida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining  2015-yil  24-apreldagi   “Aksiyadorlik  jamiyatlarida 

zamonaviy  korporativ  boshqaruv  uslublarini  joriy  etish  chora-

tadbirlari  to‘g‘risida”gi  Farmoni  qabul  qilindi.  Farmon  asosida 

etakchi  xorijiy  kompaniyalarda  boshqaruvni  tashkil  yetish  tizimini 

chuqur o‘rganish asosida ishlab chiqilgan aksiyadorlik jamiyatining 

namunaviy tashkiliy tuzilmasi tasdiqlandi. 

                                                           

11

 Каримов  И.А.  2015  йилда  и



қ

тисодиётимизда  туб  таркибий  ўзгаришларни  амалга  ошириш, 

модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш 

ҳ

исобидан хусусий мулк ва 



хусусий  тадбиркорликка  кенг  йўл  очиб  бериш  –  устувор  вазифамиздир.  –  Т.:  “Ўзбекистон”,  2015.  

– 72 б. 



 

22 


2015-yilning  1-iyulidan  aksiyadorlik  va  boshqa  xo‘jalik 

jamiyatlari  nomlarida  ularning  ustav  kapitalida  davlat  ulushidan 

qat’i  nazar,  «davlat»  so‘zidan  foydalanishga  yo‘l  qo‘yilmasligi 

belgilandi.  Shuningdek,  aksiyadorlik  jamiyatlari  boshqaruv 

xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga 

haq  to‘lash  fondidan  yagona  ijtimoiy  to‘lov  to‘lashdan,  xorijiy 

mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan 

daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad 

solig‘i,  shuningdek,  fuqarolarning  O‘zbekiston  Respublikasi  Moliya 

vazirligi  huzuridagi  Byudjetdan  tashqari  pensiya  jamg‘armasiga 

to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etildi. 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2015-yil 

21-


dekabrdagi  “Aksiyadorlik  jamiyatlariga  xorijiy  investorlarni  jalb 

qilish  borasidagi  qo‘shimcha  chora-tadbirlar  to‘g‘risida”gi  2454-

sonli  Qarori  asosida  esa  aksiyadorlik  jamiyatlari  ustav  kapitalida 

xorijiy investorlarning ulushi 15  foizdan kam bo‘lmasligidan iborat 

tartib joriy etildi. 

Rivojlangan  mamlakatlar  amaliyotida  korporativ  boshqaruv 

kodeksi ichki hujjat bo‘lsada, aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatini 

tartibga  solishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Korporativ 

boshqaruv 

kodekslari 

amalda 

1990-yillardan 

qo‘llanila 

boshlangan

12

. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-



apreldagi  “Aksiyadorlik  jamiyatlarida  zamonaviy  korporativ 

boshqaruv  uslublarini  joriy  etish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi 

4720-sonli  Farmoni  talablari  asosida  respublikamizda  ham 

Korporativ  boshqaruv  kodeksi  namunaviy  tarzda  ishlab  chiqildi  va 

amaliyotga  joriy  etildi.  Unga  ko‘ra  korporativ  boshqaruv  kodeksi 

quyidagi qismlardan iborat: 

I. Umumiy qoidalar. 

II. Faoliyat ochiqligini ta’minlash. 

III. Samarali ichki nazorat mexanizmlarini joriy qilish. 

IV.  Aksiyadorlarning  huquq  va  qonuniy  manfaatlarini  amalga 

oshirilishini ta’minlash. 

                                                           

12

 Bob  Tricker.  Corporate  governance:  principles,  policies  and  practices.  –  UK.:  Oxford  university  press, 



2012. – P. 14. 


 

23 


V.  Uzoq  muddatli  istiqbolga  mo‘ljallangan  rivojlanish 

strategiyasi va vazifalarni belgilash. 

VI.  Ijroiya  organining  aksiyadorlar  va  investorlar  bilan  o‘zaro 

samarali hamkorligining mexanizmlarini joriy etish. 

VII. Manfaatlar qarama-qarshiligi. 

VIII. Namunaviy tashkiliy tuzilmani joriy etish. 

IX.  Axborotlarni  audit  va  moliyaviy  hisobotlarning  xalqaro 

standartlari asosida e’lon qilish. 

X. Kodeks tavsiyalarini joriy etish monitoringi. 

XI. Yakuniy qoidalar. 

Ayni 

paytda 


respublikamizdagi 

barcha 


aksiyadorlik 

jamiyatlarida  korporativ  boshqaruv  kodeksi  ishlab  chiqilgan  va 

aksiyadorlar  umumiy  yig‘ilishi  tomonidan  tasdiqlangan  holda 

amaliyotga joriy etilgan. 

 


Download 15,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   363




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish